Marketing darslik


 Bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

7.2. Bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish 
ko„rsatkichlari hama baholash uslublari
 
Konyunktura tahlili ishlab chiqarish va iste‟molning hajmi, tarkibi, bir 
tovar boshqasining o„rnini egallay olish imkoniyati, tovar zahiralari, 
narxning o„zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarini o„rganishni 
o„z ichiga oladi. Bozor konyunkturasini muntazam o„rganib borish savdo 
faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor 
konyunkturasi qaysi tovarni ishlab chiqarishni ko„paytirish, qaysi tovarga 
talabning kamayishi haqida aniq ma‟lumotlar beradi. Bu ma‟lumotlar 
ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarur. Bozor 
konyunkturasi bozorda muvozanat mavjudligi yoki buzilganligi bilan 
xarakterlanadi. Shunga ko„ra bozor konyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay 
va noqulay bo„lishi mumkin. 


94 
Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va 
sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog„liqdir, narx- navoga, modaning 
o„zgarishiga qarab har xil bo„ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab 
chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo„shimcha resurslar, 
ularni qaytarish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, 
shuningdek narx - navodagi o„zgarishlar yo„nalishiga qarab aniqlash 
mumkin. Bu bilan tovar taklifi o„rganiladi. 
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo„lgan talab 
va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo„nalishiga qarab, shuningdek, aholi 
xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta‟minlanish darajasini hisobga 
olib talab o„rganiladi.
Uzoq muddatli o„sish imkoniyalarini aniqlash va konyunktura tahlili 
bir -biri bilan bog„liq va u bir-birini to„ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to„plangan ma‟lumotlarni 3 ta guruhga 
bo„linadi: 
-o„tgan davr konyunktura ma‟lumotlari; 
-tadqiq qilinayotgan davr konyunktura ma‟lumotlari; 
-kelgusidagi konyunkturaga ta‟sir etuvchi ma‟lumotlar.
Konyunkturani tahlil qilish shakli konyunktura sharhi bo„lib 
hisoblanadi.
Konyunkturani 
tahlil 
qilish 
savollariga 
o„tishdan 
avval 
konyunkturaning ko„rsatkichlar tizimini ko„rib chiqish darkor. 
Ko„rsatkichlar shartli ravishda makro va mikroko„rsatkichlarga 
bo„linadi. 
Makroko„rsatkichlarga 

umumxo„jalik 
konyunkturasini 
tavsiflovchi ko„rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, 
ishlab chiqarish ko„rsatkichlari, tovar aylanma ko„rsatkichlari, pul 
muomalasi 
ko„rsatkichlari, 
iste‟mol 
ko„rsatkichlari 
kiradi. 
Mikroko„rsatkichlarga 
esa 
alohida 
tovarlar 
bozorini 
tavsiflovchi 
ko„rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish ko„rsatkichlari, mahsulot sotilishi va 
iste‟moli, narx dinamikasi va h.k. 
Umumxo„jalik konyunkturasi tahlilini izlanish maqsadiga ko„ra ikki 
yo„l bilan olib borish mumkin:
1. 
Agar ma‟lum bir vaqt ichida konyunkturaning rivojlanish 
tendensiyasi va sur‟atlarini bilib olish masalasi qo„yilgan bo„lsa, u holda 
konyunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o„rganish yo„li 
bilan olib boriladi. 
2. 
Agar eng oxirgi sanaga konyunktura holatini aniqlash masalasi 
qo„yilgan bo„lsa, u holda iqtisodiy davrning fazasi va faza ichidagi misol 
tariqasidagi joyini aniqlash yo„li bilan olib boriladi. Shuni e‟tiborga olish 


95 
kerakki, konyunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini 
aniqlash o„zora bog„liq va bir - birini to„ldiradi. 
Konyunktura tahlili jamiyatning xo„jalik hayotining qiyinligini 
hisobga 
olmagan 
holda 

yoki 
bu 
qarashlarni 
tasdiqlaydigan 
o„zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistik ma‟lumotlarga 
yondashib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yig„indisiga 
yondashish kerak. Konyunktura tahlilining shakli bu konyunktura sharhi 
va ma‟lumotnomasidir. 
Mahsulot ishlab chiqarish belgilanganligiga qarab, mahsulotning 
mutlaq birligi o„lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davri 
davomiyligi, iste‟molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq konyunktura 
o„zgarishini aks ettiradi. 
Ba‟zi tarmoqlar, masalan qora metallurgiya, havo va suv transporti, 
qurilish belgilangan iste‟molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi 
bo„yicha ishlaydilar. Boshqalar esa, ya‟ni avtomobil, radioelektron va shu 
kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma‟lum 
iste‟molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarish 
qisqarishi yoki o„z ishi natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini 
yaxshilash yoki yomonlash aniq ko„rsatkich bo„lib hisoblanmaydi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish