Kirish. Ishning umumiy tavsifi 1 bob


Unli tovushlar haqida ma'lumot



Download 61,75 Kb.
bet4/10
Sana15.04.2022
Hajmi61,75 Kb.
#554199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi- orfoepiya

1.2 Unli tovushlar haqida ma'lumot
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning lek­sik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
Tushunchani shakllantirish jarayonida so’zning leksik ma’nosi, uning gap tarkibida boshqa so’zlar bilan birga kelgandagi ma’nosi asta-sekin aniqlanib, oydinlashtirilib boriladi, og’zaki va yozma nutqda so’zni uslubiy to’g’ri ishlatish ko’nikmasi orta boradi. Buning uchun o’quvchilar so’zning ko’p ma’noliligi, o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi, sinonim va antonim so’zlar bilan elementar tanishtiriladi. Tushuncha ustida ishlash til materialini tahlil qilish va tushunchaning muhim belgilarini aniqlashdan boshlanadi.Ko’pgina tekshirishlar, agar o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki til materialini o’zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning analitik faoliyati samaradorligi ortishini ko’rsatdi.
Og’zaki nutqning eng kichik mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi. Og’zaki nutqning nutq tovushlarini o’raganuvchi tilshunoslik bo’limiga fonetika deyiladi.
Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so’z ma’nolarini farqlashdir. (tom-tosh-tol-tok-toj)
Talaffuz qilinayotganda o’pkadan chiqayotgan havo oqimi og’iz bo’shlig’ida ma’lum to’siqqa uchrashi uchramasligiga ko’ra nutq tovushlari ikki turga bo’linadi.
1) Unli tovushlar; 2) Undosh tovushlar.
Unli tovushlar - ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vocalis — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi.
Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari — i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari — o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o).
Labning holati (ishtiroki)ga koʻra unlilar 2 ga boʻlinadi: lablangan unlilar (u, oʻ) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab choʻchchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv boʻladi.
Tovushning hosil boʻlishida ketadigan vaqtning miqdoriga koʻra Unli tovushlar 2 turga boʻlinadi: choʻziq unli; qisqa unli. Choʻziq unli davomli (choʻziq) talaffuz etiladigan Unli tovushlardir. Bunday tovushlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning baʼzilarida, shuningdek, ayrim oʻzbek shevalarida uchraydi. Mas, turkman tilida a:ch (krrnim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va boshqa Qisqa unlilar talaffuziga choʻziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi.
Unli tovushlarning artikulyatsiyasi ovoz tovushining uzluksizligi va tekisligiga unli tovushlar ustida ishlash orqali erishiladi. Unli tovushlar nutqqa ohang, jarangdorlik, ravonlikni beradi. Yaxshi joylashtirilgan unlilar hissiyotlarni to'liq ifodalashga imkon beradi. Unli tovushlarning talaffuzi rus adabiy talaffuzining unlilar sohasidagi asosiy xususiyati ularning bir xil imloga ega urg'uli va urg'usiz bo'g'inlardagi turlicha tovushidir. Urgʻusiz boʻgʻinlarda unlilar qisqarishga uchraydi. Unli fonemalarning talqini Qadimgi butparastlik davrida notiqlik san’ati sehrli hisoblanib, o‘lmas xudolarning in’omlaridan biri hisoblangan. Narsalarning haqiqiy nomlarini bilish, xuddi shu qarashlarga ko'ra, dunyoni boshqarish mumkin edi.4
Unli tovushlar garmoniyasi
Ural-Oltoy oilasi tillarining butun tovush tarkibiga singib ketgan fonetik hodisa, garchi u uning alohida a'zolariga bir xil darajada xos bo'lmasa ham. Sloven dialektlari guruhiga, ya'ni hind-evropa oilasiga kiruvchi Rezyan lahjasidan tashqari boshqa oilalar tillarida u kuzatilmaydi. Bu hodisa so‘zning ikkilamchi (qo‘shimchasi) bo‘g‘inini tashkil etuvchi unlilarning bosh (ildiz) bo‘g‘indagi unliga bog‘liqligidan iborat. U oʻzingizga maʼlumki, aglyutinatsiya qiluvchi tillarning bir turi boʻlgan Ural-Oltoy tillarining morfologik tuzilishi bilan chambarchas bogʻliq, yaʼni ildizga (har doim soʻz boshida turadi) bir qancha minor, ildiz bilan bog‘lanmagan qo‘shimcha bo‘g‘inlar. Barcha Ural-Oltoy unlilari, ildiz unlisining ta'siriga katta yoki kichikroq sezgirligiga ko'ra, odatda ikkita sinfga bo'linadi: "yorug'lik" va "qorong'i" yoki tovush fiziologiyasi nuqtai nazaridan aytganda, "palatal" ( i, e, u)" va "palatin bo'lmagan (a, o, u, s)". Ildizning "yorug'lik" unlisi ham qo'shimchadagi "engil" unlilarni talab qiladi, "qorong'i" - "qorong'i". Rezyan shevalarida unlilarning G.si sirli boʻlib, u oʻziga xos xususiyat kasb etadi: soʻzdagi asosiy, shartlovchi unli urgʻuli unli boʻlib, urgʻusizlar unga mos ravishda oʻzgaradi. Rezyan shevalarining tadqiqotchisi professor Boduen de Kurtene tomonidan kashf etilgan bu xususiyat unga rezyanlarni ulug‘langan turonliklar deb hisoblashiga asos bo‘ldi.
Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan.
A a harfi savol, zamon, bahor so‘zlarida «o» kabi aytilsa ham har vaqt «a» yoziladi.
O o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda «a» singari talaffuz etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k.
Shuningdek, o ba’zan o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir «o» yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, tort va h.k.Ii harfi bilan, bilim, til, tilak, har xil, qism kabi so‘zlarda qisqa aytiladi va «i» yoziladi, badiiy, ommaviy, Lutfiy singari so‘zlarda «i» cho‘ziq aytiladi, lekin doimo «iy» yoziladi.
Uu harfi yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun kabi so‘zlarda «i»ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan «u» yoziladi.
O‘o‘ harfi o‘zbek, o ‘lka, o‘simlik kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablangan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi.
E e harfi e’lon, ehtirom, fe’l, bermoq, meros, mone, tole, kofe kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi:
«e», «ё», «ю», «я» harflari yangi alifboda quyidagicha yoziladi:
e: yetti, yetmish, yetim;
yo: yolg‘iz, yomon, yong‘oq;
yu: yulduz, yumshoq, yumuq.
ya: yakka, yangi, yaroqsiz.
Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean singari so‘zlar talaffuzida unlilar orasida «y» undoshi qo‘shib aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi.
Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi so‘zlar o‘rtasidagi unlilar yozuvda saqlanadi.
Tor unlilar sirasiga hozirgi yozma o’zbek adabiy tilida ikki unli fonema kiradi. Bulardan biri oldingi qator (til oldi) lablashmagan i fonemasi bo’lib, ikkinchisi orqa qator (til orqa) lablashgan u fonemasidir.
I fonemasi. Bu fonema lablashmagan, tor unli tovush bo’lib, tilning gorizontal yo’nalishiga ko’ra farqlanadigan oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. (Lekin bu variantlar orfografiyada aks etmaydi). Masalan, i unli tovushi yumshoq o’zaklar bilan kelganda, jumladan, siz, til, biz, tish, kishi, yirik singari ochiq va yopiq bo’g’inlarida yumshoq talaffuz qilinadi, ya’ni uning til oldi variant qo’llanadi. Qattiq o’zaklarda, jumladan, chuqur til orqa undosh tovushlar bilan kelganda, qizil, qiz, qirg’oq, g’irot, qimiz kabi so’zlarda i unlisining til orqa variant qo’llanadi va u qattiq talaffuz qilinadi. Bu fonema so’zning turli o’rinlarida kela oladi.
U fonemasi. Bu fonema lablashgan, tor unli tovush bo’lib, tilning gorizontal holatiga ko’ra oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. Lekin u rasmiy yozma adabiy tilde til orqa fonemasi deb qabul qilingan. Til oldi u tovushiga uch (sanoq son), kuch, buyuk, gul, kul so’zlaridagi u tovushi, til orqa qatoriga quch, uch (fe’l), tur (fe’l) so’zlaridagi u tovushi misol bo’ladi. (Lekin bu variantlar orfografiyada aks etmaydi).
Masalan, u unli tovushining variantlaridan bo`lgan yumshoq u ko`pincha k, g undoshlari bilan (gul, kul so`zidagi kabi), qattiq u esa ko`pincha q, g` undoshlari bilan yondosh keladi (qum, qush so`zidagi kabi). U fonemasi ham I fonemasi kabi kuchsizlanishi mumkin. Bu, asosan, u fonemasi urg`usiz bo`g`inda ikki jarangsiz umdosh orasida kelgan holatda uchraydi. Masalan, tut, tutun so`zlaridagi kabi. Bu fonema so`zning boshi, o`rtasi va oxirida kela oladi.
O`rta keng unlilari. O`rta keng unlilar sirasiga hozirgi o`zbek adabiy tilida ikki unli fonema kiradi. Bulardan biri oldingi qator (til oldi), lablashmagan e, ikkinchisi lablashgan o` fonemasidir.
E fonemasi. Bu fonema lablashmagan, oldingi qator (til oldi), o`rta keng unli tovush bo`lib, ayrim shevalarda uning kombinator variantlari uchrasa-da, adabiy tilde kombinator variantlari farqlanmaydi. Har qanday pozitsiyada bir xil talaffuz qilinadi. Masalan, ber, kel, beda, endi, erta, ekin kabi. Bu fonema so`zning birinchi bo`g`inida uchraydi. O`zlashtirilgan so`zlardagina keyingi bo`g`inlarda keladi. So`z oxirida deyarli uchramaydi. O`g`uz shevalarida a tovushiga o`tadi: eshik > ashik, dep > dap, kel > gal kabi. Qipchoq shevalarida va ayrim shahar shevalarida ba’zan i ga o`tadi: Ergash > Irgash, deydi > diydi, dedi > didi.
O` fonemasi. Bu fonema lablashgan, o`rta keng unli tovush bo`lib, tilning gorizontal holatiga ko`ra farqlanadigan oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. Yozma adabiy tilde rasmiy ravishda til orqa fonemasi deb qabul qilingan. Ular ma’no ajratish funksiyasiga ega. Ba’zi til oldi undoshli yoki chuqur til orqa undoshli so`zlar tarkibida va boshqa holatlarda kelganda ham bu fonemaning kombinator va pozitsion variantlari saqlanib qoladi (lekin bu variantlar orfografiyada aks etmaydi). Masalan, o` unli tovushining variantlari bo`lgan yumshoq o` ko`pincha k, g undoshlari bilan ko`l, go`zal, o`rdak, o`rik, to`r, ko`z kabi, qattiq o` esa, asosan, q, g` va boshqa undoshlar bilan bo`l (fe’l), g`o`la, g`o`za, o`t (maysa), o`z (fe’l), qo`y, o`r (fe’l) kabi yondosh kelganda uchraydi.
Bu fonema, asosan, so`zning birinchi bo`g`inida uchraydi. Lekin o`zlashtirilgan so`zlarda oxirgi bo`g`inlarda ham qo`llanadi: ro`baro`, xushro`y, gulro` kabi.
Keng unlilar. Keng unlilarga hozirgi o`zbek adabiy tilida ikki unli fonema kiradi. Bulardan biri oldingi qator (til oldi) lablashmagan a, ikkinchisi orqa qator (til orqa) lablashmagan o fonemasidir.
A fonemasi. Bu fonema lablashmaga oldingi qator (til oldi) keng unli tovushdir. Bu tovush odatda yumshoq o`zakdagi k, g va boshqa undoshlar bilan qo`llanadi: aka, mana, alam, pakana, pilla, kalla, salla, gal, gala kabilar. Lekin uning q, g` undoshlari bilan birga keluvchi nisbatan orqa qator variant ham bor. Masalan, g`am, qari, g`alla, qaychi, ariq kabi. Lekin uning orqa qator variant faqat rus tili va u orqali boshqa tillardan qabul qilingan so`zlarda va chuqur til orqa undoshlari bilan yondosh kelganda uchraydi. Masalan, Anna, parta, xalq, mart, mashina kabi. Aslida bu misollardagi, xususan, rus tilidan kirgan so`zlarda qatnashgan a fonemasi pozitsiyasiga ko`ra qattiq yoki til orqa fonema bo`lib, ular o`zbek yozuvidagi til oldi a grafemasi orqali ifodalanadi. Bu fonema so`zning boshi, o`rtasi va oxirida keladi.
O fonemasi. Bu fonema lablashmagan orqa qator (til orqa) keng unli tovushdir. Adabiy til va shahar shevalarida lablashish holati bor. Samarqand, Buxoro shevalarida to`la lablashgan. Qipchoq shevalarida sof holda qo`llanadi. Masalan, ot, osh, non, bosh, ota, ona, bola, lola, ammo, dono, sanoat, maydon kabilar. Lekin u sof o`zbekcha so`zlarda so`z oxirida deyarli uchramaydi. Misollar: molboqar, qoramol, Barno, Ozoda, Ra’no, ro`mol. O`zlashtirilgan so`zlarda adabiy orfografiyamizdagi o harfi o` funksiyasini bajaradi va deyarli hamma holatda qo`llanadi: bolt, tok, kubok, nota, tom, kurort, futbol, voleybol, basketbol, traktor kabilar.

Download 61,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish