CH3COOH
|
Sirka kislota
|
Etan kislota
|
C2H5COOH
|
Propion kislota
|
Propan kislota
|
C3H7COOH
|
Moy kislota
|
Butan kislota
|
C2H7COOH
|
Izomoy kislota
|
2-metilpropan kislota
|
C4 H9COOH
|
Valerian kislota
|
Pentan kislota
|
C5H11COOH
|
Kapron kislota
|
Geksan kislota
|
C15 H31,COOH
|
Palmitin kislota
|
Geksadekan kislota
|
C16H33COOH
|
Margarin kislota
|
Geptadekan kislota
|
C17H35COOH
|
Stearin kislota
|
Oktadekan kislota
|
Elektron tuzilishi. Karboksil guruhning tarkibiy qisml karbonil guruh va gidroksil guruhlardan iborat ekanligi yuqorida aytib o`tdik. Bu guruhdagi -OH guruh xossal endi spirtdagi xossalarni namoyon qilmaydi, >C=O guru ham aldegidlardagi kabi xossalarni namoyon qilmaydi. Biz ma'lumkS, karbonil guruh kuchli qutblangan (aldegidlarg qarang), elektronlar kislorod tomonga siljigan, uglerod qisman musbat zaryadlangar Shuning uchun, uglerod gidroksiguruh kislorodidagi elektronlarni o`zi tomong tortadi, bu esa O-H bog`ining elektron bulutini kislorod tomoniga siljishiga oli keladi. Buning natijasida kislorod va vodorod orasidagi bog` kuchsizlanadi. Kislotalarning spirtlardan ko`ra kuchli kislotali xossalarga egaligi shu hodisa bilan izohlanadi.
Fizik xossalari. Karbon kislotalar orasida aldegidlarga o`xshab gazsimonlar yo`q. Karbon kislotalar qatorining quyi vakillari palmitin kislotasigacha o`tki hidli, suvda yaxshi eruvchan, suyuq moddalardir. Yuqori vakillari-palmitir kislotadan boshlab, qattiq, hidsiz, suvda erimaydigan moddalardiro`rinbosarlarning induksion effektlari ta'siri ostida xlorsirka kislota va a-brompropan kislota dastlabki kislotalardan kuchliroq bo`ladi.
Ishlatilishi. Chumoli kislota organik moddalar sintezida kuchli qaytaruvchi; oziq-ovqat sanoatida-dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida; to`qimachilik sanoatida gazlamalarni bo`yashda; tabiiy kauchukni qayta ishlashda koagullovchi vosita sifatida, tibbiyotda ishlatiladi.Sirka kislota bo`yoqlar ishlab chiqarishda, plastmassalar, dorilar (aspirin, fenatsetin), sun'iy tola, yonmaydigan kinoplenka va hokazolar ishlab chiqarishda; uning tuzlari esa gazlamalarni bo`yashda, tibbiyotda, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda; murakkab efirlari erituvchi va xushbo`y vositalar sifatida ishlatiladi.Palmitin va stearin kislotalari sham ishlab chiqarishda, ularning natriyli tuzlari xo`jalik sovuni, kaliyli tuzlari esa tibbiyot uchun suyuq sovunlar ishlab chiqarishda qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |