FIZIKA TA’LIMI MAZMUNIDA «MEXANIKA”
BO’LIMINI O’RGANISH
Reja
1.
1 Mexanika bo’limining o’ziga xos tomonlari.
2.
Mexanika bo’limining tutgan o’rni va ahamiyati.
3.
Kenimatika bobidagi asosiy tushunchalar, ularning ilmiy-uslubiy tahlili va o’qitish
uslublari.
☼
Tаyanch so’z vа ibоrаlаr
:
myexanika, kinyematika, massa, impuls, enyergiya,
tyexnika, aviasiya, kosmonavtika, enyergyetika, moddiy nuqta, yo’l, ko’chish, trayektoriya,
absolyut qattiq jism, harakat, tyezlik, tyezlanish.
1. “Mexanika” bo’limini o’ziga xos tomonlaridan biri bu – fizika mexanikani
o’rganishdan boshlanishidir. Bu hol tarixiy, ilmiy mantiqiy va pyedagogik jihatdan
asoslangandir. “Mexanika” fizikaning tarixan birinchi paydo bo’lgan bo’limidir. “Mexanika”
taraqqiyotida tajribaga asoslangan fakt va ayrim fikrlarni to’plash, sistemaga solish, fizikaning
boshqa soxalaridagidan ko’ra tezroq yagona nazariya bilan almashinadi. Bu yagona nazariya
Galiley va Nyuton asarlari natijasida paydo bo’ldi va u turli mamlakat olimlari tomonidan
rivojlantirildi.
“Mexanika” bo’limining ikkinchi o’ziga xos tomoni shundan iboratki, bo’limda
o’rganiladigan mexanik harakat materiya harakatining fizikada o’rganiladigan eng oddiy
formasidir, ya’ni materiyaning ko’pgina murakkab harakat formalariga nisbatan ko’rgazmalidir.
SHuning uchun ham o’quvchilar mexanik harakatning eng asosiy xarakterli tomonlarini
o’rganib olganlaridan kyeyingina, materiyaning murakkab formalarini o’rganishlari kerakligi
kelib chiqadi.
“Mexanika” bo’limining uchunchi o’ziga xos tomoni shundan iboratki, fizika kursi va
uning barcha bo’limlari mexanika tushunchalari va terminlari asosida tuzilgan. Mexanikadagi
fizik tushunchalarni bilmasdan turib, fizikani o’rganish mumkin bo’lmaydi. Masalan: massa,
impuls, enyergiya kabi fizik tushunchalar makroolamni ham, mikroolamni ham tushuntirishda
kerak bo’ladi va hokazo.
Bu bo’limning yana bir o’ziga xos tomoni shuki, bo’limdagi fizik nazariyalar etarlicha
to’liq keltirilgan va bu bo’limda tajriba usullarini qo’llash imkoniyati ancha kyeng. SHuning
uchun bu bo’limni o’rganish tajribaga asoslangan bo’lishi kerak.
2. Hozirgi zamon fizikasining barcha bo’limlari texnika bilan uzviy bog’langan, ammo
mexanika bu erda alohida o’rin tutadi. CHunki, xuddi ana shu mexanikaning taraqqiyoti minglab
yillar davomida texnika taraqqiyotini belgilab kelgan, ya’ni barcha texnik qurilmalarda mexanika
qonunlaridan foydalanilgan. Transport, qurilish va qishloq xo’jaligi mashinalarining ishlashi
mexanika prinsiplariga asoslangan, aviasion va kosmik texnika ham mexanikaning taraqqiyoti
tufayli paydo bo’ldi, ko’pchilik energyetik qurilmalarning ishlashi harakatning mexanik
formalarining o’zgarishiga asoslangan. Mexanika bo’limining mazmuni mexanizasiya, aviasiya,
kosmonavtika va energetika kabi bir qator texnik masalalarni tushunib olishga yordam beradi.
Mexanika fan-texnika taraqqiyotining bosh yo’nalishlaridan biri – mexanizasiyalashtirishning
ilmiy asosi hisoblanadi.
Maktab fizika kursida mexanika bo’limining o’qitilishi o’quvchilarning ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish va politexnik ta’limni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Mexanik hodisalarda mavjud bo’lgan sababiyat va oqibat bog’lanishini tushuntirish,
tabiatni bilish mumkinligini va bilish jarayonining chyegarasi yo’qligini tushuntirish orqali
o’quvchilarning
fanga
bo’lgan
qiziqishi
shakllantiriladi.
O’quvchilarning
ilmiy
dunyoqarashining shakllanishida butun olam tortishish qonuni, impuls va enyergiyaning
saqlanish qonunlari katta ahamiyatga ega. O’quvchilarga mexanika qonunlarini ishlab chiqarish
texnikasi va texnologiyasida amalda qo’llanilishi ko’rsatilishi orqali, ularning ilmiy-texnik
fikrlash qobiliyatlari kyengaytiriladi.
YUqorida aytganimizdek, mexanika qonunlarining transport, qurilish, qishloq xo’jalik
mashinalarida qo’llanilishini bilish orqali o’quvchilarning politexnik bilimi kyengayadi.
3. Kinematikada asosiy tushunchalar: moddiy nuqta, traektoriya, yo’l ko’chish, sanoq
sistyemasi, tezlik, tezlanish, harakatning nisbiyligi kabi tushunchalardir. Bu bo’limda to’g’ri
chiziqli tekis, to’g’ri chiziqli tezlanuvchan, aylana bo’ylab tekis harakat o’rganiladi.
Tushunchalardan yo’l va ko’chish hamma vaqt aniq ajratilavermaydi. Holbuki yo’l
skolyar kattalik, ko’chish esa vektor kattalikdir. Bu farqni chizmalar chizish orqali o’quvchilarga
oson tushuntirish mumkin. Bu erda, shuningdek, ko’chish yo’ldan miqdor jihatdan hech qachon
katta bo’la olmasligini ham aytib o’tish zarur. Ko’chish yo’lga teng bo’lishi mumkin.
Tezlik ham vektor kattalik bo’lib, uning vektor ekanligi ko’chishning vektorligidan kelib
chiqadi. Xuddi shuningdek tezlanishning vektor xarakteri tezlikning vektorligidan kelib chiqadi.
Tezlanish tushunchasini kiritishda to’g’ri chiziqli harakatda vaqt oralig’ida tezlik vektorining
o’zgarishini chizmada ifodalash foydalidir.
Aylana bo’ylab tekis harakatni qaraganda markazga intilma tezlanishni tezlikning
o’zgarishi orqali keltirib chiqarish o’rinlidir. Harakatning nisbiyligi, sanoq sistyemasi
tushunchalarini kiritishga ham alohida e’tibor qaratilishi kerak, chunki bu tushunchalarsiz
mexanik harakatni to’liq o’rganib bo’lmaydi.
O’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida masalalar
echish va tajribalardan foydalanish zarurdir.
“Kinyematikaning asosiy tushunchalari” mavzusini o’rganishga dasturda 7 soat ajratiladi.
Uni o’rganishni quyidagicha ryejalashtirish mumkin:
1-dars. Myexanik harakat to’g’risida umumiy ma’lumot. Ilgarilanma harakat. Moddiy
nuqta. Trayektoriya.
2-dars. Jism nuqtalarining fazodagi vaziyati. Sanoq sistyemasi.
3-dars. Ko’chish. Harakatlanuvchi jism nuqtasi ko’chishining vyektori va nuqta
koordinatalarining o’zgarishi.
4-dars. To’g’ri chiziqli tyekis harakatda ko’chish. Tyekis harakat tyezligi.
5-dars. Harakatni grafik ravishda tasvirlash.
6-dars. Harakatning nisbiyligi. Tyezliklarni qo’shish.
7-dars. 6-darsning davomi. Tyemani umumlashtirish.
Sаvоl vа tоpshiriqlаr.
1.
Nima uchun fizikani o’rganish mexanikani o’rganishdan boshlanadi?
2.
Mexanika taraqqiyoti texnika taraqqiyotini belgilab kelganligiga misollar keltiring?
3.
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda mexanikaning rolini ochib bering?
4.
Kinematika bo’limidagi asosiy fizik tushunchalarning mazmunini ayting?
5.
Kinyematikaning asosiy tushunchalarini darslarda qanday mavzular asosida o’tish maqsadga
muvofiq bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |