Kirish. Ishning umumiy tavsifi 1 bob


Unli va undosh tovushlarning semantikasi va bugungi kundagi ahamiyati



Download 61,75 Kb.
bet8/10
Sana15.04.2022
Hajmi61,75 Kb.
#554199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi- orfoepiya

2.2Unli va undosh tovushlarning semantikasi va bugungi kundagi ahamiyati.
Hoziigi o'zbek adabiy tilida fonemalar 31 ta. Ular akustik, fiziologik- artikulyatsion hamda tildagi vazifasiga ko'ra dastlab 2 turga bo'linadi:
1. Unli fonemalar.
2. Undosh fonemalar.
Unli va undosh fonemalar o'zaro quyidagicha farqlanadi;
1. Akustik jihatdan unlilar faqat ovozdangina iborat bo'ladi, undoshlar esa shovqindan yoki shovqin bilan ovozning qo'shilishidan iborat bo'ladi. 2. Fiziologik-artikulyatsion jihatdan unlilami hosil qilishda o'pkadan kelayotgan havo oqimi nutq organlarida to'siqqa uchramay chiqadi, un (ovoz), tovush paychalarining tebranishidan hosil bo'ladi. Undoshlami hosil qilishda esa havo oqimi og'iz bo'shlig'ida turli to'siqqa uchrab, shu to'siqdan portlab yoki sirg'alib chiqadi. Undoshlami hosil qilishda un
paychalari tebranishi ham tebranmasligi ham mumkin.
3. Vazifasiga ko'ra ham unli va undosh fonemalar o'zaro farqlanadi:
1. Unlilar bo'g'in hosil qiluvchi asosiy tovush hisoblanadi. Undoshlar o'zicha bo'g'in hosil qila olmaydi. Og'zaki nutqda bo'g'in hosil qila oluvchi ba’zi sonorlar bundan mustasno.
2. Unlilaming yolg'iz o'zi so'z bo'lib kela oladi: u olmosh turkumiga oid so'z; a? so'roq yuklamasi kabi. Undoshlar esa bunday hususiyatga ega emas.
3. Unlilaming og'iz bo'shlig'ida to'siqqa uchramay chiqishi, uni istagancha cho'ziq talaffuz qilish imkonini beradi. Natijada, u uslubiy maqsadlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bunday imkoniyat undoshlarda yo‘q.
Unli fonemalar tasnifi
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar 6 ta. Ular quyidagilar: i, e, a, o, u, o‘.
U-nli fonemalar quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Tilning oldinga va orqaga tomon harakati, ya’ni tilning gorizontal harakatiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 2 ga bo‘linadi:
1) til oldi unlilari: i, e, a;
2) til orqa unlilari: u, o‘, o.
Til oldi unlilari old qator unlilar deb ham yuritiladi. Ulami hosil
qilishda til tishlarga tiraladi. Til orqa unlilari orqa qator unlilar deb ham yuritiladi. Ulami hosil qilishda til bir oz orqaga tortiladi.
2. Tilning yuqoriga, tanglay tomon ko‘tarilish darajasi, ya’ni tilning vertikal harakatiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 3 ga boiinadi:
1) yuqori (tor) unlilar: i, u;
2) o‘rta (o‘rta keng) unlilar: e, o';
3) quyi (keng) unlilar: a, o.
Yuqori (tor) unlilami hosil qilishda til yuqoriga ko‘tariladi, havo yo‘li
esa ancha torayadi; o‘rta (o‘rta keng) unlilami hosU qilishda til bilan tanglay oraligi o‘rtacha bo'ladi; quyi (keng) unlilarni hosil qilishda esa til bilan tanglay oralig‘i ancha keng bo‘ladi.
3. Lablaming ishtirokiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 2 ga boiinadi:
1) lablangan unlilar: u, o', o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Lablangan unlilami aytilishida lablar doira shakliga kirib, bir oz oldinga
cho‘ziladi. Lablanmagan unlilaming aytilishida lablar oldinga cho‘zilmaydi.
Unli fonemalar tavsifi
i unlisi —til oldi, lablanmagan, tor unli. So'zning tarkibida o'miga qarab old qator hamda orqa Qatar variantlarda kela oladi.
I fonemasi asosan old qator unli bo'lib, ingichka talaffuz qilinadi: ilm, ish, idish, dil, tish, kitob, bino kabi. Chuqur til orqa q, g‘, x undoshlari bilan kelganda orqa qator unli bo'lib yo'g'on talaffuz qilinadi: qishloq, qizil, qirg‘oq, g'isht, xizmat, xirmon kabi.
U unlisi — til orqa, lablangan, tor unli. Til oldi va sayoz til orqa undoshlari bilan kelganda old qator unli, chuqur til orqa undoshlari bilan kelganda esa orqa qator unli sifatida talaffuz qilinadi: dugona, dumaloq, tut, tushlik, kul, kun, tugun; quloq, qurol, xum, xurmo, g'ubor, g'ujum kabi.
E fonemasi —til oldi, lablanmagan, o'rta keng unli. So'z boshida va ochiq bo'g'inlarda kelsa, ochiqroq talaffuz qilinadi: egat, ekin, elak, ertak, bepoyon, meros, metin, me’mor kabi. Bir bo'g'in tarkibidagi ikki undosh orasida kelganda bir oz yopiqroq talaffuz qilinadi: men, sen, zehn, kelmoq, sevmoq, sezgi, tergov, termilmoq kabi. Rus tili orqali o'zlashgan so'zlarda keng talaffuz qilinadi: poema, aeroport, general, ekskursiya, etud kabi.
0 ‘ unlisi — til orqa, lablangan, o'rta keng unli. Asosan, so'zning birinchi bo'g'inida keladi: bo'yin, bo'ron, go'zal, go'sht, do'lana, jo'xoripoya, y o ‘rgak, k o ‘mir, xo'roz kabi. O'rniga qarab qattiq yoki yumshoq talaffuz qilinadi: g, k, y, ch undoshlaridan keyin kelsa old qator unli sifatida yumshoq talaffuz qilinadi: go'dak, go‘yoki, ko'mak, ko'rik, yo'lka, yo'rgak, cho‘ziq, cho'mich kabi; chuqur til orqa g‘, q, x
undoshlaridan oldin yoki keyin kelganda orqa qator unli sifatida qattiq talaffuz qilinadi: g‘zapoya, g ‘o ‘ra, qo‘zichoq, qo'qongul, qo‘g ‘irchoq, xo‘ra, xo‘rsinmoq kabi.
So'zning ochiq bo‘g‘inida kelganda o‘ unlisi kengroq, yopiq bo'g'inida kelganda esa torroq talaffuz qilinadi.
Qiyoslang: ko‘za, ro‘za, so'roq, yo‘lak; ko'klam, ko‘pchilik, so‘rg‘ich, to‘kmoq, xo‘rlik kabi.
A unlisi —til oldi, lablanmagan, keng unli. Chuqur til orqa g‘, q, x undoshlari bilan kelganda orqa qator, yo'g'on unli sifatida: g‘ayrat, g'altak, qadr, chaqaloq, vaqt, baquvvat, paxta, xalq, xayol, xamir kabi; sayoz til orqa undoshlari bilan kelganda sayoz til orqa unli sifatida talaffuz qilinadi: kabob, kaklik, gavhar, gazeta, dangal, zanglamoq, jaranglamoq kabi. Rus tili orqali o'zlashgan so'zlarda ham orqa qator unli sifatida talaffuz qilinadi: akademiya, apelsin, arxeolog, papka kabi.
О unlisi —til orqa, lablangan, keng unli: ona, bahor, bobo, bola, ovoz, asbob kabi; k, g, y, h undoshlari bilan kelganda old qator unli sifatida ingichka talaffuz qilinadi: koptok, kon, gohida, guvoh, yoz (yozj, yomg‘ir, hovli, hozir kabi; chuqur til orqa q ,g ‘, x undoshlari bilan kelganda esa orqa qator unli sifatida yo'g'on talaffuz qilinadi: qog'oz, qoqilmoq, g‘or, g‘oyib, xola, xomush kabi.
Undosh fonemalar tasnifi:
Hoziigi o'zbek adabiy tilida undosh fonemalar 25 ta. Ular quyidagilar: b, v, g, d, z,j, dj, у, к, I, m, n, p, r, s, t,f, x, ts, ch, sh, q, g‘, h, ng. Rus tilidan o'zlashgan vulkanizatsiya, glitserin, dislokatsiya, konstitutsiya kabi so'zlar tarkibida kelgan ts undoshi ham o'zbek tilining undoshlari sirasiga kiritib kelinmoqda.
Undosh fonemalar quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Artikulatsiya (hosil bo'lish) o'miga ko'ra.
2. Artikulatsiya (hosil bo'lish) usuliga ko'ra.
3. Un paychalarining ishtirokiga ko'ra.
4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra.
Artikulatsiya o'rniga ko'ra undosh fonemalar quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Lab undoshlari:
1) lab-lab undoshlari: b, p, m, v;
2) lab-tish undoshlari: f, v
2. Til undoshlari:
1) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, dj, ch, n, I, r, ts.
2) til o'rta undoshi: y;
3) til orqa undoshlari: a) sayoz til orqa undoshlari: g, k, ng; b)
chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x
3. Bo‘g‘iz undoshi: h.
Artikulatsiya usuliga ko'ra undosh fonemalar quyidagi turlaiga bo‘linadi:
1. Portlovchi undoshlar: b, g, d, k, p, t.
2. Qorishiq portlovchilar: ch, dj, ts.
3. Siig'aluvchi undoshlar: v, j, z, у, I, s, f x, sh, g‘, h.
4. Portlovchi-sirg'aluvchilar (burun tovushlari): m, n, ng.
5. Titroq tovush: r.
Un paychalarining ishtirokiga ko‘ra undoshlar 2 xil: jarangli undoshlar
va jarangsiz undoshlar. O’zbek tilida jarangli undoshlarning ko‘pi jarangsiz juftlariga ega.
Jarangli undoshlar Jarangsiz undoshlar
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra undosh fonemalar quyidagi turlaiga bo'linadi:
1. Sonorlar: n, m, ng, I, r, y.
2. Shovqinlilar: b, v, g, d, j, dj, z, k, p, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, g‘, h.
В va а fonemalarini bir-biriga solishtirsangiz, ular bir qator belgilari bilan farqlanganini ko'rasiz. Birinchidan, b fonemasini talaffuz etganda o'pkadan chiqayotgan havo oqimi labning labga tegishidan hosil bo'lgan to'siqqa urilib, uni yorib portlab chiqadi. A fonemasini talaffuz qilayotganda esa o'pkadan chiqayotgan havo hech yerda to'siqqa uchramaydi. Demak, fonemalar o'rtasidagi birinchi farqlanish to'siqqa uchrash-uchramaslik belgisi ekan.
Ikkinchidan, b fonemasini talaffuz qilganingizda shovqinga ovoz qo'shiladi. A fonemasi esa faqat ovozdan iborat. Ko'rinadiki, b va a lar o'rtasidagi ikkinchi farqlovchi belgi shovqin belgisidir. Bu belgi b da bor, a da yo'q.
Uchinchidan, a so'z ichida kelib, bo'g'in hosil qiladi. В esa bunday xususiyatga ega emas. Demak, fonemalarni farqlash uchun xizmat qiladi­ gan belgilardan yana biri bo'g'in hosil qilish-qilmaslik belgisidir.
Yuqorida sanab o'tgan belgilarga ko'ra fonemalar ikki katta guruhga bo'linadi:
1) unli fonemalar; 2) undosh fonemalar.
Unli fonemalar talaffuz qilinayotganda, o'pkadan chiqayotgan havo oqimi hech qanday to'siqqa uchramaydi.
Undosh tovushlarning hosil bo'lishida bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va til muhim ahamiyatga ega. O'pkadan chiqayotgan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to'siqlarga duch keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo'lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratiladi. Ba’zi hollarda unga jarang ham qo'shiladi.
Masalan, «Ь» undoshining talaffuzida o'pkadan chiqayotgan havo lablar to'sig'iga uchraydi. «Р» undoshining hosil bo'lishida ham shunday holat bor, lekin uning «Ь» dan farqi talaffuzida jarang ishtirok qilmay
O’zbek tilida undosh tovushlar 23 ta: b, v, g, d, z, j, у, k,l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng.
Bu undosh tovushlardan bittasi — ng yozuvda maxsus belgilar bilan berilmaydi.
Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi.
I. Hosil bo‘lish o‘miga ko‘ra:
1. Lab undoshlari:
a) lab-lab undoshlari: b, p, m;
b) lab-tish undoshlari: f, v.
2. Til undoshlari:a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, ch, n, 1, r; b) til o‘rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: g, k, ng;
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.
3. Bo‘g‘iz undoshi: h.
II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng; b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, y, r, 1, sh, g‘, x, h; d) qorishiqlar: ch.
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra:
1. Jarangli undoshlar:
b, v, g, d, z, j, y, g’, 1, m, n, ng, r. 2. Jarangsiz undoshlar:
p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h.
Shuningdek, ular tarkibiga ko‘ra sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch. Sonorlar esa beshta: 1, m, n, ng, r. Bularning ichidan 1yon tovush, r titroq tovush sanaladi.7
Unli va undosh tovushlarning bugungi kundagi ahamiyati juda katta . Ular bizdagi ayrim sôzlardagi ma'no farqlanishlarini belgilaydi. Ohang tugalligini tamillab beradi .
Unli fonemalar paradigmasi. Tilning ko’tarilish darajasi (yuqori, o’rta, quyi) va lablanish-lablanmaslik - kuchli pozitsiyadagi unli fonemalaming asosiy, sistema hosil qiluvchi belgisi. Unlilaming til gorizontal holatiga ko‘ra (old qator, o’rta qator va orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar nutqiy yondosh tovush ta’sirida o’zgarib turadi. Masalan, q undoshi bilan sintagmatik munosabatida a unlisi til orqali xossasiga ega bo‘lsa, k undoshi qurshovida o‘z holatini saqlaydi.
Unli fonemalaming asosiy belgilariga ko‘ra tasnifi quyidagicha Unli fonema , tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra unli fonemalar uch pog'onali, lablanish belgisiga ko‘ra ikki pog‘onali sistemani hosil qiladi.
Unli fonema уaxlit tizimni tashkil etib, bu tizim ham о’z navbatida tizimchalarga bo’linadi. / va i fonemalari «yuqori tor» belgisi ostida birlashib, bunday belgiga ega bo'lmagan fonemalardan ajraladi. Biroq i va u kichik paradigmasi a’zolari farqlovchi belgilari (i- lablanmaganlik va u-
lablanganlik belgilari) asosida o’z mustaqilliklarini saqlab qoladi va ziddiyatda turadi. e - o' tizimchasi «o’rta keng» belgisiga ko‘ra i - u tizimchasidan ham, e - о tizimchasidan ham farqlanadi.
Demak, unli fonemaning har biri ikki belgidan iborat: i - yuqori, lablanmagan
u - yuqori, lablangan
e - o‘rta, lablanmagan
o ' - o ‘rta, lablangan
a - quyi, lablanm agan
о - quyi, lablangan.
Tilning ko‘tarilish darajasi birlashtiruvchi belgi bo‘Iganda (masalan, i, e
unlilari «torlik» belgisi ostida birlashadi) lablangan Iik-lablanmaganlik farqlovchi belgi sanaladi: / - lablanmagan, u ,o’ - lablangan. «Lablanganlik» birlashtiruvchi belgi bo‘Iganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. Masalan, i,e, a unlilari «lablanmaganlik» umumiy birlashtiruvchi belgisiga ega, biroq «yuqori» (i), «o’rta» (e), «quyi» {a) lik belgilari bu fonemalaming farqlovchi belgilari sanaladi.
Ma’lum bo’ladiki, o‘zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida uch (tor, o’rta, keng) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan, lablanmagan), ikki belgi («tilning ko’tarilish darajasi» va «1ab1angan1ik-1ab1anmaganlik») asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi.

Undosh fonemalar paradigmasi. Kuchli ziddiyatdagi undosh fonemalarni farqlovchi asosiy belgi quyidagilar hisoblanadi:


a) hosil boiish o‘miga ko‘ra;
b) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra;
d) ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra.
Hozirgi o‘zbek tilida 24 ta undosh fonema bo‘lib, ulami yuqorida sanab
o’tilgan belgilari bilan quyidagicha ko’rsatish mumkin: Boshqa sath birliklarida bo‘lgani kabi, fonemalaming asosiy belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‘lmaganlarga ajraladi. Ziddiyatda turgan
fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi - korrelyativ belgi. Masalan, b - p zidlanishda jarangli-jarangsizlik korrelyativ belgidir. Ammo til oldi va portlovchilik belgisi har ikkala fonema uchun ham xos bo‘lganligi sababli korrelyativ bo‘lmagan belgi deyiladi. Shuningdek, h undoshida jarangsizlik belgisi mavjud. Ammo shu belgi asosida uni boshqa fonema bilan zid qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki p fonemasining jarangli jufti b fonemasi. h fonemasining esa jarangli jufti o‘zbek tili fonologik tizimida mavjud emas.
0 ‘zbek tilidagi 8 ta fonema uchun «jarangli-jarangsizlik» korrelyativ belgi hisoblanadi:
b-p,d-t,g-k, z-s, j - ch,j - sh,g‘- q,v-f
«Jarangli-jarangsizlik» belgisi asosida korrelyativ munosabatga
kirishmaydigan fonemalaming jarangli yoki jarangsiz jufti bo‘lmaydi. Masalan: /, m, у, x, h, n, r, ng.
Undosh fonemalar tizimini jadvalda quyidagicha berish mumkin;
Nutqda lisoniy ziddiyatlar so‘nishi mumkin.
Fonemaning asosiy korrelyativ belgilari farqlovchi belgi hisoblanadi. Masalan, s fonemasining jarangsizlik, z fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgidir.
Undosh fonemada ham asosiy belgi farqlovchilik darajasida boim asligi mumkin. Masalan, m fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgi sanaladi. Chunki fonema xuddi shu belgisi asosida boshqa fonema bilan ziddiyatli juftlik hosil qila olmaydi.
Undosh fonemalar artikulyatsion o‘miga ko‘ra quyidagi binar ziddiyatli m unosabatlarga kirishadi:
a)«lab-lab- til oldi»:p-t;b-d',m-n;f-s;v-z\f-sh;v-l;v-r; b)«lab-lab- tilo‘rta»:f-y,v-y;
d)«lab-lab- til orqa»:p-k:b- k\f- x;v- g;
e)«lab-lab- bo‘g‘iz»:/-h\v-/h
f) «til oldi - til orqa»: t - k; t - q; d - g', s - x ; z - g; n - g.
Hosil bo’lish usuliga ko‘ra undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli
munosabatda bo’ladi;
«portlovchi-sirg‘aluvchi»:p-f\b- v\t-s\d-z\t-sh\k-x
Ayrim fonemalar affikat fonemalar bilan teng qiymatli ziddiyatda bo’ladi: t- ng,d- dj.
Sirg‘aluvchi fonemalar ham affrikat fonemalar bilan teng qiymatli ziddiyat hosil qiladi: sh - ch j - dj.
Yana quyidagi ziddiyatli juftliklar mavjud:
a) «portlovchi - shovqinli - burun sonanti»: b - m; d - n;
d) «shovqinli sonant - burun sonant»: r - n;
e) «yon sonant - titroq sonant»: / - r;
f) «titroq sonant- til o‘rta sonant»:f -y.

Download 61,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish