2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2)Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2)Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3)O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4)Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5)Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6)Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Temirning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni, atom tuzilishi.
2. Temirning tabiatda tarqalishi, olinishi.
Yangi darsning bayoni.
Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Temir davriy sistemaning sakkizinchi guruhi yonaki guruhchasida joylashgan. Tartib raqami - 26. Kimyoviy belgisi - Fe. Nisbiy atom massasi 55,847 ga teng. d-metallar oilasiga kiradi.
Atom tuzilishi. Temir atomining elektron konfiguratsiyasi:Kimyoviy reaksiyalarda temir atomi 4s-tashqi elektron qobig'idan ikkita elektron ajratib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Fe+2 ioni 3d-qavatdan yana bitta elektronni ajratib, +3 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Temir +2 va +3 oksidlanish darajasiga tegishli birikmalar qatorini hosil qiladi.Tabiatda tarqalishi. Aluminiydan keyin temir eng ko'p tarqalgan metalldir. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda temir Yer yadrosini tashkil qiladi, bu holda temir Yer sharida eng ko'p tarqalgan metall bolib qoladi. Yer qobig'ida temiming massa ulushi 4,2 % ni tashkil qiladi. Temir tabiatda birikmalar holida bo'ladi. Osmon jismlari-meteoritlarda esa erkin holda uchraydi. Temirning asosiy minerallari: magnetit - magnit temirtosh Fe304, gematit - qizil temirtosh Fe2 O3, limonit - qo'ng'ir temirtosh 2Fe1 O3-3H10, siderit - temir shpati FeC O3, pint - temir kolchedani FeS,.
Do'stlaringiz bilan baham: |