Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Cho`yanning olinishi 2. Cho`yanning xossalari
Yangi darsning bayoni.
O`zbekistonda metallurgiya sanoati, asosan, Bekobodda joylashgan bo`lib, Bekobod metallurgiya zavodida qora metall mahsulotlari: po`lat va cho`yan ishlab chiqariladi. Cho`yan tarkibida 2,14% dan ko`p uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi. Po`lat - tarkibida 2,14 % dan kam uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi.
Cho`yanning olinishi. Cho`yan tarkibi, asosan, temir oksidlaridan iborat bo`lgan temir rudalaridan domna pechlarida-domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna pechlari o`tga chidamli g`ishtlardan qurilgan, balandligi 27-31 m gacha bcfladigan minoralardir. Domnaning yuqori qismidan temir rudasi, koks - C, flyus - ohaktosh va qum aralashmasi beriladi. Domnaning pastki qismidan furmalar - maxsus teshiklar orqali 600-800°C gacha qizdirilgan havo purkaladi. Ko`piucha havo bilan toza kislorod ham purkaladi (kislorodli purkama). Koksning yonishidan domnada yuqori harorat hosil qilinadi. Kislorodli purkama haroratning ko`tarilishi va cho`yan suyuqlantirishning tezlashishini ta'minlaydi. Domnada koks harorat va qaytaruvchi vazifasini bajaruvchi CO manbayi bo`lib hizmat qiladi.
Domnada quyidagi kimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi:
1) koksning bir qismi yonib, CO2 hosil qiladi:
C + O2 → CO2
2) yuqori haroratda CO2 koks bilan ta'sirlashib, CO ga aylanadi:
CO2 + C → 2CO
3) CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi:
3Fe2O3 + CO → 2Fe3O4 + CO2
Fe3O4 + CO → 3FeO + CO2
FeO + CO → Fe + CO2
Rudadan qaytarish natijasida olingan g`ovak temir CO, koks uglerodi, kremniy marganes, fosfor, oltingugurt bilan ta'sirlashib, suyuq cho`yan hosil bo`ladi Cho`yan va shlak domnaning quyi qismi - gornga oqadi. Gornda ikki suyu qatlam - yuqorida shlak, pastda cho`yan qatlami hosil qiladi. Shlak qatlam cho`yanni oksidlanishdan himoya qiladi. Cho`yan va shlak davriy ravishda maxsu tirqishlar orqali domna pechidan chiqarib turiladi.
Domna pechi 10 yilgacha uzluksiz ishlatiladi. So`ngra pech ta'mirlanadi Domna pechida sutkasiga 10000 t atrofida cho`yan olish mumkin. Keyingi yillard domnaga kislorod bilan tabiiy gaz ham purkash yo`lga qo`yildi. T`biiy gaz tarkibidagi metan yonib, karbonat angidrid va suv bug`larini hosil qiladi, ular ese cho`g`langan ko`mir bilan ta'sirlashadi, natijada domna gazi is gazi va vodorod-kuchli qaytaruvchilar bilan boyiydi:Tabiiy gazni bu jarayonga qo`shish bilan koks sarfi 10-20 % ga kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |