Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Organik kimyo haqida dastlabki tushunchalar 2. Organik kimyo istiqbollari
Yangi darsning bayoni.
“Organik kimyo” terminini XIX-asr boshlarida shved kimyogari Y.Bertsellius taklif etgan. XVIII asr ohirlarida fransuz kimyogari A.Lavuaz’e hayvonlar va o‘simliklardan olingan moddalar tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt elementlari bo‘lishligini aniqladi. Organik birikmalar tarkibida albatta uglerod elementi bo‘ladi. XIX asr o‘rtalaridan boshlab organik kimyo uglerod birikmalari kimyosi deb ham atala boshlandi.
Insonga dastlab ma’lum bo‘lgan organik moddalar: sirka, vino, shakar, efir moylari, bo‘yoqlar;
Organik birikmalar tarkibidan aniqlangan dastlabki elementlar: uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt;
Dastlabki organik moddalar-oksalat kislota va mochevina sintezlari (nemis olimi F.Veler, 1824-1828)
Anilin sintezi (rus olimi N.N.Zinin, 1832)
Sirka kislotasi sintezi (nemis olimi G.Kolbe va ingliz olimi Frankland, 1848)
Sun’iy yog‘simon modda sintezi (fransuz olimi M.Bertlo, 1854)
Shakarsimon modda sintezi (rus olimi A.M.Butlerov, 1861)
Hozirgi paytda organik moddalarga tirik organizmlardan hosil bo‘ladigan va sintez qilib olingan, tarkibida uglerod bor bo‘lgan birikmalar kiradi (sof uglerod va uning allotropik shakl o‘zgartirishlari, is gazi, karbonat angidridi, karbonatlar bundan mustasno). Sintetik moddalarga polimerlar, rezinalar, bo‘yoqlar, tolalar, tibbiy preparatlar va boshqalar kiradi.
Organik moddalar soni 6 milliondan ortiq va tobora ortib bormoqda. Buning sababi shundaki, uglerod atomlari o‘zaro birikib, istalgan o‘lchamdagi turli xil zanjirlar hosil qila olish qobiliyatiga ega.
O‘zbek olimlaridan O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, A.G‘.Maxsumov kabi olimlar organik kimyo fani rivojiga munosib xissalarini qo‘shganlar. I.R.Asqarov va Т.Т.Risqiyevlar tomonidan kimyo fanlari tizimiga kiritilgan «Тovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» ihtisosligi jahon miqyosida yangi yo‘nalish bo‘lib, yuqorida ta’kidlangan 6 milliondan ortiq organik moddalarni ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun sinflash va sertifikatlashni takomillashtirishga yo‘l ochib bermoqda va shu bilan organik kimyo fani rivojiga salmoqli xissa qo‘shish imkoniyatlarini yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |