Umurtqa pog’onasi
Umurtqa pog’onasi 3 davrda: pardasimon, tog’ayli, suyakli davrni boshidan kechirib rivojlanadi.
Dastlab, o’zak xorqa va pardasimon tuqilishga ega bo’lgan umurtqalar hosil bo’ladi. So’ngra bir vaqtda umurtqaning ikkala yarmida pardasimon tuqilishni almashtiruvchi dastlabki tog’ay markazlari paydo bo’ladi. Umurtqalar oralaridagi disklarda bu jarayon sekin boradi, shu sababli xorqa yadro ko’rinishini olib, shu yerda qoladi. Bola tug’ilgandan keyin yadro sekin-asta toga’y bilan almashinadi. Bu disklar qonni umurtqa tanasidan utuvchi qon tomirlaridan oladi. Yosh ulg’aygan sari qon tomirlari sekin-asta bo’shashib qoladi. Bunday yerlar turli patologik o’zgarishlarga tez uchraydi. 12—14 yoshda valik suyaklanadi, 15—16 yoshda esa umurtqaning tanasi bilan qo’shilib o’sadi.
Umurtqa pog’onasi qismlarini hosil qilgan 33—34 umurtqadan: 7 ta bo’yin umurtqasi, 12 ta ko’krak umurtqasi, 5 ta bel umurtqasi, 5 ta dumraza umurtqasi va 4—5 ta dum umurtqasidan iborat.
Kattalarning dumg’aza umurtqasi 5 ta umurtqaning birlashishidan hosil bo’lgan.
Dumgaza umurtqasini hosil qiluvchi suyaklarning suyaklanishi va bir-biriga qo’shilishi sekinlik bilan boradi. Kichik yoshdagi maktab bolalarida dumg’aza suyagi butun bir suyakni tashkil etmaydi. Faqat 22—25 yoshlarda yuqori qismi keng, pastki qismi esa tor bo’lib rivojlanadi. Dumg’aza umurtqasi yon tomonlarida chanoq suyagi bilan birikishi uchun bo’g’im yuzasiga ega. Odamning dum umurtqasi uncha katta bo’lmasdan, bir nechta umurtqalarning birikishidan hosil bo’ladi. Ajdodlarimizning dum skeleti vazifa bajarmaydigan qoldiq bo’lib hisoblanadi. Dum umurtqasining I va II umurtqalari 7 yoshda, III va IV umurtqalari 14—15 yoshda suyaklanadi.
Umurtqa suyagining egilishi. Bola tug’ilgandan boshlab va ikki yoshgacha umurtqa pog’onasi anchagina tug’ri bo’ladi, lekin yosh ortgan va organizm rivojlangan sari unda «S» harfiga o’xshash egilishlar paydo bo’ladi. Bola o’tirishga o’ta boshlashi bilan umurtqa pog’onasi cho’ziladi va unda qavariq qismi oldinga qaragan bo’yin umurtqasining egilishi paydo bo’ladi. Bola yurishga o’ta boshlashi va muskullardan aktiv ravishda foydalanishning boshlanishi bilan egiluvchan tanada bel egiklari paydo bo’ladi. Uning qavariq tomoni ko’krak umurtqasining eng so’nggisidan boshlanib, bel umurtqalarida tamom bo’ladi. Bolaning skelet muskullarining sekin-asta mustahkamlanishi va bosh hamda tanani ma’lum bir holatda ushlab turish qobiliyati ko’krak umurtqasining egilishiga olib keladi. Bu egilish 6—7 ko’krak umurtqasining qismida orqaga qaragan bo’ladi. Dumg’za egilmalari gavdaning yuqori qismi og’irligi tushadigan chanoq muskuli faoliyati natijasida hosil bo’ladi. U V bel umurtqasi va I dumgaza umurtqasining chegarasidan boshlanib, burchak hosil qilib orqaga qaytadi. Umurtqa pog’onasining egilmalari 5-6 yoshda rivojlanib, 18—20 yoshlarda esa uzil-kesil shaqllanadi.
Kichik yoshdagi maktab bolalarida uzoq davom etgan bir tomonlama zo’riqishdan va notug’ri o’tirishdan umurtqa pog’onasi qing’ir-qiyshiq bo’lib qo- lishi mumkin.
Umurtqa pog’onasi ko’krak qismining haddan tashqari do’mbayib qolishi kifoz deb ataladi. Eng so’nggi bel umurtqasidan bo’yin umurtqasigacha davom etgan umumiy kifoz natijasida orqa yumaloq bo’lib qoladi. Umurtqa pog’onasining bunday juda qiyshayib qolishi ko’krak qafasi hajmining kichrayishiga sabab bo’ladi. Bel umurtqasining oldinga tomon haddan tashqari egilishi lordoz deb ataladi. U juda tez rivojlanganda qorin oldinga turtib chiqadi. Umurtqa pog’onasining yon tomonga egilishi o’rtadan boshlansa skolioz deb ataladi. Kichik yoshdagi maktab bolalarida lordotik qad-qomat, kattalarda esa bir oz bukchaygan qad-qomat va kifoz ustunlik qiladi. Bel lordozining ortishi umurtqalar shaklining jiddiy shikastlanganligini ko’rsatadi. Uning paydo bo’lishi bolalarda 11 —12 yoshda, qizlarda esa 12—13 yoshda kuzatiladi. 3—15 yoshli bolalarda bel umurtqasi va umurtqa pog’onasi ko’krak qismining pastki tomoni tez, bo’yin umurtqasi va umurtqa pog’onasi ko’krak qismining yuqori tomoni sekin rivojlanadi. 5—10 yoshli bolalarda barcha qismlarning rivojlanishi sekinlashadi, 10—15 yoshga kirganda esa umurtqa pog’onasining hamma qismlari yangidan o’sa boshlaydi, ayniqsa, ko’krakning ostki qismi va bel umurtqasi tez rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |