385
quyidagilardan tashkil topgan: axloq me’yorlarini bilish, axlo-
qiy odatlar, axloq me’yorlariga bo‘lgan emotsional munosabat va
bolaning o‘zining ichki holati.
Bola shaxsining to‘g‘ri
shakllanishi uchun, birinchi navbat-
da, axloqiy me’yorlarni bilishi katta ahamiyat kasb etadi. Ilk
va maktabgacha yosh davrida bola atrofidagi insonlar (katta-
lar, tengdoshlar va boshqa yoshdagi bolalar) bilan muloqot orqa-
li axloqning ijtimoiy me’yorlarini egallaydi. Me’yorlarni
egallash,
birinchidan, bola uni tushuna boshlashi hamda mohiyatiga yeta
boshlashini nazarda tutadi. Me’yorlarni egallash, ikkinchidan,
bolaning keyinchalik boshqa insonlar
bilan muloqoti davomida
axloqiy odatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bola emotsional his qi-
linadigan odatiy qilmishlarini buzgan holda harakat qilsa, bu un-
da noqulaylikni keltirib chiqaradi. Me’yorlarni egallash, uchin-
chidan, bolaning ushbu me’yorlarga bo‘lgan ma’lum
bir psixik
munosabatga kirishishini ifodalaydi. Axloqiy me’yorlar va ular-
ni bajarishga bo‘lgan aqliy va axloqiy munosabat bolalarda katta-
lar bilan muloqot davomida rivojlanadi. Katta odamlar bolalarga
ma’lum bir axloqiy xatti-harakatning to‘g‘riligi yoki kerakligi ha-
qida fikrlashga yordam beradilar, katta odamlar bolaning ma’lum
bir xatti-harakatiga nisbatan o‘z munosabati bilan ko‘rsatma be-
radi. Katta odamlarga hissiy bog‘liqlik zamirida bolada tan oli-
nishga intilish rivojlanadi.
Kattalar tomonidan tan olinishga intilish va tan olinish bola-
ning eng muhim ehtiyojlaridan biridir.
Uning jamiyat ijtimoiy
talablariga javob berishi o‘z yutuqlariga yuqori baho berili shiga
bo‘lgan intilishiga asoslanadi. Katta bog‘cha yoshida yangi ijti-
moiy mazmundagi harakat va faoliyatga bo‘lgan
motivlarning
ko‘rinishi sodir bo‘ladi. Bu davrda butun motivatsion soha qay-
ta quriladi, shu jumladan tan olinishga bo‘lgan ehtiyojning vu-
judga kelishi o‘zgaradi. Bolalar o‘zlarining intilishlarini yashira
boshlaydilar, o‘z-o‘zini ochiq maqtash kamdan kam hollardagina
uchraydi. Tan olinishga bo‘lgan intilishning amalga oshirilmas-
ligi, bola ataylab yolg‘onni o‘ylab topishi
yoki maqtanishi kabi
noma’qul xatti-harakat turlariga olib kelishi mumkin.
Maktabgacha yoshda tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj bolada-
gi o‘z axloqiy sifatlariga ishonch hosil qilishida ko‘rinadi. Bo-
386
la o‘zining kelgusi harakatlariga nisbatan boshqalarning muno-
sabatini tasavvur qiladi va bunda
u insonlar undan minnatdor
bo‘lishlari, uning yaxshi ishlarini tan olishlarini xohlaydi. Tan
olinishga bo‘lgan intilishni amalga oshirishga ehtiyoj bolalar-
ning o‘z faoliyatlari natijalarini hamda
shaxsiy yutuqlarini ba-
holash maqsadida kattalarga yanada ko‘proq murojaat qilish-
larida ko‘rinadi. Bunday holatda bolani qo‘llab-quvvatlash juda
muhim. Bolaga hech qachon: «Sen buni qila olmaysan», «Sen bu-
ni bilmaysan», «Qo‘lingdan kelmaydi», «Bekorchi savollar bilan
boshimni qotirma» va hokazo qabilidagi iboralarni qo‘llamaslik
kerak. Kattalarning bunday hurmatsiz iboralari bolada o‘z im-
koniyatlariga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Bolada
nomukammallik kompleksi, o‘zining ojizligi hissi paydo bo‘ladi.
Nomukammallik kompleksi – insonning eng murakkab axloqiy
kamchiliklaridan biri bo‘lib u boshqa insonlar bilan muloqotga
kirishishni murakkablashtiradi hamda og‘ir ichki hissiyotini kel-
tirib chiqaradi.
O‘g‘il va qiz bolalar
Do'stlaringiz bilan baham: