Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

Abdulla Qodiriy:

  

– Men tartiblik maktab ko‘rmagan nodon bir yigit edim. 



Uncha-muncha­ bilgan­ narsalarim­ ham­ o‘z­ tirishuvim­

orqasida­ zamon­ sharoiti­ va­ majburiyati­ ostidagi­ chala-

chulpa gaplar edi. Keyingi kunlarda nodonligim o‘zimga 

qattiq his etila boshlab, bu hol bilan uzoqqa keta 

olmasligimni­sezdim­va­1924-yilda­xizmatimdan­javob­olib,­

Moskvaga o‘qishga ketdim.

Abdulla Qodiriy suddagi nutqida (1926) Moskvaga 

o‘qishga borishi sabablarini shunday izohlagan. Adibning 

o‘zini “nodon”, shu vaqtgacha yozgan asarlarini esa 

“chala-chulpa gaplar” deb atagani, bir tomondan, uning 

o‘ta kamtar inson bo‘lganidan dalolat bersa, ikkinchi 

tomondan, o‘zini “qora kursi”ga o‘tqazgan kimsalarga 

nisbatan achchiq piching edi. Ayni paytda Qodiriy ilk 

o‘zbek romanini yaratganiga qaramay, adabiy bilimining 

yetarli emasligi va shunday bilimni olgan taqdirda ijodi 

yanada gurkirab ketishini sezardi. Shuning uchun ham 

adib 1924-yilda Moskvadagi dorilfununlardan biriga 

borishga ahd qiladi.

Qodiriyning Moskvadagi qaysi bilim maskanida ta’lim 

olgani  haqida  turli-tuman  fikrlar  yuradi.  Izlanishlarimiz 

natijasi shundan shahodat beradiki, u 1924–1925-o‘quv 

yilida tahsil olgan dorilfunun “V.YA.Bryusov nomidagi Oliy 

adabiy-badiiy institut” deb atalgan. Adib shu institutda 

atoqli olimlarning ma’ruzalarini tinglab, rus va jahon xalqlari 

adabiyoti, falsafasi haqida tasavvur hosil qilish bilan birga 

Moskvadagi qaynoq adabiy hayot bilan ham tanishgan. 

Ayni vaqtda Toshkentdagi gazeta va jurnallar uchun 

felyeton va maqolalar yozgan. Afsuski, 1925–1926-o‘quv 

yilida mazkur institutning Leningradga ko‘chirilishi 

munosabati bilan Qodiriy o‘qishni davom ettirish imkoniga 

ega bo‘lmagan. 



Oybek:

–­ Qodiriyning­ Moskvadan­ kelganini­ eshitib,­ ikki-uch­

o‘rtoq uni ko‘rgani bog‘lariga bordik. Bizni mehmon qildi, 

Moskva taassurotlaridan so‘zlab berdi. Shunda, yodimda, 

milliy respublika yozuvchilarining dunyoqarashini 

kengaytirishda rus adabiyotining ahamiyati kattaligini 

aytgan edi. U, ayniqsa, Lev Tolstoy va Chexovni sevib 

so‘zlardi.

Qodiriyning Moskvaga o‘qishga borishdan maqsadlar-

idan biri, bizningcha, diliga tukkan “Mehrobdan chayon” 

romanini yozishdan avval adabiy bilim doirasi va maho-

ratini oshirish – buning uchun esa jahon romannavislari 

tajribalari bilan tanishish bo‘lgan



.


Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish