Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: 26-27.04.2018 Sinf: 9-B, 9-V Dars: 61
Mavzu: Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar ishlash
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar ishlash
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: amaliy Darsning usuli: Yozma ish.
Darsning jihozi: Test sinovi. Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmalar
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsning bayoni.
Namunaviy masalalar yechish
1-misol: Qanday qilib mis platinkasini mis kukuniga aylantirish mumkin?
Yechish: Quyidagi sxemalar bo‘yicha amalga oshirish mumkin.
CuCuOCu.
CuCu(NO2)2Cu(OH)2CuOCu
2-misol: Kumush nitrat eritmasiga nikel plastinka botirilganda uning massasi 0,73 g ortgan. Plastinkaga necha gramm kumush cho‘kkan? Qancha nikel (II)-nitrat hosil bo‘lgan.
Yechish:
1) Reaksiya tenglamasini yozamiz:
Ni + 2AgNO3 = Ni(NO3)2 + 2Ag
58,7 g 182,7 g 216,8 g
2) Reaksiya tenglamasidan ko‘rinib turibdiki 1 mol (58,7 g) nikel bilan 2 mol AgNO3 reaksiyaga kirishib 2 mol (216,8 g) Ag ni ajratib chiqaradi. Demak, 1 mol nikel sarflanib 2 mol Ag ajraladi.
216,8 – 58,7 = 157,1 g farq, plastinka massasini ortishi.
3) 157,1 g plastinka massasi ortganda 216,8 g Ag hosil bo‘ladi
0,73 g plsatinka massasi ortganda x g Ag hosil bo‘ladi
4) Plastinka massasi 157,1 g ortganda 182,7 g Ni(NO3)2 hosil bo‘ladi
Plastinka massasi 0,7 g ortganda x g Ni(NO3)2 hosil bo‘ladi
Javob: 1 g Ag hosil bo‘lgan, 0,84 g Ni(NO3)2 hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |