Maktabgacha yoshdagi


Axloqiy harakatga bo‘lgan intilishning rivojlanishi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Axloqiy harakatga bo‘lgan intilishning rivojlanishi. 
Bola uchun 
odob namunasi sifatida uning bolalar guruhida mashhurlikka 
ega bo‘lgan tengdoshlari ham xizmat qilishi mumkin. Axloqiy 
etalonlarning o‘zlashtirilishi ular bilan guruhdagi muloqot jara-
yonida kechadi va unda bola doimiy tarzda amalda egallagan ax-
loqiy me’yorlarni boshqa insonlarga qo‘llash, turli-tuman konkret 
vaziyatlarda ushbu me’yor va qoidalarni muvofiqlashtirish zaru-
riyatiga duch keladi. Ijtimoiy rivojlanish ham aynan insonning 
konkret vaziyatlardan bog‘liq holda o‘z xatti-harakatlarini tan-
lashidan iboratdir. 
Kattalar hamda tengdoshlar tomonidan bolaga ta’sir etish 
asosan o‘yin faoliyati davomida amalga oshiriladi. Insoniy mu-
nosabatlar me’yorlari o‘yin orqali bolaning axloqini tuzatish-
ning manbasiga aylanadi. Ijobiy axloqiy etalon (namuna)ga in-
tilish boshqalar tomonidan tan olinishga bo‘lgan intilish orqali 


400
tu shuntiriladi. Agarda, ijtimoiy nazorat pasaytirilsa, bola ko‘p 
hollarda vaziyatdan kelib chiqib o‘z xohishiga ko‘ra harakat qi-
lishga tayyor bo‘ladi. «Ko‘rinmas odamga aylanib qolsang nima 
qilar ding?» – degan savol bola uchun ijtimoiy nazorat go‘yoki 
pasay ganday bo‘ladi. Etalonga muvofiq axloqiy harakatni amal-
ga oshirib, bola kattalarning ijobiy bahosini kutadi, chun-
ki ma’qullanish uning tan olinishga intilishini mustahkamlay-
di. Atrofdagilar tomonidan ma’qullanishni kutishda bola ataylab 
o‘zining fazilatlarini ko‘rsatishga moyil bo‘lib qolishi mumkin. 
Ba’zan bola maqtov olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qil-
sa, unda axloqni namoyish etish shakllari paydo bo‘lishi mumkin. 
U ataylab o‘zining yaxshi fazilatlarini ko‘rsatadi. Aynan eng yu-
qori axloqiy harakatda bola oxir-oqibat o‘zi uchun qanoatlanish 
hissini boshidan kechiradi. Ko‘pgina bolalar muloqot shakllarini 
yaxshi biladilar, muloyimlikning natijasini tushuna oladilar. Bi-
roq muloyimlik turli vaziyatlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Maz-
munli-rolli o‘yin davomida bolalar orasidagi munosabatlarda mu-
loyimlikning ko‘rinishi, real munosabatlardagi muloyim so‘zlarni 
bolalar ko‘pincha manfaatdor bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llashlaridir. 
Psixik zo‘riqish holatida muloyimlik osonlik bilan buziladi. Ijti-
moiy tajribalar go‘yoki o‘yindagi sherigidan kelib chiqqan yutuq-
qa tahdid holatida bola tomonidan muloyimlikning «yo‘qotilish» 
dinamikasini namoyon qiladi.
Katta bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘yindagi sherigining mu-
vaffaqiyatsizligi holatidagi muloyimligi va hamdardligi, umuman 
olganda ko‘p hollarda o‘z o‘rnini jahl va qo‘pollik bilan almash-
tiradi. Bolaning boshqalarga nisbatan muloyim, g‘amxo‘r muno-
sabatga bo‘lgan ehtiyojini tarbiyalash, agar bolaga nafaqat mu-
loyimlikning mohiyatini tushuntirganda, balki ular bilan doimiy 
tarzda muloyimlik me’yorlariga muvofiq muloqot qilganda muva-
faqiyatli bo‘ladi. Faqat bu holatda muloyimlik namoyon qilinadi-
gan harakatdan mustahkam ko‘nikmaga aylanadi. 
Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni. 
Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. 
Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri benihoya 
kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kat-
talar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-onaning fikri 


401
va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega 
bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulatori va psixik rivojlanishning 
stimulatori bo‘lib xizmat qiladi. Psixiatrlarning ta’kidlashicha, 
bolani haddan tashqari qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash unda nev-
rozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillardan biridir. 
Har bir oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlan-
masdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihat-
lari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda 
qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar 
ko‘pincha «demokratik» va «avtoritar» kabilarga ajratiladi. Bolalar-
ga oilaviy ta’sir etishning «demokratik» shakli uchun quyida gilar 
xos: bolaga ko‘p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p muloqot 
qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-
onalar bo‘lar-bo‘lmas taqiqlar qo‘ymasikka harakat qiladilar, bu-
ning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib-qoidalarni tushun tirishga 
intiladilar, iloji boricha bolalarning savollariga javob be rishga,
ularning qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar. Oila-
dagi «avtoritar» muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari taqiqlar-
ning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. «Hukmron» ota-onalar bola-
dan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga 
xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan 
kam o‘tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, «avtoritar» va «demokra-
tik» oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida 
muayyan farq mavjud bo‘ladi. «Demokratik» oilalarning farzand-
lari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, kon-
formizmni (guruh fikriga tobe bo‘lishni) inkor etuvchi, ijtimoiy 
munosabatlarida ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar.
Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha oiladagi muhit 
iliq, ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar demokratik asosga 
qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori 
mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar 
ancha past mavqega ega bo‘ladilar. Shu narsa aniqlanganki, bola 
qanchalik ko‘p erkalatilsa, shaxs sifatida shuncha sekin yetiladi, 
u passivlikka moyil bo‘ladi, ehtimol, keyinchalik uning xarakteri 
kuchsiz bo‘lib shakllanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar 
bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ularga mehr-muhabbat, diqqat-
e’tibor bilan munosabatda bo‘lish o‘sib kelayotgan inson axlo-


402
qiy qiyofasining shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Shuning 
uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning 
sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning 
oila a’zolariga bo‘lgan munosabatlari o‘g‘il va qiz bolalarda farq-
lanadi. Masalan, o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan ko‘proq o‘z jin-
sidagi oila a’zolari – otasi, akasi, bobosiga o‘zini yaqin tutadi. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish