Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: 16-17.04.2018 Sinf: 9-B, 9-V Dars: 58
Mavzu: To’yingan bir asosli karbon kislotalar.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad : To’yingan bir asosli karbon kislotalar
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Karbon kislotalar nomlanishi. 2. Xossalari va ishlatilishi
Yangi darsning bayoni.
Karbon kislotalar. Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan karbon kislotalarni bilasizmi? Organik birikmalar orasida karbon kislotalar sinfi alohida o`rin tutadi. Karbon kislotalar vakillari: sirka, vino, limon, olma, shovul kislotalari ajdodlarimizga Ijuda qadimdan ma'lum.Karbon kislotalar deb, molekulasida uglevodorod radikali bilan (chumoli kislotada vodorod) tutashgan bir yoki bir nechta karboksil –COOH guruh tutgan murakkab organik birikmalarga aytiladi. Karboksil guruh karbonil guruh >C=O va -OH gidroksil guruhlardan iborat.
Karbon kislotalarning umumiy formulasi R-COOH bo`lib, R-uglevodorod radikalini bildiradi (chumoli kislota H-COOH da karboksil guruh vodorod bilan birikkan). Sinflanishi. Tarkibidagi karboksil guruh soniga qarab, bir asosli - monokarbon kislotalar, ikki asosli - dikarbon kislotalar va hokazo kislotalar farq qilinadi. Uglevodorod radikali tabiatiga qarab, alifatik (yog` qatori), to`yingan (alkan), to`yinmagan (alken, alkin), arornatik (aren) karbon kislotalar farqlanadi.
Nomlanishi. Xalqaro nomenklaturaga ko`ra karbon kislota tarkibidagi uglei soniga tegishli uglevodorod nomiga kislota so`zi qo`shib nomlanadi. CH3COOH da ikkita uglerod bor, demak, etanga to`g`ri keladi, kislota nomi esa etan kislota deb yuritiladi. Ko`pincha dastlabki karbon kislotalar trivial-tarixiy nomlari bi yuritiladi: chumoli, sirka, moy, shovul, sut, vino, limon va boshqa kislotalar. Ba'zi to`yingan alifatik monokarbon kislotalar haqida ma'lumotlar 19-jadvalda ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |