Mavzu : Global muammolarning belgilari Reja: Kirish Asosiy qism



Download 151 Kb.
bet9/11
Sana26.01.2023
Hajmi151 Kb.
#902915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ro\'ziyev Boysoat global iqtisodiyot fanidan kurs ishi

Терроризм ва
ҳозирги замон
kstremizm va terrorizmga yondoshishning eng ma’qul yo’llaridan biri bunday hodisalarga taalluqli bo’lgan barcha muammolar doirasini ob’ektiv ravishda xolisona, haqiqiy ilmiy tahlil asosida idrok etishdir.

Fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm, terrorizm qat’iy belgili aloqa bilan bog’langan emaslar. Mohiyat jihatdan ushbu hodisalarning har birini to’laligicha, bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil ravishda o’rganib chiqish mumkin. Negaki, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, kelib chiqish xususiyatlari va amal qilish jihatlari bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. Biroq muayyan vaziyatlarda ular o’zaro aloqada namoyon bo’lishlari mumkin. Shuning uchun ham fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm va terrorizm tushunchalari va hodisalari nisbatini nazariy va amaliy tahqiq qilish zaruriyati kelib chiqadi.
Fundamentalizmni ijtimoiy fikrdagi e’tiqodga sodiq oqim sifatida (albatta diniy bo’lishi shart emas) qarab chiqish mumkinki, o’zining asliy (o’z nomini shundan olgan) qadriyatlar, g’oyalar, qandaydir ta’limot qoidalari. Dunyoqarashlar, mafkuraviy ta’limotlarga sodiqligini va uni qat’iy ravishda himoya qilajagini e’lon qiladi. Bunday ma’noda fundamentallik nafaqat islomda, balki har qanday dinda (xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va hokazo), hamda juda ko’plab dunyoviy ta’limotlarda ham mavjuddir.
Radikalizm – mafkuraviygina emas, balki siyosiy amaliyot va taktika (ish yuritish tarzi) masalasiga taalluqli hodisadir. Radikal ruhdagi kishilar shuni qat’iy ravishda targ’ib qiladilarki, siyosiy kurashda (hamda mafkuraviy va hokazo) agar u zarur deb topilgan natijani bersa, man’ etilgan vosita va usullarning bo’lishi mumkin emas. Radikalizmning mantiqiy oqibati ekstremizmdir.
Ekstremizm (siyosiy, irqiy, diniy va hokazo) mintaqaviy va hatto umumiy xususiyat kasb etgan unchalik ham yangi hodisa bo’lmasdan, unga qarshi kurash o’zining muayyan tarixiga ega. Muayyan qarashlar, g’oyalar, e’tiqodlar tizimi sifatidagi ekstremizmda o’zining alohida xususiy yo’nalishi bilan maydonga chiqqan diniy ekstremizm o’z ifodasining turli shakllariga ega? Yetarli darajada tinchlik va nisbatan demokratik tarzdan tortib, zo’ravonlik va oshkora terroristik shakllargacha.
Ekstremizmni qandaydir g’oyani alohida olingan shaxs, guruh, partiya, tashkilot tomonidan mutaqlashtirish natijasida, uni amlaga oshirishga undovchi o’ziga xos o’ta faollik sifatida qarab chiqish mumkin. Ekstremizmning o’zi siyosiy, mafkuraviy yoki ruhiy hodisa sifatida hamma vaqt ham jinoyat emas va har vaqt ham jinoiy-huquqiy boshqaruv me’yorlariga to’g’ri kelavermaydi. Ammo bu shu asnogacha to’g’ridirki, u hanuz zo’ravonlik va tovlash usullarini qo’llashdan tiyilib tursa.
Terrorizm – radikalizm va ekstremizmning eng nihoiy shakli bo’lib, davlat ma’muriy tizimlari yoki boshqa ijtimoiy ob’ektlarga ekstremistik guruhlar talabini bajarilishini ta’minlash maqsadida majburlash va ularga tazyiq ko’rsatish vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Terroristik amallar turli vositalar: portlatish, o’t qo’yish, siyosiy arboblar joniga suiqasd, garovga olish. O’g’rilash va ommaviy qirg’in qurollarini qo’llashga (yadroviy, biologik va kimyoviy) tahdid qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ekstremistik ruhdagi har bir guruh ham terroristik bo’lib qolishi shart emas, ammo imkoniy jihatdan o’zining mantiqiy xotimasi sifatida ekstremizm terrorizmga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga ushbu mantiq juda ham o’ziga xosdir. Terroristlar talablarini hukumat yoki boshqa ma’muriy tizimlar tomonidan qondirilishi hamma vaqt ham terroristik faollikning kamayishiga olib kelmaydi. Terroristlar orasida hamisha shunday radikallar topiladiki, ijtimoiy vaziyatning o’zgarishidan qat’iy nazar terror taktikasini qo’llashda davom etadilar.
Qachonki, jamiyatda qandaydir keskin o’zgarishlar yuz bersa, bo’layotgan hodisalarga nisbatan turli qarashlar paydo bo’ladi. Tanlangan yo’lni ma’qul topmagan opponetlar topiladiki, ularning ta’kidlashlaricha, barcha narsani bunday emas, balki boshqacha qilmoq lozim. Bunday fikr bilan xayrixohlik qiluvchi kishilar guruhi ham paydo bo’ladi. Bunday vaziyatda umuminsoniy qadriyatlar tizimiga yoki alohida olingan katta ijtimoiy jamoalarning qadriyatlariga qarama-qarshi bo’lgan alohida g’oyalar va qarashlar tizimi shakllanishi mumkin.
Tarixda terrorizm dunyoviy va diniy sohalarda ham siyosiy kurashning eng keskin vositasi sifatida yetarli darajada keng qo’llanildi. Ayniqsa terrorizm ko’proq darajada jamiyatning bir holatdan ikkinchisiga o’tish davrida, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik sharoitida qo’llanilgan va qo’llanilmoqda.
Hozirgi zamon terrorizmining o’ziga xos xususiyatlaridan biri alohida amaliyotdan ommaviy, jamoaviy tarzdagi oldindan yaxshi rejalashtirilgan va tashkil etilgan saviyaga o’tishdir. Terror endi ayrim olingan mutaassib bir kishining ishi bo’lmay qoldi. Hozirgi vaqtda u bilan keng tarmoq otgan, katta moliyaviy, insoniy, texnik zahiralarga ega bo’lgan qudratli tashkilotlar shug’ullanmoqda. Bundan Markaziy Osiyo mintaqasi ham istisno emas. Bu yerda XX asrning 90-yillaridan boshlab «Xizb-ut-tahrir», «Islom ozodlik partiyasi», «O’zbekiston islomiy harakati», «Tojikistonning islomiy uyg’onish harakati» (90-yillargacha ham) kabi terroristik tashkilotlar va boshqalar faol ish olib bormoqdalar. O’zlarining maqsadi sifatida ular mintaqada mavjud bo’lgan siyosiy tuzumni ag’darib tashlab, diniy davlatni barpo qilish ekanligini e’lon qilmoqdalar. Ushbu tashkilotlar «Tolibon», «al-Qoida» kabi terroristik tashkilotlar bilan bevosita aloqa bog’lagandirlar. Ularning faoliyati tashqi kuchlarning yordami va chet ellardagi qudratli moliyaviy manbalarga asoslandir. Ularning sa’y-xarakatlari tufayli bir qator terroristik aktlar ro’y berdiki, ularning natijasida ko’plab qurbonlar, moddiy zararlar va begunoh kishilarning azob-uqubatlarga duchor bo’lishi kuzatiladi.
Terrorizm bilan kurashning dunyoda to’plangan tajribasi shuni ko’rstadiki, yangi terroristik harakatlarning oldini olish maqsadida shunga e’tibor qaratish juda muhimki, bunday harakatlar yo’li bilan davlatni ular ko’zlagan maqsadlar sari amal qilishga majbur qilishga terroristlarda hech qanday umid qoldirmaslik lozim. Terrorsitlarni o’z qilmishlarining be’mani va behuda ekanligini o’ylab ko’rishga majbur qilish lozimki, toki ular o’z talablarini tanqidiy ravishda o’ylab ko’rsinlar va xalqaro terrorizm jabhasida olib borilayotgan kurashda ekstremistik yo’lning hujumkorlik mohiyatini to’g’ri ekanligiga shubha qilsinlar. Terrorizmning namoyon bo’lishiga va uning ijtimoiy asosiga barham berish-bugungi kunning eng dolzarb muammosidir. Faqat shugina ayrim olingan har bir davlatning, mintaqaning va umumiy xavfsizlikning milliy xavfsizligini ta’minlay oladi.
O’zbekiston Respublikasi dunyoda birinchilardan bo’lib, xalqaro terrorizmning milliy va xalqaro xavfsizlik uchun xatarli tahdid ekanligini anglab, mo’’tabar xalqaro tashkilotlarning, birinchi navbatda Birlashgan millatlar tashkilotining tribunasidan foydalanib xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborini bu umumiy muammoga qaratdi3.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish