89
1974-yilda F. Kotler marketingni nazorat
qilishni ikki turini
marketingni boshqarish tizimiga ta‟sir etishini ko„rsatib o„tgan, ya‟ni
tashqi va ichki muhit omillarining o„zgarish imkoniyatiga ko„ra,
marketingni nazorat qilishni ochiq va yopiq tizimlaridir.
Yopiq nazorat tizimida marketing-menejment guruhi vakilini to„g„ri
aralashuvsiz reja va haqiqiy ko„rsatkichlarini solishtirish va ularni
to„g„rilash amalga oshiriladi.
Ochiq nazorat tizimida esa aniq ko„rsatkichlarni kiritilayotgan
o„zgartirishlarni baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda
marketing-menejment guruhi vakilining faol qatnashishi ko„zda tutiladi.
Qisqa xulosalar
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko„rish, korxonaning
iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o„rni, rolini bilish va
yangi darajaga erishish yo „llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik
rejalashtirishda aniq hisoblangan ko„rsatkichlar bo„lmaydi,
balki turli
bashoratlar asosida mo„ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iborat.
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo„lib, unga
qo„yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Taktik
rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo„yicha ta‟minot va
sotish rejasi,
daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun
zarur
jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta‟minlanish rejasi, bozorning hozirgi
holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi.
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
- maqsadga erishish darajasini belgilash;
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;
-
korxona
moslashuvchanligi
talab
qilingan
atrof-muhit
o„zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash.
Marketing nazoratining uch turi farqlanadi:
1.
Yillik reja bajarilishini
nazorat qilish;
2.
Strategik nazorat;
3.
Foydaga erishishni nazorat qilish;
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo„ljallangan natijalarga
erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili,
bozordagi hissa
tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish o„rtasidagi nisbiy
tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng
foydalaniladi.
90
Foydaga erishishni nazorat qilish maqsadi firma nima hisobiga
daromad
topayotganligini
va
qaysi
o„rinlarda yo„qotayotganligini
aniqlashdan iborat.
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatan ham firma o„zidagi
marketing
imkoniyatlaridan
to„liq
foydalanilayotganligi
yoki
foydalanilmayotganligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: