4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2)Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2)Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3)O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4)Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5)Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6)Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: No an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Xromning davriy jadvaldagi o’rni va atom tuzilishi.
2 Tabiatda tarqalishi. 3 Xossalari
Yangi darsning bayoni.
№
|
Xossalari
|
|
1
|
Davr raqami
|
4
|
2
|
Qator raqami
|
4
|
3
|
Guruh
|
VI-B
|
4
|
Tartib raqami
|
24
|
5
|
Atomining tuzilishi
|
2 8 13 1 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d5 4s1
[Ar] 3d5 4s1
|
6
|
Nisbiy atom massasi
|
51,996
|
7
|
Atom yadrosidagi proton
|
24
|
8
|
Zichligi
|
7,19 g/sm3
|
9
|
Suyuqlanish harorati
|
1 890oC
|
10
|
Qaynash harorati
|
2 680oC
|
11
|
Yer po'stlog'idagi ulushi
|
0,02%
|
12
|
Tabiatda uchrashi
|
FeO • Cr2O3, [Fe(CrO2)] — xromli temirtosh
|
13
|
Kashf qilingan
|
1797 y. L.Vaklen
|
14
|
Barqaror oksidlanish darajasi
|
0; +2; +3; +6
|
Olinishi. Sof xromni olish uchun xrom (III)-oksidi alyuminiy metalli bilan qaytariladi. Metallarni uning birikmalaridan alyuminiy yordamida qaytarib olish aluminotermiya deyiladi:
Сr2О3 + 2A1 → Al2O3 + Cr
Xromli temirtosh koks bilan qaytarilsa, xrom va temir aralashmasi olinadi:
FeO • Сr2О3 + 4C → 2Cr + Fe + 4CO ↑
Xromning tuzlarini elektroliz qilish yo‘li bilan ham xrom olinadi.
Fizikaviy xossalari. Xrom kumushsimon oq rangli, yaltiroq, issiqlikni va elektrni yaxshi o‘tkazadigan metall.
Kimyoviy xossalari. Xromning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanganligi sababli kimyoviy jihatdan ancha barqaror. Hatto kislotalar bilan ham qiyinchilik bilan reaksiyaga kirishadi.
Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalar bilan qizdirilganda reaksiyaga kirishadi:
2Cr + 3H2SO4 → Cr2(SO4)3 + 3H2↑
Cr + 2HCl → CrCl2 + H2↑
Yuqori haroratda xrom bir qator oddiy moddalar bilan ham reaksiyaga kirishadi:
2Cr + N2 = 2CrN 2Cr + 3S = Cr2S3 2Cr + 3C12 = 2CrCl3
Ishlatilishi. Korroziyaga chidamli bo‘lganligi sababli metall buyumlar sirti xrom bilan qoplanadi. Temirga turli nisbatlarda xrom qo‘shib har xil xossalarga ega bo'lgan yuqori sifatli po‘latlar olinadi. Masalan, 12% xrom qo‘shilgan po‘lat zanglamaydigan po‘lat deyiladi va u tibbiyotda har xil jihozlar tayyorlashda ishlatiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
. Xromning kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi o'rni va atom tuzilishi haqida nimalarni bilasiz?
2. Nima uchun xrom korroziyaga chidamli?
3. Xromning kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi reaksiya tenglamalarni yozing.
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: 1-2.02.2018 Sinf: 9-B, 9-V Dars: 39
Mavzu: Xromning 2,3,6 valent birikmalari va xossalari.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad : Xromning 2,3,6 valent birikmalari va xossalari haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |