Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Marganesning davriy jadvaldagi o’rni va atom tuzilishi. 2.Xossalari. 3. Birikmalari.
Yangi darsning bayoni.
№
|
Xossalari
|
|
1
|
Davr raqami
|
4
|
2
|
Qator raqami
|
4
|
3
|
Guruh
|
VII-B
|
4
|
Tartib raqami
|
25
|
5
|
Atomining tuzilishi
|
2 8 13 2 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d5 4s2
[Ar] 3d5 4s2
|
6
|
Nisbiy atom massasi
|
54,938
|
7
|
Atom yadrosidagi proton
|
25
|
8
|
Zichligi
|
7,44 g/sm3
|
9
|
Suyuqlanish harorati
|
1 244oC
|
10
|
Qaynash harorati
|
2 080oC
|
11
|
Yer po'stlog'idagi ulushi
|
0,1%
|
12
|
Tabiatda uchrashi
|
FeO • Cr2O3, [Fe(CrO2)] — xromli temirtosh
|
13
|
Kashf qilingan
|
1774 yil K.Sheele
|
14
|
Barqaror oksidlanish darajasi
|
0; +2; +4; +7
|
Olinishi. Marganes oksidini elektr pechlarida kremniy bilan qaytarib, marganes olinadi (alyuminotermiya usuli bilan ham olinadi):
Mn3O4 + 2Si → 3Mn + 2SiO2 (3Mn3O4 + 8A1 → 9Mn + 4A12O3)
MnSO4 tuzi eritmasining elektroliz qilish orqali ham marganes olish mumkin.
Fizikaviy xossalari. Marganes kumushsimon oq rangli qattiq metall.
Kimyoviy xossalari. Marganes metallining sirti yupqa oksid parda (Мn2О3) bilan qoplangan holda bo'lganligi sababli, hatto qizdirilganda ham havoda oksidlanmaydi.
Marganes qizdirilganda bir qator kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Kislorod bilan haroratning o‘zgarishiga qarab MnO, MnO2, Mn2O3, Mn3O4 larni hosil qiladi:
4Mn + 3О2 = 2Mn2O3
Suv bilan qizdirilganda tez reaksiyaga kirishadi:
Mn + 2H2O = Mn(OH)2 + H2↑
Galogenlar, oltingugurt, azot bilan ham reaksiyaga kirishib, MnCl2, MnS, Mn3N2 larni hosil qiladi:
Mn + Cl2 = MnCl2 Mn + S = MnS 3Mn + N2 = Mn3N2
Suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, vodorodni siqib chiqaradi:
Mn + 2HC1 = MnCl2 + H2 Mn + H2SO4 = MnSO4 + H2
Birikmalari:
Ishlatilishi:
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Marganesning
Marganes oksidlari qanday xossalarga ega?
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: 8-9. 02. 2018 Sinf: 9-B, 9-V Dars: 41
Mavzu: 5-Nazorat ishi Yozma ish
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad : O`tilgan mavzuni mustahkamlab , bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1) Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3) Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1) Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: Yozma ish
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsning bayoni.
I variant
1. Suyiltirilgan nitrat kiislotada magniy erishi natijasida 5,6 l (n.sh.) azot (II)-oksidi ajralib chiqqan bo’lsa, necha gramm magniy reaksiyaga kirishgan?
2. Osh tuzi eritmasidan o’zgarmas tok o’tkazilganda anodda (n.sh.da) 11,2 litr xlor ajralgan bo’lsa, elektrolizyorda necha gramm natriy gidrooksid hosil bo’ladi?
3. Massasi 79,5 gramm mis(II)-oksidni vodorod bilan to’liq qaytarilganda qancha g toza mis ajralib chiqadi?
4. Quyidagi metallarning qaysilari konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishadi, reaksiya tenglamalarini yozing:
K; Mg; Fe; Cu; Hg; Au.
II variant
1. 15 g magniy qotishmasi mo’l miqdorda suyiltirilgan sulfat kislotada eritilganda 10 litr vodorod (n.sh.da) ajralib chiqdi. Bu qotishmada necha foiz (%) erimaydigan qotishma bo’lgan?
2. Mis (II) sulfat eritmasidan 40 daqiqa davomida 1,65 a kuchga ega bo’lgan o’zgarmas tok o’tkazilsa, katodda necha gramm mis ajralib chiqadi?
3. Xrom (III)-oksididan aluminiytermiya usulida 15,2 g xrom olish uchun aluminiydan qancha massa g olish mumkin?
4. Kaliy nitrat, natriy nitrat, qo’rg’oshin (II)-nitrat, konsentrlangan nitrat kislota, ammoniy nitrat, mis (II)-nitrat va kumush nitratlar qizdirilganda har qaysi moddada qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: 12-13. 02. 2018 Sinf: 9-B, 9-V Dars: 42
Mavzu: Temirning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni, atom tuzilishi.
Temirning tabiatda tarqalishi, olinishi.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad : Temirning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni, atom tuzilishi. Temirning tabiatda tarqalishi, olinishi. haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |