M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat


“Futuvvatnomai Sultoniya yoxud javonmardliktariqati”



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

“Futuvvatnomai Sultoniya yoxud javonmardliktariqati”
asarining birinchi bobidagi 
“Tariqat ahlining odobi”
deb nomlangan qism orqali 


170 
dalillashni lozim topdik. Bunda olim inson jamoat joylarida gapirish, muomalaga 
kirishish oldidan sakkiz narsaga alohida ahamiyat berish lozimligini uqtiradi: 
“Birinchidan, yolg‘on gapirishdan, zero yolg‘onchi xudoning dushmanidir. 
Ikkinchidan, va’daga xilof gapirish va munofiqona so‘z aytishdan. Uchinchidan, 
g‘iybat va bo‘hton gaplardan saqlanish, chunki ular fosiqlar ishi sanaladi. 
To‘rtinchidan, behuda bahsu munozaralardan, ayb qilish va gap tashishlardan ehtiyot 
bo‘lish. Beshinchidan, o‘zini maqtash va ta’riflashdan saqlanish, bu esa xudbinlikka 
olib keladi. Oltinchidan, ezmalikdan saqlanish. Ettinchidan, harg‘ashdan, duoi bad 
qilishdan, chunki duo dilning ofatidir. Sakkizinchidan, mazax – masxara qilish va hazil 
-huzuldan ehtiyot bo‘lish lozimligini uqtiradi. 
Hozirgi davrda jamoa orasida o‘zini tutish etiketi juda murakkab hodisadir. 
Ayniqsa, insoning oliymaqom fazilatlaridan biri tanishuvdir. Birgina tanishishning 
o‘ziga xos etiketi mavjud. Masalan, mehmondorchilikda uy bekasi ayollarni, xo‘jayini 
esa erkaklarni tanishtirishi lozim. Ko‘chada, jamoat joylarida, transportda 
hamroxingizni uchratib qolgan odamlarga tanishtirib qo‘yish shart emas. Ammo ular 
ko‘proq suhbatlashsa, tanishtirish lozim. 
Tanishishni xoxlamagan kishi bilan zinhor tanishishga harakat qilmaslik lozim. 
Erkak kishi ayolga, kichik odamni yoshi kattaga, xodimni rahbarga tanishtirish kerak. 
Kishining yoshi va mavqesi alohida ustunlikka ega. Hamisha mavqe yoki katta odam 
birinchi tanishtiriladi. 
Qo‘l uzatish paytida biroz egilish yoki yengil tabassum qilish odat tusini olgan. 
Hissiz yuz ifodasi bilan quyuq ohangda “Bag‘oyat mamnunman” yoki “Juda 
xursandman” deyish yaramaydi. Undan ko‘ra, yangi tanishga u haqda avval eshitgani, 
nihoyat u bilan shaxsan tanishganlik sharofatiga ega ekanligini, xursand bo‘lganini 
aytsa yanada go‘zalroq bo‘ladi. 
Uchratganda so‘rashish ham o‘ziga xos etiketga ega. Uchrashganda so‘rashish 
shaxsning muloyim va nazokatli munosabatlarining ilk namoyishi hisoblanadi. Suhbat 
chog‘ida qo‘lni cho‘ntakka solib, qo‘l siltab gapirish, yelka hisish, suhbatdoshga orqa 
o‘girish, esnash, tez-tez soatiga qarash, gapni baland qahqaha bilan tugatish etiketga 
xos bo‘lmagan xususiyatlardir. Inson munosabatida etiketning oltin qoidalari sifatida 


171 
belgilanuvchi vositalardan biri- tashqi qiyofadir. Kiyinishning o‘ziga xos tur va 
shakllari mavjud. Bunga xalharo o‘lchovlar doirasidagi qatiy ananaviy bichimli 
kostyumlar kiradi. Ularning gazlamasi yuqori sifatli, rangi ham kishi kayfiyatiga mos 
bo‘lishi shart. Poyafzal tanlovida ham shunga rioya qilinadi. Ko‘zni hamashtiradigan 
har xil ranglardan imkon qadar qochish kerak. Lekin shaxs o‘ta juratli bo‘lsa, qip–qizil 
rangda ham kiyinishi mumkin sanaladi. Ana shu tarzda o‘zaro munosabatda, etiketda 
insonning quyidagi tarziy munosabatlari muhim rol o‘ynaydi:1
. Holat
. Muloqot va 
suhbat O‘zingizni erkin, shu bilan birga sipo, xushyor tutish lozim. O‘zigizni o‘ta erkin 
qo‘yib yubarsangiz, sizni betartib yoki yengiltabiat deb ham o‘ylashlari mumkin.
2
. Nigoh
. Muloyim nazar bilan suhbatdoshingizga e’tibor bering. Zero, sizning 
jiddiy qiyofangiz suhbatdoshni noqulay ahvolga solib qo‘ymasin. 
Nutq 
etiketi 
oltin 
qoidalarining 
umumiy 
xususiyatini 
ifodalovchi 
belgi-
xushmuomalalik hisoblanadi. Ayrim kishilardagi o‘ziga xosliklar boshqa shaxs bilan 
oson va yoqimli munosabatga kirishish, yoqimli bo‘lish yoki odamni o‘zidan 
uzoqlashtirishning asosiy sababi nimada? 
Buning asosiy sababi, yuqorida takidlaganimizdek xushmuomalalik. Xushmuomalalik–
atrofdagilar bilan so‘zlovchini foydali va yoqimli shaxsga aylantiradi. U keskin 
vaziyatlarni yumshatadi, janjalning oldini oladi, o‘zini tutishni o‘rgatadi, hurmat va 
muxabbatga yo‘l ochadi Xushmuomalalikni o‘rganish mumkin, ammo yurakdan 
chiquvchi tug‘ma nazokat ham bor. Nazokat kishidan gap so‘z va harakatlarni nazorat 
qilish asosida yuzaga keladi . 
Nazokat koidalariga quyidagilar kiradi : 
-shovqin solish, atrofdagilarga xalal berish va g‘ashiga tegish; 
-boshqa din, etiqod, millat yoki davlatni erga urish; 
-birovni kamsitish, kamchilik va xatolari ustidan kulish; 
-o‘ziga uzatilgan qo‘lni namoyishkorona olmaslik; 
- hamsuhbatining yaqin kishisi haqida mensimay gapirish va boshqa holatlar. 
Ayniqsa, o‘qituvchi shaxsida bu oltin qoidalar juda katta o‘rin tutadi. 
O‘qtuvchidan tashqi qiyofa oq ko‘lak, dazmollangan kostyum – shim, bo‘yinbog‘, 
papka, do‘ppi yoki kitoblardan tashqari, o‘zaro muomala- munosabat ham katta o‘rin 


172 
egallaydi. Uning tabiatida yuqoridagi xususiyatlar o‘z ifodasini topgan va tashqi 
qiyofada, nutqda doimiy aks etib turishi zarur. O‘qituvchi shaxsida quyidagi 
xususiyatlar mujassamlashgan bo‘lishi kerak: 
1.O‘z fanini sevishi, talabalar bilan samimiy mehr – muhabbatli muomala va 
munosabatda bo‘lishi lozim. 
2.O‘qituvchi - xalq manaviyati va madaniyatining ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘lishi. 
U o‘z davri va zamonining ijtimoiy o‘zgarishlari, shuningdek, global axborot 
yangiliklaridan xabardor ekanligini ko‘rsata olishi zarur. 
3.O‘qituvchining asosiy quroli kitobdir. U o‘z faniga doir va ijtimoiy -iqtisodiy, 
madaniy va adabiy –badiiy mavzudagi yangi nashr etilgan kitoblardan xabardor 
bo‘lishi shart. 
4.Darsga doimiy tarzda tayyorgarlik bilan kirishi, dars mavzusini aniqlab, unga mos 
materiallarni tartibga keltirib, uni reja asosida bayon etishga o‘rganishdan iboratdir. 
O‘qituvchining jamoat joylarida va dars jarayonidagi etiketi ham muhim axamiyat kasb 
etadi. Jamoat joylarida, asosan, kiyinish, o‘zini tuta bilish, tartibga keltirish, 
bo‘yinbog‘i, ayollarda esa soch turmagini to‘g‘rilash muhimdir. Bundan tashqari, soch 
tarash va hurpaytirish, jimjiloqda tish tozalash, norozilikni qo‘pol, tahqiromuz so‘zlar 
bilan bildirish, shu kabi xunuk odatlardan o‘zini yiroq tutish o‘qituvchi madaniyatining 
o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. 
Dars jarayonida esa quyidagi xatti-harakatlardan xoli bo‘lishi zarur. So‘zlashuv 
yoki suhbat paytida quyidagi kamchilik va nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaslik zarur : qo‘lni 
cho‘ntakka solib, ortga qilib, shuningdek, ko‘krakda chalishtirib turish yoki o‘tirish; 
-qo‘l siltab gapirish; 
-inkor manosida bosh siltash ; 
-nutqni turli imo - ishoralar bilan bezash; 
-barmoq bilan stolni chertish, uzuk marjon yoki sumka bog‘ichini o‘ynash; 
-suhbatdoshga teginish; 
-suhbatdoshga orqa o‘girish; 
-esnash, tez –tez soatga qarash; 
-gapni baland ovozda gapirish, shu kabi holatlar etiketni buzuvchi omillardir. 


173 
Hayotda, ayniqsa, o‘zaro muloqotda, suxbat odobida buyuk notiq Husayn Voiz 
Koshifiy quyidagilarni alohida etiborga olish lozimligini uqtiradi: 
1.Har kimning ahvoliga qarab munosib so‘z aytsin. 
2.Dag‘allik qilmasdan, nutq va muloyimlik bilan gapirsin. 
3.Gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin. 
4.Ovozni baland ko‘tarmasin, eshituvchilarga malol keladigan qilib gapirmasin. 
5.Odamlarga nafi tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin. 
6.Agar so‘zning qimmati -qadri bo‘lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug‘larning so‘zi 
bamisoli urug‘dir, agar urug‘ puch yoki chirigan bo‘lsa, uni qaerda ekmang, unib 
chiqmaydi. 
Xullas, etiketning oltin qoidalarini chin dildan egallagan, unga har qadamda 
rioya etgan kishigina, hayotda ulkan muvaffaqiyatni qo‘lga kiritadi va jamiyatda o‘z 
o‘rniga ega bo‘ladi. Zero, bundan biz tilga olgan 4 fazilat: yaxshi xulq, jamoa joylarida 
o‘zini tuta bilish, tashqi qiyofa va muomala madaniyatidagi talablar muhim vosita 
sanaladi. Xususan, o‘qituvchi faoliyatida esa, bu omillar juda muhim bo‘lib 
hisoblanadi. 
1.Nutq etiketi – o‘qituvchining dars va jamoa orasida o‘zini tuta bilish, yuksak tashqi 
qiyofaga ega bo‘lish va xushmuomalalik madaniyatiga qatiy rioya qilish rasm – 
rusumidir. 
2.O‘qituvchi nutq etiketi –uning jamiyatda o‘z o‘rnini belgilovchi, xalq milliy etikasi, 
axloq -odob me’yorlariga qay darajada rioya qilishi bilan o‘lchanadi. 
3.O‘qituvchi nutq etiketi- zamonaviy urf – odat va qoidalarga qatiy amal qilishi asosida 
ro‘yobga chiqadigan yuksak madaniyatli shaxs namunasidir. 
4.O‘qituvchi etiketining oltin qoidasi- yaxshi xulq, tashqi qiyofa, jamoat orasida o‘zini 
tuta bilishi va muomala madaniyatining yuksak darajasidan iborat. 
5.O‘qituvchi nutq etiketiga qatiy rioya qilish – mustahkam masuliyat va jamiyat shaxsi, 
atrofdagilar bilan astoydil munosabatni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ommaviy 
omil hamda vosita, urf – odatning yangi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. 
O‘qituvchi faoliyatining asosini dars mashg‘uloti tashkil etadi. Dars – 
o‘qituvchining aql – idroki, dunyoqarashi, tafakkuri va estetik dunyosining mahsuli 


174 
sifatida amalga oshiriladi. O‘qituvchi va talabaning eng masuliyatli, mehnati va 
izlanuvchanligi jarayonida kechadi. Hech bir dars hayotdan uzilgan, rejasiz, mavzusiz 
va quruq, siyqasi chiqqan fikrlar asosida qurilmasligi kerak. Garchi o‘qituvchi qaysi 
darsga loqaydsizlik qilsa, uning masuliyati va saviyasini tushirib yuborsa, talabalarning 
nafaqat darsga, balki shu fanga qiziqishlari yo‘qoladi. 
Ana shu nuqtai nazardan o‘qituvchi dars jarayonidagi nutq madaniyatining 
asosiy qismi bo‘lgan nutq etiketi ham juda katta o‘rin egallaydi. Nutq etiketining 
asosida ham, eng avvalo, adabiy tilni bilish, adabiy tilda muomala munosabatda bo‘lish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq etiketining xatti-harakat va fikrning uyg‘unlashuvi 
asosida darsni tashkil etishga erishish lozim.YUqorida takidlaganimizdek, o‘qituvchi 
faoliyatining zamirida ham, eng avvalo, yuksak xulq va madaniyat yotadi. Har bir 
talaba shaxsini hurmat qilish, u bilan samimiy munosabatda bo‘lish muomala 
etiketining asosiy qismi sanaladi. Buning uchun esa talabaga nisbatan cheksiz mehr –
muxabbat tuyg‘usi shakllangan bo‘lishi darkor, chunki uning butun bilimi, his –
tuyg‘usi va tuzgan loiyihasi mazmuni talaba shaxsiga qaratilgan bo‘ladi. SHuning 
uchun xar yangi, mazmunli fikr va qarash talabaning diqqati, e’tiborini tortishining 
asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, xar bir darsni tashkil etish o‘ziga xos 
uslubdir. To‘g‘ri, darsda ilmiy uslub ustunlik qiladi. Lekin ilmiy uslubning ham aniq 
vosita va xususiyatlari mavjud. Muayan ma’lumotlarni ketma –ket keltirish bilan uslub 
yaratilmaydi. 
Buning uchun quyidagi xususiyatlardan samarali foydalanish ahamiyatlidir: 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish