Kim?, kimlar?, nima?, nimalar? So`roqlariga javob bo'lgan



Download 1,48 Mb.
bet6/22
Sana31.08.2021
Hajmi1,48 Mb.
#160509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2-sinf Ona tili kons3

Dam olish lahzasi.

Faraz qilaylik, bobomiz Alisher Navoiy bilan uchrashib qoldingiz.


Ular bilan nimalar haqida suhballashar edingiz? (O'quvchilar javobi
xulosalanadi.) Bosh harf bilan yoziladigan ba'zi joy nomlari bilan tanishtirish.

V. Darsni yakunlash. O`quvchilarni baholash



— Mashqlami bajarish bilan nimalarni bilib oldingiz? Qanday so'zlar bosh harf bilan yozilar ekan?

VI. Uyga vazifa. 187- mashq. MRO`TIBO` _____________

Sana:

Mavzu: 9-nazorat ishi .



Maqsad:

Ta`limiy: Rasmlar va reja yordamida og'zaki hikoya tuzish; matnni berilgan rejaga mos qismlarga bo'lish va har bir bo'limni xat boshidan yozish ko'nikmasini o'stirish; Tarbiyaviy:qiyin ahvolda qolgan qushlar, jonivorlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:To`g`ri yozish qoidalarini rivojlantirish.

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

30

5

3

4

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash

II.Nazorat ishi bayoni



Rasmlar va reja yordamida og'zaki hikoya (matn) tuzish.

  • Rasmlarni tartibi bilan ko'ring. Siz nima haqida hikoya tuzasiz? (Qor ustida holsiz yotgan qushcha haqida. Qushchaga yordam berish haqida.)

  • Birinchi rasmni e'tibor bilan yana ko'ring va rejaning birinchi moddasini o'qing. Hikoyaning birinchi qismini (matnning boshlanishini) tuzing. Qizcha va bolaga ism qo'ying.

  • Ikkinchi rasmni ko'ring va rejaning ikkinchi moddasini o'qing. Ikkinchi rasmni ko'rib gapirib bering. Bu hikoyaning asosiy qismi (matnning asosiy qismi) bo'ladi.

  • Rejaning uchinchi moddasini o'qing va uchinchi rasmni ko'ring. Hikoyaning uchinchi qismini (matnning xulosa qismini) tuzing.

O'qituvchi o'quvchilar e'tiborini hikoya qismlarining o'zaro bog'lanishiga qaratadi: ikkinchi qism qaysi gap bilan tugadi? Uchinchi bo'limni qaysi gap bilan boshlash ma'qul? Uchinchi qismni qaysi gap bilan tugatsak yaxshi bo'ladi?

Matnni yozish-

Birinchi usul. O'quvchilar mashqni o'qiydilar. Sarlavha qo'yadilar. («Qushlar— bizning do'stimiz», «G'amxo'r bolalar», «Qushchani uchirib yuborishdi» kabi).

Matnni rejaga mos bo'lgan uch qismga bo'ladilar va xatboshiga rioya qilgan holda ko'chiradilar. Darslikka qarab tekshiradilar.

Ikkinchi usul. O'quvchilar rejaga mos bo'lgan uch qismli o'z matnlarini tuzadilar. Matnga sarlavha qo'yadilar va xatboshiga rioya qilib yozadilar.

III. Mustahkamlash.

O`quvchilar yaxshilik va yomonlik haqida maqollar aytib izohlab berishadi. O`quvchilar yozganlarini tekshirib chiqishadi.

IV.O`quvchilarni baholash.

Matn o'qituvchi rahbarligidaa tekshiriladi.

V. Uyga vazifa. Takrorlash.


MRO`TIBO` ________________
Sana:

Mavzu: Bayon tahlili. Xatolar ustida ishlash.

Maqsad: Ta`limiy: O`quvchilrga to`g`ri va xatosiz yozishni o`rgatish

Tarbiyaviy: Qiyin ahvolda qolgan qushlar, jonivorlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:To`g`ri yozish qoidalarini rivojlantirish.



Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash

II. Uy vazifasini tekshirish: 195- mashq parta oralab tekshiriladi, daftar almashtiriladi. Sinfimizdagi har bir o`quvchi nima ish qilishi yana bir bor eslatiladi.

III.Yangi mavzu bayoni: O`quvchilar bayoni tekshirilib xatolari ko`rsatiladi va shu xatolar ustida ishlanadi.

Xato To`g`ri

xolsiz holsiz

Doskada huddi shunday qilib xatolari ko`rsatib qo`yiladi. Elyor va uning singlisi Nilufar bog`a aylanib yurishardi. Ular qor ustida holsiz yotgan qushchani ko`rib qolishdi. Nilufar qushchani qo`liga oldi. Aka-singil uni uyga olib kelishdi. Qushchani yaxshi boqishdi. Bahor keldi. Kunlar isidi. Ular qushchani qo`yib yuborishdi.

IV.Mustahkamlash. O`quvchilar xato yozgan so`zlarini ko`rib olib daftarga to`g`ri yozishga harakat qiladilar. She`rlar yodlatiladi.

V. O`quvchilarni baholash. O`quvchilar yozuvlari kuzatib boriladi va baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Gaplar tuzish.
MRO`TIBO` ________________

Sana:


Mavzu. Shaxs (kishi)lar va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar haqida tushuncha.

Maqsad.

Ta`limiy:Shaxs va narsalarning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar bilan tanishtirish;

Tarbiyaviy:O`quvchilarda o`zaro hurmatni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:shaxs va narsalar harakatini bildirgan so'zlarga beriladigan so'roq bilan shu so'zning ma'nosini taqqoslash ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

30

5

3

4

I.Tashkiliy qism.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash. — Bir so'z bilan ayting va kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni chap tomonga, nima ? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni o'ng tomonga ustun shaklida yozing.

Bolalar ta'lim-tarbiya oladigan o'quv yurli. (Maktab.) 2. Maktabda o'qiydigan bola. (O'quvchi.) 3. G'o'za ekilgan dala. (Paxtazor.) 4. Paxta yetishtiruvchi dehqon. (Paxtakor.) 5. Meyali daraxtlar ekilgan joy. (Bog'.) Bog'ni parvarish qiladigan odam. (Bog'bon.) Namuna: Kim? O'quvchi. Nima? Maktab.O'quvchilar bajargan ish tekshiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni .Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo 'lgan so 'zlar nimani bildirishi yuzasidan kuzatish.

O'quvchilar 188- mashqni topshiriqlari tartibida bajaradilar; nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi?so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar kishilar va narsalarning harakatini bildiradi. degan xulosaga keladilar.



Kim?

Nima qildi? qildi?

qizcha

yozdi

bola

o'qidi

Nima?

Nima qiladi?

qush

uchadi

bulbul

sayraydi

daryo

oqadi

  • Chap ustundagi so'zlar qanday so'roqqa javob bo'ladi? (Kim? yoki nima?) Ular nimani bildiryapti? (Kishi — shaxs va narsalarning nomini bildiradi.)

  • O'ng ustundagi so'zlar qanday so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular nimani bildiryapti? O'quvchilar nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar aytadilar. 189—190- mashqlarni bajarish.

IV.Darsni yakunlash.

  • Darsda nimalar haqida bilib oldingiz?

  • Nimalarni o'rgandingiz?

V. Baholash.Faol o`quvchilar baholanadilar.

VI.Uyga vazifa. 191- mashq. MRO`TIBO`___________

Sana:


Mavzu. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar.

Maqsad.:

Ta`limiy: Harakat bildirgan so'zlarning (fe'lning) vaqt (zamon) bilan o'zgarishi haqida tasavvur hosil qilish,

Tarbiyaviy:O`quvchilarda o`zaro hurmatni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: bunday so'zlarga nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlarini berish va ulardan nutqda foydalanish ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

30

5

3

4

I.Tashkiliy qism

II.Uy vazifasini tekshirish.

O'qituvchi bir o'quvchini xattaxta oldiga chiqaradi. Bolaga kitob beradi, bola o'qiyotganda so'raydi:

—O'rtog'igiz nima qilyapti? Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapti.)


Bola xattaxtaga o'qiyapti so'zini yozadi va o'tiradi. O'qituvchi so'raydi:

—Endi u nima qildi? (Yozdi.) Endi u daftariga nima qiladi? (Yozadi.)


O'quvchilar bilan birga ish jarayonida o'qituvchi so'zlarni doskaga

yozadi va so'roqlarga moslab o'zgartiradi:

Nima qilyapti? Nima qildi? Nima qiladi?


o'qiyapti O'qidi o'qiydi

yozyapti yozdi yozadi.

192- mashqni birgalikda bajarish.Bir o'quvchi mashq topshirig'ini o'qiydi. O'qituvchi so'raydi: «O'rtog'ingiz nima qildi?» Bir so'z bilan ayting. (O'qidi.) O'qituvchi matnni ifodali o'qiy boshlaydi va o'quvchilardan so'raydi: «Hozir men nima qilyapman?» Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapsiz.) Matnni o'qib bo'lgach, o'quvchilardan biriga o'qitiladi. Bola o'qiyotganda so'raydi: «Aziz nima qilyapti?» Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapti.)

O'qituvchi mashq topshirig'ini va savollarni o'qiydi. Topshiriqlami bajarish yo'llarini tushuntiradi. Avval bir o'quvchi I- savolni (Uch faslda yer nima qiladi?) o'qiydi. Matndan bu savolga javob bo'lgan gap birgalikda toptiriladi va javobni topgan o'quvchiga o'qitiladi. (Yer tabiatning uch faslida xayrli mehnat qiladi.) Javobni barcha o'quvchilar daftarlariga xatboshidan boshlab yozadilar. Keying] savollarga javob ham shunday yo'l bilan toptiriladi va xatboshidan yozdiriladi. O'quvchilar yozganlarini darslikdan teishiradilar. Nima qiladi? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar birgalikda aniqlanib, tagiga to'g'ri chiziq chizdiriladi.

IV.Umumlashtirish. Ish-harakat bildirgan so'zlar nima qildi?, nima qilyapti?,nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladi.



V.Baholash.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar.

VI.Uyga vazifa. 193- mashq.
MRO`TIBO`___________

Sana:


Mavzu. Nima qilyapti?, nima qiladi? va nima qilyaptilar?, nima qiladilar? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar.

Maqsad.


Ta`limiy: Shaxs (kishi) va narsalarning ish-harakatini bildirgan so'zlarga (fe'llarga) so'roq berish ko'nikmasini o'stirish;

Tarbiyaviy:Chiroyli yozish orqali nafosat tarbiyasini berish.

Rivojlantiruvchi:harakat bildirgan so'zlar (fe'llar) bir kishi bajarayotgan, bajargan ishni (birlikni) va ko'p (ikki va undan ortiq) kishilar bajargan ishni (ko'plikni) bildirishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

30

5

3

4

I.Tashkiliy qism

II. Uy vazifasini tekshirish.

— Siz bu darsda so'zlar nima qilyapti?, nima qiladi? va nima qilyaptilar?, nima qiladilar? so'roqlariga javob bo'lishini bilib olasiz.

Nima qilyapti? va nima qilyaptilar? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarning qo'llanishi yuzasidan kuzatish. 194- mashq.



Taqqoslang: agar so'z nima qilyapti? so 'rog'iga javob bo'lsa, harakat necha kishi (nechta bola) tomonidan bajarilyapti va so'z nima qildilar? so'rog'iga javob bo'lsa, harakat necha kishi (nechta qizcha) tomonidan bajarilyapti? (O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi.)

O'quvchilar xulosani darslikdan o'qiydilar. O'z misollarini aytadilar.

  1. Kishilar va narsalar harakatini bildirgan so'zlarni bilib olish.
    195- mashq

O`quvchi nima qiladi? O`qiydi, ….

O`quvchilar nima qiladilar? O`qiydilar,….

196- mashq.

Qishda yaxlaydi, yozda eriydi.



S




V

Yozda kiyinadi, qishda yechinadi.



D













T

Qanoti yo`q uchadi, oyog`i yo`q chopadi.



Sh










L


IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz?



V.Baholash.

VI. Uyga vazifa. 197- mashq.
MRO`TIBO`___________

Sana:


Mavzu. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar.

Maqsad:


Ta`limiy: O'quvchilarda so'zga berilgan so'roq bilan shu so'zning umumiy leksik ma'nosini (shaxs va narsalarning) o'zaro bog'lanishi haqidagi to'g'ri tasavvurni o'stirish. Tarbiyaviy:Chiroyli yozish orqali nafosat tarbiyasini berish.

Rivojlantiruvchi:Matndagi nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? kabi so'roqlarga javob bo'ladigan so'zlarni farqlash ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

30

3

4

I.Tashkiliy qism

II. Uy vazifasini tekshirish.Parta oralab ko`rib chiqiladi,daftarlari almashtiriladi.

III.O`tilganlarni mustahkamlash.Harakat bildirgan so 'zlarni bilib olish. O`quvchilar daftarlaridan o`qittirib tekshiriladi. Savollar berilib o`quvchilar bilimi mustahkamlanadi.

198- mashq. Tushirib qoldirilgan harflarni nuqtalar o`rniga qo`yib, she`rni ko`chiring.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish