Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Temirning fizik va kimyoviy xossalari. 2 Birikmalari. 3. Ishlatilishi. 4 Biologik ahamiyati
Yangi darsning bayoni.
Fe + N2 = 2FeN temir (III)-nitrid Fe + S → FeS temir (II)-sulfid
3Fe + С = Fe3C temir karbid 2Fe + 3C12 → 2FeCl3 temir (III)-xlorid
Cho'g'langan temir suv bug'i bilan ta'sirlashadi, natijada temir kuyindisi va vodorod hosil bo'ladi, lekin bu reaksiya qaytar reaksiya hisoblanadi:
3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2
Nam havo va suvda temir korroziyaga uchraydi, yemiriladi, zanglaydi.
Zang - temir (III)-gidroksiddan Fe(OH)3 iborat sarg'ish-qo'ng'ir rangli tuzilma.
Gaz va bug'larni oson o'tkazuvchi g'ovak zang qatlami metallni yemirilishdan saqlay olmaydi:
4Fe + 6H2O + 3O2 → 4Fe(OH)3
Metallarning faollik qatorida temir vodoroddan chap tomonda turadi. Shuning uchun xlorid kislota va suyultirilgan sulfat kislotadan vodorodni siqib chiqaradi, +2 oksidlanish darajasiga to'g'ri keladigan tuzlar hosil qiladi:
Fe + 2HC1 → FeCl2 + H2; Fe + H2SO4 → FeSO4 + H2.
Odatdagi haroratda konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalaii temirni passivlashtiradi: temir yuzasida shu kislotalarda erimaydigan birikmalar hosil bo'lib qoladi. Shuning uchun konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalar temir idishlarda saqlanadi.
Metallarning faollik qatorida o'zidan keyin turgan metallami ularning tuzlari eritmalaridan siqib chiqaradi: Fe + CuSO4 FeSO4 + CuS.
Fe Birikmalari: +2 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar: FeO, Fe(OH)2, +3 oksidlanish darajasiga mansub birikmalari: Fe2 O3, Fe(OH)3, FeCl3
Temir (Il)-xloriddan temirning ikki valentli gidroksidlari va oksidlarini olish mumkin:
FeCl2 + 2NaOH = Fe(OH)2 + 2NaCl Fe(OH)2 → FeO + H2O
Temirning uch valentli birikmalari konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarga yoki xlorga qizdirilgan temir ta'sir ettirib olinadi:
2Fe + 3C12 = 2FeCl3; 2Fe + 6H2S04 = Fe2(S04)3 + 3S02 + 6H2O
Ishlatilishi. Temir boshqa metallar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metalldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog'liq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblanadigan - po'lat va cho'yandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida - qora metallar deb, boshqa metallardan ajratilgan. Po'lat va cho'yan bilan esa keyingi mavzuda tanishamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |