Yangi mavzuni mustahkamlash 1. Atmosferani ifloslovchi omillar nima?
2. Gidosferani ifloslovchi omillar nima?
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: 26-27.04.2018 Sinf: 9-B, 9-V Dars: 61
Mavzu: Nazorat ishi - 8. Test. 9-sinfda o’tilganlarni takrorlash va mustahkamlash
Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: 9-sinfda o’tilganlarni takrorlash va mustahkamlash
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiyaelementlari: Fangaoidkompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalayolish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiykompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: amaliy Darsning usuli: Yozma ish.
Darsning jihozi: Test sinovi. Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmalar
Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsning bayoni. Al+3 ionining elektron formulasi qaysi formulaga to’g’ri keladi?
A. 1s2 2s2 2p4 B. 1s2 2s2 2p63s23p1 C. 1s2 2s2 2p6 D. 1s2 2s2 2p63s2 2. Izotoplarga tegishli ta’rifni ko’rsating.
A. Yadro zaryadlari bir xil, lekin atom massalari turlicha bo’lgan elementlar.
B. Massalari o’zaro teng, lekin yadro zaryadlari har xil bo’lgan elementlar.
C. Atom yadrosida neytronlar soni bir xil bo’lgan elementlar.
D. Atom yadrosida neytronlar soni turlicha bo’lgan elementlar.
3. Quyidagi qaysi birikmaning molekulasida bog’lanish qutbliligi eng ko’p ifodalangan?
A. Vodorod sulfid. B. Xlor molekulasi.
C. Fosfin. D. Vodorod xlorid.
4. II guruh bosh guruhcasi barcha birikmalarda qanday oksidlanish darajasiga ega?
A. +3. B. +4. C. +2. D. +1.
5. Quyidagi ftorli birikmalar qatorida chapdan o’ngga tomon bog’lanishning ionli xususiyati qanday o’zgaradi?
LiF; BeF2; BF3; CF4; NF3; F2.
A. Ortadi. B. Oldin ortib keyin kamayadi. C. Kamayadi. D. O’zgarmaydi.
6. Elektronlar harakati nacha kvant son bilan ifodalanadi?
A. 6 ta. B. 4 ta. C. 3 ta. D. 2 ta.
7. Bog’ uzunligi- atom yadrosi orasilari orasidagi masofaning muvozanat holati qanday birikda o’lchanadi?
A. sm larda. B. nm larda. C. m larda. D. l larda.
8. Kislorod peroksidlarda qanday oksidlanish darajasiga ega?
A. -1. B. -3. C. 2. D. -2.
9. Quyidagi qaysi elektrolit dissotsiyalanganda ionlarga eng ko’p parchalanadi?
A. Xrom (II) nitrat. B. Natriy karbonat. C. Alyuminiy sulfat. D. Kaliy sulfat.
10. Radioaktiv yemirilish deb nimaga aytiladi?
A. Oddiy elementlarning reaksiyaga kirishgandan yangi modda hosil bo’lishi.
B. Radioaktiv elementlarning o’z- o’zidan radioaktiv nurlar chiqarishi natijasida yangi kimyoviy element hosil bo’lishi.
C. Radioaktiv elementlarning o’z- o’zidan radioaktiv nurlar chiqarishi natijasida yangi kimyoviy element hosil bo’lmasligi.
D. Radioaktiv elementlarning radioaktiv nurlar ta’sirida yemirilishi.
11. Elementlarning qaysi qatori atom radiusi ortib borishi tartibida keltirilgan?
A. N; As; Sb. B. C; N; O; F. C. Na; Be; Al; C. D. Li; Be; B; He.
12. Suv, suyuq ammiak, suyuq vodorod ftorid qanday bog’ga ega?
A. Kovalent bog’. B. Ionli bog’. C. Vodorod bog’. D. Metall bog’.
13. Bir xil atomlardan hosil bo’lgan molekulalardagi atomlarning oksidlanish darajasi nechaga teng?
A. -1. B. 0. C. 1. D. 2.
14. Azot guruhchasi elementlarining qaysi xossalari bir- biriga o’xshaydi?
A. Kimyoviy belgisi. B. Atom radiusi.
C. Tashqi pog’onadagi elektronlar soni. D. Tartib raqami.
15. Quyidagi uchta zarracha: Ne0; Mg+2; va F-1 bir xil.
A. Yadro zaryadiga. B. Massa soniga. C. Neytronlar soniga. D. Elektronlar soniga.