qoniqarsiz faoliyati xaqida xulosalarni taqdim etish xuquqini berish, Qonunchilik palatasi deputatlariga
joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya xududiy bo‘limlarining vakillarini
biriktirib qo‘yish kabi muxim faoliyat yo‘nalishlarini tartibga solish nazarda tutildi.
Mamlakatda «saylovchilar (fuqarolar) siyosiy partiyalar parlamentdagi
siyosiy partiyalar
fraktsiyalari (maxalliy vakillik organlaridagi partiya guruxlari) qonunlar, me’yoriy xujjatlar, davlat
organlari qarorlari» sxemasi asosida fuqarolarning manfaatlari va irodasini davlat xokimiyati, jumladan,
maxalliy xokimiyat organlari faoliyatida ifodalaydi. Boshqacha aytganda,
maxalliy davlat boshqaruvi
xalq manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan organ sifatida namoyon bo‘ladi.
Xarakatlar strategiyasi asosida partiya guruxlariga yangi xuquq va vakolatlar berilishi maxalliy
vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirish, bu borada siyosiy partiyalar vositasida maxalliy
deputatlarning rolini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, maxalliy vakillik organlarida shakllangan
partiya guruxlari ishini faollashtirish, ularning tashkiliy jixatdan ta’sirchan kuchga aylanishi, xududdagi
muammolarni ko‘tarib chiqish, ularning yechimini topishga doir faoliyatini
jonlantirish uchun zamin
tayyorlaydi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat muxiti partiya guruxlari o‘rtasida
yaqqol sezilib turishiga muxim ahamiyat berish, turli dasturiy va g‘oyaviy maqsadlar o‘rtasidagi
munozaralar, aholi orasida o‘z elektorati qarashlariga ta’sir etish mexanizmlarini shakllantirish sohasida
tajribalarning shakllanishi fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi.
Siyosiy partiyalarning maxalliy vakillik organlarida partiya guruxlari rolini oshirishdan asosiy
maqsad - muxim davlat qarorlari qabul qilishni va davlat xokimiyati organlarini shakllantirishni xalq
irodasi va xoxish-istagi asosida amalga oshirishdan iboratdir. Xalqning siyosiy manfaatlari va irodasini
ifoda etish, ularni himoya qilishning asosiy instituti, bu - siyosiy partiyalarni
demokratik talablar
darajasida rivojlantirishdir.
Maxalliy vakillik organlaridagi partiyaviy guruxlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib
turadigan, ularning maxalliy xududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga
shart-sharoitlar yaratib beradigan me’yoriy xujjatlarni yanada takomillashtirish fuqarolarning
manfaatlarini maxalliy vakillik organlarida ifodalash va himoyalash uchun shart-sharoit yaratadi.
Maxalliy kengashlardagi partiyaviy guruxlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan,
ularning maxalliy xududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-
sharoit yaratib beradigan me’yoriy xujjatlarni yanada takomillashtirish
partiyaviy guruxlarning
faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi muqarrar.
Xarakatlar strategiyasida Vazirlar Maxkamasining Oliy Majlis palatalaridagi Doimiy vakili (bundan
keyin - Doimiy vakil) lavozimini ta’sis etish, uning doimiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
xokimiyatlarning qonun ijodkorligi sohasida, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan
parlament nazoratini tashkil etishda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilishi ko‘rsatildi.
Bu kabi Doimiy vakil instituti barcha rivojlangan davlatlarda parlament va xukumat o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlikni mustahkamlashning aloxida bir bo‘g‘ini
sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Bu kabi hamkorlik ijro hokimiyatining qonunlar loyixasini
takomillashtirishdagi
rolini oshirishga, qonunlar ijrosi samaradorligini ta’minlashga, xukumat
va parlament o‘rtasidagi aloqalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga, qonun ijodkorligi
jarayonida ijro etuvchi xokimiyat nuqtai nazariga e’tibor berilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: