L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet7/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Nazorat sаvоllаri:



  1. O`sish nimа?

  2. Rivоjlаnish dеgаndа nimаni tushunаsiz?

  3. O`sish vа rivоjlаnish kаndаy qоnuniyatlаr аsоsidа yuzаgа chikddi?

4. Аksеlеrаtsiya kаndаy jаrаyon? Uning yuzаgа chiqish sаbаblаri nimаlаrdаn
ibоrаt?
5. Оdаmning yoshlik yillаri kаndаy dаvrlаrgа аjrаtilаdi?

2-MAVZU: TAYANCH – HARAKAT TIZIMINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI
Tayanch tushunchalar: harakat, koordinatsiya, skelet, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklar, umurtqa pog’naosi, ko’krak qafasi, yelka suyaklari bilan qo’l qismlari, chanog’ suyaklari, bo’g’in, kifoz, lordoz, skolioz, osteoporoz, yassi oyoqlik, ko’ndalang targ’il tolali muskul, silliq tolali muskul, aktin, miozin, sfinkter muskullar.
2.1 Harakat va koordinatsiyaning ahamiyati. Skeletning umumiy tuzulishi. Suyaklarning tarkibi va xillari. Bosh suyagi. Umurtqa pog’onasi. Ko’krak qafasi. Qo’l-oyoq skeleti. Bo’g’inlar. Bo’g’inlarning xillari
Harakat inson hayotida nihoyat darajada katta ahamiyatga ega. Harakat aktivligi bolalar uchun o’ziga xos fiziologik ehtiyoj bo’lib, o’yinlar, jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida qondirilib boriladi. Harakat faolligi bolalar salomatligining juda muhim ko’rsatkichidir, chunki, sog’lom bolalar ko’proq harakat qiladi, ko’p harakatlar qiladigan o’yinlarni afzalroq biladilar. Kasal bolalar, odatda, o’yinlarda kam harakat bo’ladi, ularda juda oz harakat qilish ustun turadi.
Bola harakat aktivligining nechog’li rivojlanganligi butun harakat analizatori, ya’ni suyak-muskul tizimining qanchalik rivojlanganligini ko’rsatib beradi. Organizmda harakat aktivligi katta bo’lganidan qo’l va oyoqdagi yirik muskullarning kuchi bilan koordinatsiya tez rivojlanib boradi.
Harakat va koordinatsiyaning inson organizmidagi ahamiyatini tushunish uchun tayanch harakat tizimi to’g’risidagi tushunchani aniqlashdan boshlash kerak.
Har bir tirik organizmning yashash usuli bo’lib harakat hisoblanadi. Uning yuzaga kelishini aynan mana shu tayanch — harakat tizimi amalga oshiradi.
Odamning tayanch — harakat tizimi deganda undagi skelet va skelet muskullaridan tashkil topgan majmua tushuniladi.
Skeletdagi suyaklar va boylam-bo’g’inlar passiv harakat organlari bo’ladi, mushaklar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.
Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet mushaklarini aktiv harakat organi bo’lib, mushaklar qisqarganda bo’g’inlarga harakat vujudga keladi. Odamning harakati harakat asablari orqali markazdan qochuvchi impulslarni mushaklarga kelishi tufayli vujudga kelib, bu esa odamning hayoti va mehnat faoliyatini taminlaydi shunday qilib, harakatda mushaklar va suyaklar ishtirok etadilar. Suyak tizimi bundan tashqari asab tizimi va ichki organlarni turli ta’sirotlardan himoya qiladi.
Bir butun organizmda barcha fiziologik protsesslar bir-biriga bog’langandir. Bu bog’liqliqni quyidagi misolda ko’rish mumkin. Mushaklar qisqarganda odamning harakati bilan bir vaqtda nafas olish, yurak faoliyati, modda almashinuvi protsessi, qon aylanish va asab tizimida o’zgarish vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganga mushak ishida nafas olish, yurak faoliyati ortadi. Qon aylanish tezlashadi, qon tomirlar kengayadi. Modda almashinuvi kuchayadi va hokazo. Asab tizimining taraqqiy etishida skelet mushaklarning qisqarishi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki mushaklarning qisqarishi tashqi muhit ta’sirlari va sezuv organlariga asab tizimini rivojlantiradi. Bolalarda harakat koordinatsiyasi asab tizimining ayniqsa, asab tolalarining mienlinlashuvi bilan bog’liqdir. Yangi tug’ilgan boladi harakatlarni tartibsiz bo’lishi, ko’pchilik efferent harakat apparati bolalarning asab tizimi va boshqa funksiyalarning rivojlanishi organizmning normal o’sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Organizmdagi barcha hayotiy jarayonlar doimiy harakat bo’lgandagina me’yoriy saqlanadi. Agar harakat cheklansa o’sish va rivojlanish ham sekinlashadi. Shunday ekan, tayanch — harakat tizimining yosh bilan bog’liq asosiy xususiyatlarini va unga quyiladigan gigienik talablarni o’rganish dastavval me’yoriy o’sish va rivojlanishni ta’minlash uchun juda muhimdir. O’sayotgan organizm uchun mehnat va jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini hamda kun tartibini maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish zaruriy holatdir. Oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida quyilgan gigiyenik talablarga rioya etmaslik, avvalo yosh organizmning jismoniy rivojlanishiga, qolaversa, ruxiy jixatdan shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Skeletning umumiy tuzulishi
Skelet suyaklar yig’indisidan iborat bo’lib, tayanch vazifasini bajaradi va organizmni mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat. Skelet uchta asosiy funksiyasini: tayanch, harakat va himoya vazifalarini bajaradi.
Odam skeleti umurtqa pog’naosi, ko’krak qafasi, yelka suyaklari bilan qo’l qismlari, chanog’ suyaklari bilan oyoq qismlari va kalla suyagiga bo’linadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish