O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1.Algoritmik so’zlar nimalar yordamida tavsiflanadi?
2.Amalda yechiladigan masalalar, algoritmlar turlari ko’p bo’lishga qaramasdan ular necha shakllarga bo’linadi va qaysilar?
Yangi mavzuni bayoni
Dars amaliy shaklda olib boriladi.
Algoritmni quyidagi uch asosiy turi takrorlanadi: chiziqli (ketma-ketlik), tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
Chiziqli algoritmlar.
1. Tezligi V km/soat bo‘lgan mashinaning T soatda bosib o‘tgan yo‘lini hisoblash algoritmini tuzing.
2. Tomoni A ga teng kubning yon tomoni yuzasini hisoblash algoritmini tuzing.
3. Uchburchakning tomonlari a, b, c bo‘lsa, uning perimetri kvadratini hisoblash algoritmini tuzing.
4. a, b va c sonlar berilgan. a va c ning ayirmasi modulini, b va c ning yig‘indisi yarmini, a va b ning ko‘paytmasini hisoblash algoritmini tuzing.
5. Teng yonli uchburchakning yon tomoni a ga, asosiga tushirilgan balandligi h ga teng. Uchburchakning yuzini hisoblash algoritmini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |