1.2 Organizmning umumiy tuqilishi. Hujayra, to`qima, organ va tizimlar. Organizmning butunligi. Organizm va muhit.
Organizm o’zi mustaqil yashay olishi, o’z-o’zini boshqarishi, yashashi uchun moslashgan tashqi muhit o’zgarishlariga tegishlicha javob berish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak.
Organizmning tashkil topishi molekulyar (viruslar), hujayra, to’qima, a’zo, a’zolar tizimi darajasida bo`lishi mumkin. Organizm rivojlanishning qaysi pog’onasida bo`lmasin, u muayyan muhitda yashaydi, tashqi muhit o’zgarishlari organizmga, organizm esa ma’lum darajada muhitga o’z ta’sirini o’tkazadi. Tirik organizmlarning va tashqi muhit o’zaro aloqadorligining eng muhimi ular o’rtasidagi modda almashinuvidir. Organizm moddiy va energetik sarflarni qoplash uchun tashqi muhitdan organik va anorganik moddalarni qabul qilib turishi shart.
Hujayra, asosan 3 qismdan: tashqaridan o’rab turuvchi hujayra membranasi, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Hujayra shirasi turli organik va mineral moddalarning suvdagi eritmasidir. Hujayraning har bir qismi organoid deb ataladi va ma’lum bir vazifani bajaradi. Uning tirik bo’lmagan qismi (po’sti va shirasi) ham tegishli vazifani bajaradi. Sitoplazma bu shilimshiq, rangsiz suyuqlikdir. Uning tarkibida 90 % gacha suv bo’lsada, asosan murakkab organik birikmalar, ko’pincha oqsillardan tashkil topgan. Shuningdek unda nuklein kislotalar (DNK, RNK) va moysimon moddalar – lipidlar, uglevodlar, fermentlar, gormonlar, alkaloid va boshqa organik hamda mineral moddalar bo’ladi. Sitoplazmada, shuningdek, anorganik birikmalar: uglerod (10%), kislorod (70%) va vodorod (10%) bo’ladi. Bulardan tashqari kalsiy, kaliy, azot, fosfor, oltinguturt, kremniy, xlor, temir va boshqa ko’plab ximiyaviy elementlar bor. Sitoplazmaning ximiyaviy tarkibi turg’un emas. Modda almashinuvi jarayonida oddiy moddalar birikib murakkab moddalar hosil qiladi. Hosil bo’lgan moddalar ba’zan zahira holida to’planadi, ba’zida esa qaytadan oddiy moddalarga parchalanadi. Plazmolemma bilan tonoplast yopishqoq parda bo’lib, plazmatik membrana deb yuritiladi. U hujayraga moddalar tushishi, ya’ni tanlab o’tkazishni boshqaradi, hujayraning oziqlanishi uchun muhnm rol o’ynaydi. Sitoplazmaning asosiy massasi – gialoplazma ancha bir xil tuzilgan. Uni ko’plab mayda kanalcha, naycha, pufakchalarnini rivojlangan to’ri teshib o’tadi. Ularning devori ham plazmatik membranadan tuzilgan. Tarmoqlangan bu to’r endoplazmatik to’r yoki endoplazmatik retikulum deb ataladi. Endoplazmatik to’r sitoplazma kanalchalarini yadro va qo’shni hujayralar bilan bog’laydi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari ham shu sistema bo’ylab tarqaladi va hujayraning turli qismlariga oqib boradi. Hujayraning diktiosoma yoki Golji apparati deb ataladigan alohida organoidlari ham endoplazmatik to’r bilan funksional bog’langan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo’lib, go’yo devorlari plazmatik membranadan tuzilgan yassi sisternalar paketiga o’xshaydi. Golji apparatida organik moddalar vaqtincha to’planadi va keyin hujayraning boshqa qismlariga tarqaladi. Elektron mikroskopda qaralganda, endoplazmatik to’r kanalchalarining tashqi yuzasida va bevosita sitoplazma qavatida yumaloq mayda tanachalarni ko’rish mumkin. Bular ribosomalar deb ataladi. Ular ribonuklein kislotaning (RNK) spiralsimon shaklli bir nechta molekulasidan tashkil topgan. RNK spirali o’rami orasida oqsil mulekulalari joylashadi va ular oqsil moddalarini sintezlab, muhim vazifani bajaradi. Oqsil sintezlanishi uchun ribosomalardagi RNK molekulalari hujayra yadrosidagi DNK molekulalaridan ajraladigan informasion RNK ning alohida molekulalari tomonidan aktivlashtirilishi kerak. Muayyan organizm oqsillarining o’ziga xos xususiyati ribosomalar tufayli kelib chiqadi, chunki “kodlangan” tegishli axborot muayyan tarkibga ega bo’lgan oqsillar sintezi uchun matrisa bo’lib xizmat qiladi. Ribosomalar tomonidan sintezlangan oqsillar endoplazmatik to’rga o’tadi va hujayraning turli qismlariga tarqaladi. O’simliklar hujayrasining sitoplazmasida kalta tayoqchalar shaklidagi mitoxondriyalar bo’ladi. Ularning bo’yi 0,2-2,0 mkm gacha bo’lib, ko’pincha 0,6-0,8 mkm orasida o’zgarib turadi. Mitoxondriyalarning soni hujayrada juda ko’p bo’lib, o’rta hisobda 2-2,5 mingtani tashkil etadi.
Mitoxondriyalar 60-70% oqsil moddalar, 25% gacha lipidlar, kam miqdorda RNK va anorganik birikmalardan tuzilgan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo’lib, tashqi tomonida ikki qavat membranasi bor. Membrananing tashqi qavati mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib turadi, membrananing ichida esa kristallar deb ataladigan juda ko’p qirrali o’siqlar chiqadi. Bular mitoxondriyaning ichki yuzasini birmuncha kattalashtiradi. Uning ichki kamerasi tarkibida eruvchan oqsillar bo’lgan ancha bir xil suyuq massa bilan to’la bo’ladi.
Mitoxondriya bu hujayraning energiya manbaidir. Bunda moddalar almashinuvi turli xil mahsulotlarining achishi natijasida ajralib chiqadigan energaya hisobiga adenozintrifosfat kislota (ATF) sintezlanadi. Bu ATF o’ziga xos energiya akkumulyatoridir. Keyin u bir qancha ximiyaviy o’zgarishlarga uchraydi, oqibatda ko’plab energiya ajralib chiqadi va u kechadigan turli xil jarayonlarga sarflanadi. Mitoxondriyalar, odatda harakatda bo’ladi. Ular yadro, xloroplast va boshqa hayotiy prosesslar tez kechadigan organoidlar atrofida to’planadi. Mitoxondriya o’simlik va hayvon hujayrasining bo’lishi lozim bo’lgan tarkibiy qismidir. Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning rivojlanishini boshqarish yo’llarini bo’lib olishdir. Irsiyat organizmlarning o’z belgi va xususiyatlarini nasldan – nasilga o’tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlarning belgi -xsusiyatlari nasildan -nasilga o’zgarmagan xolda o’tadi.
Organizm belgi - xususiyatlarining bir qancha avlod turg’un saqlanib kelishi irsiyatining bir tomoni bo’lib, ikkinchi tomoni organizmning ontogenezda ma’lum moddalar almashinuvi xarakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan aniqlanadi. Aks holda organizmlar ovlodida ozgarishlar vujudga kelgan bo’lur edi. (M: bug’doydan arpa , tovuqdan o’rdak).
Organizmning ikki xususiyati irsiyat va o’zgaruvchanlikni o’rganadigan fanga Ginetika fani deyiladi. Zamonaviy ginetikaning vujudga kelgan vaqti 1865 yil hisoblanadi, shu yili chex olimi Gregor Mendel 1 va 2 belgisi jihatidan bir -birinchi farq qiladigan no’xat navlarini chatishtirib, belgilarining irsiy yo’l bilan nasldan- naslga o’tish qonuniyatlarini aniqlagan. U qizil gulli sariq noxatni oq: guli yashil no’xat bilanchanglatadi. Qizil va oq : gulli o’simliklar: 3:1 nisbatda vedomimant va resessiv belgi asosida yuzaga chiqadi. Mendelning bu buyuk ishga zamondoshlari munosib baxo bera almadi. O’z tajribalarida xudd shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib yuborilgan Mendel tajribalarini to’la –to’kis tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |