Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


– Bugungi zamonaviy she’riyatda aruzning



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

– Bugungi zamonaviy she’riyatda aruzning 

o‘rni qanday? Bu mumtoz janr jozibasi nimada? 

O‘quvchilarda mumtoz she’riyatga muhabbat 

 

uyg‘otish uchun qanday yo‘l tutish kerak, deb 

o‘ylaysiz? 

– Buyuk ijodkorlardan ilhomlanish, ya’ni adabiy 

vorisiylik nafaqat g‘oyaviy mazmun, balki poetik shakl 

nuqtayi nazaridan ham amalga oshirilsa, yaratilgan 

asar badiiy barkamol bo‘ladi. Demak, bundan “Endi 

aruzga ham murojaat etmoq lozim”, degan ma’no kelib 

chiqadi. Hozirgi davr she’riyatida aruzning o‘rni qanday, 

u bugungi o‘quvchi uchun qiziqarlimi? Bunday savollar 

o‘tgan asr she’rshunosligida ham muhokama mavzusi 

bo‘lgan. Xususan, o‘z davrining zukko va talabchan 

munaqqidi Abdulla Qahhor barmoq va aruz vaznlari 

muqoyasasi asosida yozgan “Shakl va mundarija 

haqida” nomli maqolasida aruzning zamonaviy 

she’riyatdagi o‘rni borasida bahs yuritadi. Uning fikricha, 

aruz vaznida yozilgan she’riyat o‘z davrining nodir 

durdonasi sifatida oliy darajada o‘rnashib qoldi, uni 

bizning zamonamizga moslash “mumtozlik” maqomiga 

nuqson yetkazishdek taassurot uyg‘otadi. Ammo 

vaqt ko‘rsatmoqdaki, aruz qimmatbaho mulk sifatida 

tokchaga olib qo‘yilmadi. Bu vazn hanuz an’anaviy 

bir vazn sifatida yashab kelmoqda. O‘tgan asrda 

G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Sobir Abdulla, Habibiy, 

Chustiy, Erkin Vohidov kabi shoirlarning aruz vaznida 

yaratgan asarlari o‘z davriga mos yangi mazmun kasb 

etgan. Yangi asrimiz she’riyatida ham shunday hodisa 

kuzatilmoqda. Endi aruzning har doim ham o‘quvchiga 

“yuzini ochavermasligi” masalasiga kelsak, buning ham 

o‘ziga xos sababi bor. Avvalo, u barmoq vazni kabi 

faqat takt va ritmdan iborat bo‘lmay, ichki mazmunga 

ham ega. Aruz vaznlarining muayyan bahrlari kishida 

muayyan  kayfiyat  uyg‘otadi.  Ayrim  bahrlar  nomi  aruz 

vaznlarining mohiyati va qanday janrda qo‘l kelishini 

ham aks ettiradi. Chunonchi, hazaj – yoqimli un va 

tarona, rajaz – iztirob va shitob kabi. Masalan, Alisher 

Navoiy “Layli va Majnun” dostoni uchun hazaj bahridagi 

hazin vaznlardan biri – hazaji musaddasi aqrabi makfuf 

vazni (“maf’ulu mafoilun faulun”)ni tanlagan edi. Bu 

vaznda yaratilgan asarni o‘qigan kishida yig‘i tovushini 

eshitgandek taassurot paydo bo‘ladi:

Bir na’shqa soldilar ikovni,

Jonsiz­kelin-u­o‘luk­kuyovni...

“Saddi Iskandariy” dostonini esa Navoiy qahramonlik 

dostonlari (masalan, “Shohnoma”) uchun an’anaviy 

bahr bo‘lgan mutaqorib (mutaqoribi musammani 

maqsur)da yaratdi. Bu bahrda yozilgan she’r kishida 

askarlarning bir maromda tashlayotgan qadam tovushini 

eshitgandek taassurot uyg‘otadi (faulan faulan faulan 

faul) Misol uchun:



Bu go‘yo jahon ichra to‘fon erur,

Ki ondin jahon ahli vayron erur...

Barmoq vaznida bunday xususiyat va imkoniyat 

yo‘q.

Bundan tashqari, aruz vazni til xususiyatlari jihatidan 



ham o‘ziga xos. Bu ham fonetika, ham morfologiya, 

ham sintaksisga tegishli. Aruzda murakkab stilistik 

ko‘rinishlar mavjud: ba’zan bir misrada ikki fikr, ba’zan 

ikki misra – bir baytda bir fikr turli stilistik qurilishda ifoda 

etiladi. Shu boisdan aruzda yozilgan asarlarni kam 

o‘qigan o‘quvchi uni tushunish zavqidan bebahra qoladi. 

Bu bebahralik hazrat Navoiydek, Bobur Mirzodek buyuk 

shaxslar merosxo‘ri bo‘lgan millat farzandlari uchun 

g‘oyat noloyiq. Mumtoz she’riyat namunalaridan o‘qib, 

bahra olish inson tafakkurini tezlaydi, asardan badiiy 

zavq olishga o‘rgatadi, estetik didni shakllantiradi. 


Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish