Maktabgacha yoshdagi


Jinsga mansublik va o‘yinda rol tanlash



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Jinsga mansublik va o‘yinda rol tanlash. 
Maktabgacha yosh-
da o‘g‘il va qiz bolalarning o‘zaro munosabatlarida farq paydo 
bo‘ladi va rivojlana boshlaydi va o‘z jinsiga mansub bolalarga 
nisbatan go‘yo samimiy adolatsizlik aniqlanadi: o‘g‘il bola o‘g‘il 
bolalarni tanlaydi, qiz bola qizlarni. O‘zligini anglash rivojlana-
di va uning asosiy tarkibiy qismi sifatida o‘zini o‘g‘il bola – erkak 
yoki qiz bola – ayol sifatida his qilish paydo bo‘ladi.
«Oila» o‘yinini o‘ynashda ham bolalar o‘z jinslaridan kelib 
chiqqan holda rol tanlaydilar. O‘yin paytida bolaning emotsio-
nalligi namoyon bo‘ladi va ayol yoki erkakka mos keluvchi yu-
rish-turish tarzi o‘rganiladi. Qiz bolalar yuzaga kelgan vaziyatga 


388
tezroq ko‘nikadilar, yangi sharoitga xotirjamroq, tezroq va oson-
roq kirishadilar. O‘g‘il bolalar ko‘p shovqin ko‘tarishadi. Rolli 
o‘yinlarda o‘g‘il bolalar kattalarga taqlid qilib, haydovchi, kos-
monavt, harbiy askarlar rolini tanlaydilar, qizlar bo‘lsa ona, shi-
fokor, tarbiyachi rolini o‘zlariga oladilar.
Tanlangan rollar har xil jinsdagi bolalarning ijtimoiy intilish-
larini aks ettiradi. O‘g‘il bolalar qiziqishlari texnikaga, g‘alabaga, 
yutuqqa va peshqadamlikka yo‘naltirilgan musobaqa o‘yinlariga 
qaratilgan. Kuchli, jasur va tashabbuskorlarni o‘g‘il bolalar li-
der deb qabul qiladilar. Oila muhiti o‘yinlari ko‘pincha qiz bola-
lar o‘yinida aks etadi. Qiz bolalarning qiziqishlari ko‘proq shaxs-
lararo munosabatlarga qaratilgan. Qizlar yumshoq fe’lli, quvnoq 
va ko‘ngilchan tengdosh qizlarni yoqtirishadi.
Jinsga mansublik va o‘yinchoq tanlash.
O‘yinchoqlar o‘yinning 
tayanch materiali bo‘lib xizmat qiladi, o‘yin sujetining rivojla-
nishiga yordam beradi va ularni tanlash bolalarning qaysi jinsga 
mansubligiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Maxsus tajriba vaqtida bolalarga to‘rt xil to‘plamdagi 
o‘yinchoqlardan ikkitasini erkin tanlash sharti taklif qilindi. 
To‘rt patnisda quyidagi o‘yinchoqlar turi taklif qilindi: mashi-
na, turli idish-tovoqlar, kubiklar, qo‘g‘irchoqlar. Boladan barcha 
o‘yinchoqlarga nom berishni, ko‘proq yoqtirgan o‘yinchoqlar joy-
lashgan ikki patnisni olishni va bu o‘yinchoqlarni o‘ynash so‘raldi. 
Ularning barcha harakatlari yozib borildi. Oqibatda o‘g‘il va qiz 
bolalarda to‘rt yoshdan boshlab, o‘yinchoq tanlashda farq yuza-
ga kelishi aniqlandi. Mashina, kubiklar asosan o‘g‘il bolalar to-
monidan, qo‘g‘irchoq va turli idishlar qizlar tomonidan tanlani-
shi ma’lum bo‘ldi.
Maktabgacha davr oxiriga kelib bola jinsga mansublik abadiy 
ekanligini tushunadi va shunga qarab o‘z xulqini shakllantiradi. 
Bu vaqtda bolalarda boshqa jinsdagilarga nisbatan o‘ziga xos mu-
nosabat yuzaga keladi. Bunday munosabatlar har bir bolada o‘ziga 
xos ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, o‘g‘il bola tengdosh qizni yoki 
kattaroq yoshdagi chiroyli qizni ko‘rganda, xursand bo‘lishi, mu-
nosabatga intilishi mumkin. Kattalar bolaning his-tuyg‘ulariga 
hurmat bilan qarashlari lozim. Bunday instinktlar kichik yosh-
dayoq ko‘zga tashlanadi. Chiroyli qizlarni sochidan tortish, o‘ziga 


389
yoqqan qizni himoya qilish, avaylash, mehr ko‘rsatish kabilar 
tabiiy ravishda shakllanib boradi. Kattalarning «Guruhingda eng 
chiroyli qiz kim?» kabi savollari ham bunga turtki bo‘ladi. Le-
kin bolaning qiziquvchanligini kuchaytirib yuborish ham to‘g‘ri 
emas, aksincha, uning e’tiborini boshqa narsaga, uning tuyg‘ulari 
va xayolini yangi kuch bilan o‘ziga jalb qila oladigan narsaga qa-
ratish lozim. 
Yosh bolalarga xos qiziquvchanlik, yoqtirish maylini katta-
larning sevgi, uylanish va bolalik bo‘lish haqidagi tushuncha-
laridan ajrata olish lozim.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish