Matyoqub Qo‘shjonov
(adabiyotshunos):
– Roman alohida kitob shaklida e’lon qilingach
(1926), nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun turkiy xalqlar
orasida keng tarqaldi va adibga cheksiz shuhrat keltirdi.
Muvaffaqiyatining sabablari ham bor edi, Abdulla Qodiriy
asari dunyodagi romanchilik maktablaridan farqli o‘laroq
dunyoga keldi. Adib uchta ajoyib an’anani birlashtirdi.
Bular turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi kenglik, o‘zbek klassik
adabiyotiga xos yuksak gumanizm, G‘arb adabiyotiga xos
ijtimoiy dramatizm. Bu uch an’anani birlashtirishning o‘zi
ulug‘ novatorlik edi.
KAMOLOT YO‘LIDA
Do'stlaringiz bilan baham: |