Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:
1. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola shaxsining shaklla-
nishida ijtimoiy muhitning o‘rni nimada namoyon bo‘ladi?
2. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro 
munosabat qoidalari nimalardan iborat? 
3. Bolalarning tengoshlari bilan munosabatlari qanday kecha-
di?
4. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutq-
ning qanday o‘rni bor?
5. Bola shaxsining shakllanishiga o‘yin faoliyatining ta’siri ni-
mada?
6. Bolaning axloq motivlari butun bolalik davri davomida 
qanday o‘zgaradi?
9.3. Katta bog‘cha yoshida (5–7 yosh) shaxsning shakllanishi. 
Maktabgacha yoshda o‘z-o‘zini anglash
Maktabgacha yoshda axloq motivlarining rivojlanish 
yo‘llaridan biri bu ongning yuksalishidir. 5–7 yoshga kelib bo-
la o‘zidagi faoliyatga undovchi kuch va o‘z harakatlarining oqi-
bati haqida borgan sari aniqroq hisob bera boshlaydi. Bu bola-
da o‘zini anglash xislati rivojlanayotganini bildiradi, ya’ni u o‘zi 
kim ekanligi, qanday fazilatlarga ega ekanligi, atrofdagilar un-
ga qanday munosabatda ekanligi va bu munosabat nima bilan 
izohlanishini tushunadi. Bu xislat o‘z yutuq va omadsizliklarini, 
o‘z fazilatlari va imkoniyatlarini bola qanday baholashida, yana-
da kuchli namoyon bo‘ladi.
O‘zligini anglash zamirida katta bog‘cha yoshining oxirlarida 
sodir bo‘ladigan, boshqa odamlardan o‘zini ajratish yotadi. Katta 
bog‘cha yoshiga kelib, bola o‘z fazilatlari haqida hech nima bil-
masada, o‘zining mavjudligini his qiladi. Katta bog‘cha yoshida-
gi bolada hali o‘zi haqida asosli va to‘g‘ri fikr mavjud emas. Bola 
kattalar tomonidan ma’qullanadigan ijobiy xislatlarni ko‘r-ko‘rona 
o‘zlashtiradi. O‘zini tartibli deb hisoblaydigan boladan, «Tartib-
lilik nima?» – deb so‘ralganda: «Men qo‘rqmayman» deb javob 
beradi. Boshqa o‘zini tartibliligi haqida gapirgan bolalar ham bu 
savolga: «Bilmayman», – deb javob beradilar. O‘zini to‘g‘ri baho-
lashga o‘rganish uchun, bola avval boshqalarni, atrofdagi odam-


383
larni baholashni o‘rganishi kerak. Bu esa darhol amalga osh-
maydi. Bu davrda bola tengdoshlarini baholayotib, kattalarni ular 
haqida aytgan fikrini takrorlaydi. O‘zini baholashda ham bu holat 
takrorlanadi: «Men yaxshi bolaman, oyim shunday deydilar».
Bolani boshqalarning harakatlari va fazilatlarini mustaqil ba-
holashi, uning ularga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu 
asosan hikoya personajlari harakatlarini baholashda ko‘proq bi-
linadi. Ijobiy qahramonning har qanday harakati ijobiy bahola-
nadi, «salbiy» qahramon esa salbiy baholanadi. Lekin sekin-asta 
personajlar harakati va fazilatlari bahosi ularga bo‘lgan umumiy 
munosabatdan ajraladi, va vaziyatni bu harakat va fazilatlarga 
ega bo‘lgan ma’noni anglash asosida quriladi. «Uycha» ertagini
eshitgach, bola savollarga quyidagicha javob beradi: «Ayiq yaxshi 
ish qildimi?», «Yo‘q, yomon». «Nima uchun yomon?», «Chunki 
u uychani ezib tashladi». «Senga ayiq o‘zi yoqadimi?», «Yoqadi». 
«Men ayiqchalarni yaxshi ko‘raman».
O‘zlashtirilgan axloq qoidalari bolaning boshqalarni baho-
lashida foydalanadigan me’yorlarga aylanib qoladi. Lekin bu 
me’yorlarni o‘zida qo‘llashi ancha murakkab kechadi. Bolani 
qamrab olgan, uni u yoki bu harakatni amalga oshirishga un-
dovchi kechinmalar, undan bajarayotgan harakatining asl maz-
munini yashiradi, ularni beg‘araz baholashiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Bunday beg‘araz baho faqatgina o‘z harakatlari va imkoniyat-
larini boshqalar harakati, fazilati va imkoniyatlari bilan taqqosla-
ganda amalga oshishi mumkin. O‘zini boshqalar bilan taqqoslay 
olish bilan bola katta bog‘cha yoshiga kelib to‘g‘ri baholash mala-
kasiga ega bo‘ladi.
Katta bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z afzalliklari va kamchilik-
larini yaxshi biladilar hamda atrofdagilarning bunga munosabati-
ni inobatga oladilar. Bu bolada shaxsning rivojlanishida, axloq 
motivlarini o‘zlashtirishida, ijobiy axloq namunalariga ergashi-
shida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga bola atrof-
dagilarni u yoki bu harakatiga va fazilatiga bo‘lgan munosa-
batidan biror maqsadda foydalanishga qodir bo‘ladi. Bolalar bu 
yoshda, ko‘pincha qaysarlik axloq me’yorlarining buzilishi ekan-
ligini yaxshi biladilar va ularga yon beradigan kattalarga ataylab 
qaysarlik qiladilar. Bola o‘z onasiga bolalik xislatlarini ko‘rsatgan 


384
holda, bola rolini o‘ynashi mumkin. Bu onada mehr uyg‘onishiga 
va ko‘ngli yumshashiga olib keladi va bola shu tariqa turli xil xur-
sandchiliklarga erishadi.
Bu yoshda bola ataylab o‘z foydasiga yolg‘on gapirishi, hasad 
yomon xislat ekanligini bilib, atrofdagilardan yashirincha hasad 
qilishi mumkin. Ammo maktabgacha yoshdagi bola o‘zining ijo-
biy xislatlari va kamchiliklariga uzoq ahamiyat bermaydi. Bola-
da tahlil qilish kerakli darajada rivojlangan bo‘lsada, u ko‘proq 
o‘ziga emas, boshqa shaxslarga qaratilgan bo‘ladi. 
Katta bog‘cha yoshiga kelib bola o‘z shaxsiyatining o‘tmishiga 
qiziqa boshlaydi. «Men kichkinaligimda qanday edim, gapirib 
bering?» kabi savollarni bera boshlaydi. O‘z o‘tmishiga tushu-
nish, ko‘ngilchanlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘rina boshlaydi. 
Shu bilan birga o‘z shaxsining kelajagi haqida ijobiy fikrlar bildi-
rilishini istaydi. «Men katta bo‘lganimda...». Bu davrda kelajak-
ka, hozirgi va o‘tgan zamonga bo‘lgan qiziqish borgan sari oshib 
va chuqurlashib boradi. Endi u kattalarga o‘zi haqida gapirib be-
rishlarini so‘rabgina murojaat qilmaydi, balki o‘zi ham o‘zi haqida 
eslaydi. O‘zining o‘tmishdagi ishlarini u xolis muhokama qiladi, 
bu unga o‘zi haqida tanqidiy fikr bildirishiga imkon beradi. Bola 
uchun uning o‘tmishi, hozirgi kuni va kelajagi hayotda o‘z o‘rnini 
anglash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi va o‘zini o‘tmishdagi 
hayotida baholash va kelajakni tasavvur qilish imkonini beradi. 
Bola hayotida istiqbol rejalarining paydo bo‘lishi uning motivatsi-
ya darajasining oshishiga imkon beradi va bu o‘z navbatida uning 
shaxsining rivojlanishini belgilaydi. U albatta yaxshi, mehribon 
va omadli bo‘ladi. Agar u o‘g‘il bola bo‘lsa, kuchli, erkin, aqlli 
bola, agar qiz bola bo‘lsa, chiroyli, dono qiz bo‘ladi. U shubha-
siz doim o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, o‘z onasini doim 
yaxshi ko‘radi. U yer yuzida doim tinchlik bo‘lishi, hamma sog‘ 
va baxtli bo‘lishi uchun hamma ishni qiladi. U kosmonavt, shi-
fokor, bog‘bon va hattoki sehrgar ham bo‘ladi. Shaxs xislatlari 
to‘g‘ri rivojlanayotgan bola ezgu maqsadlarga boy bo‘ladi, bu un-
ga bugundan boshlab atrofdagilarga nisbatan yaxshi munosabatda 
bo‘lishiga va o‘zini ijobiy baholashiga asos bo‘ladi. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish