Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni


Mavzu: Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari Darsning maqsadi



Download 3,81 Mb.
bet115/131
Sana22.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#691736
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131
Bog'liq
9-sinf kimyo

Mavzu: Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad : Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari 2.Kimyoning ishlatilish sohalari
Yangi darsning bayoni.
Zamonaviy sanoatga turli xususiyat va sifatga: yuqori mustahkamlik, termobarqaror, termoplastik, agressiv kimyoviy muhitga chidamli bo‘lgan materiallar ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Тabiiy va uni qayta ishlab olinadigan materiallar bu talablarga to‘la javob bermaydi va ehtiyojni qondira olmaydi. Undan tashqari insoniyat uzoq bo‘lmagan kelajakda xomashyo, energiya, suv, oziq–ovqat mahsulotlari tabiiy manbalari kamayishib ketishi muammosi bilan yuzma–yuz turibdi.
Kimyo va kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa atrof–muhit muhofazasini hisobga olgan holda progressiv texnologiyalarni ishlab chiqish; belgilangan xossalarga ega bo‘lgan yangi moddalar va materiallar yaratish; tabiiy, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, ikkilamchi xom ashyolarni kompleks qayta ishlash; chiqindilardan foydali komponentlarni to‘laroq ajratib olish, energiya va xom ashyolarni tejash maqsadida chiqindilar utilizatsiyasini tashkil qilish, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilardan iborat.
Kimyo sanoati ilmiy–texnika taraqqiyotiga asoslanib, belgilangan xossalarga ega bo‘lgan yangi, tabiatda mavjud bo‘lmagan materiallar: polimerlar (plastmassalar, sintetik tolalar, sintetik kauchuklar), keramika, kompozitlar, lak–bo‘yoq mahsulotlari, sintetik yuvish vositalari va b.q. larni ishlab chiqarmoqda.
Polimerlarning alohida turlari qimmatbaho, yuqori sifatli, zanglamaydigan po‘latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday polimerlarning 1 tonnasi 6 tonna metall o‘rnini bosa oladi. Polimerlar mashinasozlikda, atom sanoatida, radiotexnikada, mikroelektronikada, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, maishiy hayotda va shu kabi boshqa sohalarda tobora keng qo‘llanib kelinmoqda.
Keramikani metallar va plastmassalardan keyingi uchinchi o‘rinda sanoat materiali deb e’tirof etilmoqda. Keramikadan mashinasozlikda, konstruksion materiallar tayyorlashda, elektronika va elektrotexnika sanoatida foydalanish darajasi ortib borayotgani hammaga ma’lum.
Kimyo sanoatining oldida turgan muhim vazifalardan biri texnik maqsadlar uchun qo‘llanayotgan tabiiy materiallar va ozuqa mahsulotlari o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Kiyim–kechak, mebel, uy–ro‘zg‘or jihozlari tayyorlashda kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Тabiiy va sun’iy charm o‘rnini bosuvchi kimyoviy tola, kompozitsion materiallar, bo‘yoqlar, to‘qimachilik sanoati yordamchi ishlov vositalari, plastmassalar, lak–bo‘yoq mahsulotlaridan har kuni foydalaniladi.
Kimyoning tibbiyotdagi o‘rni faqat yangi dorilar sintez qilish bilangina chegaralanmaydi. Тibbiy anjomlar kimyo sanoati yordamida tayyorlanadi. Kimyoviy usullar inson organizmida kechadigan jarayonlarni hujayra va molekula darajasida tadqiq qilish imkoniyatini beradi. Bu jarayonlarni va ularni boshqarish uslublarini o‘rganish esa inson kasalliklari sababini bilash va ularni oldini olish, davolash usullarni ishlab chiqish imkonlarini beradi.
Kimyo texnologiyasi va atom energetikasi integratsiyasi iqtisodiy va ekologik jihatdan kelajagi porloq jarayondir. Kelajak kimyo kombinatlari materiallarni modifikatsiyalash va radiatsion–kimyoviy jarayonlarni nurlanish, elektroenergiya va issiqlik bilan ta’minlovchi yadro reaktorlari bo‘lgan holda tasavvur qilinmoqda.
Хulosa qilib aytganda, zamonaviy ilmiy–texnika rivojlanib borishida kimyo fani va sanoatining ahamiyati beqiyosdir. Kimyo fani zamonaviy texnologiya, fizika va biologiyaning rivojlanishida, kimyo sanoati esa agrosanoat va yoqilg‘i–energiya komplekslari ta’minoti, mashinosozlik va metallurgiya, transport va qurilish, kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq xalq xo‘jaligi muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Kimyo butun xalq xo‘jaligining ilmiy–texnik progressiga inqilobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish