Jizzax politexnika instituti



Download 5,88 Mb.
bet33/165
Sana15.07.2021
Hajmi5,88 Mb.
#119467
TuriУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165
Bog'liq
Ҳаракат-ўйинлар-охиргиси-Исмат-ака-20.01.2020

mos holda о’tkazish




  1. yoshli bolalarning harakatlari ma’lum darajada cheklangan bо’lib, ularning diqqati doimo chalg’ib turadi. Shuning uchun bolalarga oddiy va ular oson tushunadigan о’yinlarni о’rgatish kerak. Bunday о’yinlarda qush va hayvonlar yoki ularning rasmlari, о’yinchoqlar, ertaklardan foydalanish о’zining ijobiy samarasini beradi. Bu о’yinlar albatta, mazmunli va ibratli bо’lishi shart.

Shu yoshdagi bolalarni о’yinlarga о’rgatishda mashklar katta ahamiyatga ega bо’ladi. Bunday о’yinlarda mazmun bо’lmaydi, ularga oddiy topshiriqlar, masalan, bayroqni olib kelish, qо’ng’iroqchani jiringlatish, koptokka yetib olish kabi topshiriqlar beriladi. Harakatlar esa (yurish, yugurish va boshqalar)bolalarga tanish hamda qiynalmasdan bajariladigan bо’lishi lozim.

Mazmuni bolalarga tanish bо’lgan va harakatlarga singdirib yuborilgan о’yinlarni kichkintoylar juda qiziqib о’ynaydilar. Bu esa kichkintoylarning harakat qobiliyatini rivojlantirish, ularni ochiq joyda tо’g’ri yurishga о’rgatishda katta ahamiyatga ega bо’ladi, faollik va mustaqillikni tarbiyalashga yordam beradi.

4 - yoshli bolalar bilim doirasining kengayishi va harakatida tajribalar ortishi bilan harakatli о’yinlarning mazmuni ham о’zgarib boradi. Qush va hayvonlar harakatiga, transport turlariga, turli narsalarga taqlid qilib, bajarilgan harakatlar о’yinlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. О’yinlarda bolalarga buyumlarni tanish, shaklini (kub, doira, kvadrat shaklini)eslab qolish bilan bog’liq bо’lgan topshiriqlar, ranglarni ajratish, tovushlarni farqlash kabi topshiriqlar berishni boshlash bilan ularni murakkab о’yinlarni о’yiashga bо’lgan ishtiyoqini oshirishga erishish mumkin.

Bu yoshda harakatlarni rivojlantirish uchun qо’yiladigan о’yin shartlari bilan bolalarning idrok etishida farq bо’ladi. Asta-sekin bolaning vazifani bajarishga munosabati о’zgaradi. Masalan, 3 yoshga qadam qо’ygan bolalar о’yinda kо’pincha ma’suliyat sezmagan bо’lsalar (masalan, bо’ri bitta quyonni tutadi, uni tutib olganidan keyin u bilan birga yugurib, о’ynab ketadi, boshqa quyonlarga esa e’tibor bermaydi),endi bolalar о’zlariga yuklatilgan vazifani tushunadigan bо’ladilar (endi bо’ri quyonni tutib olgandan keyin uni tо’xtatadi, uyiga olib keladi, shundan keyin boshqa quyonlarni tuta boshlaydi).О’yinda kо’pincha tarbiyachi boshlovchilik qiladi.

О’yindagi haraxatlarning mazmuni bolalarga tushunarli va qiziqarli bо’lisha juda muhim. Bu ularning faoliyatini, faolligini, о’yinga nisbatan ishtiyoqini oshiradi, harakatyaarga his-hayajon va jо’shqinlik bag’ishlaydi.

Tо’rt yoshga qadam qо’ygan bolalar bilan о’tkaziladigan о’yinlarda harakatlarni ancha murakkablashtirish (kubiklar ustiga chiqish, ustida chо’qqayib о’tirish, undan tushish, stul tagida emaklab yurish vahakazo)hamda har xil harakatlarni bir-biriga qо’shib qilish kerak bо’ladi (koptokni uzoqqa irgitib orqasidai quvib yetib olib kelish, chivinni tutish uchun irgishlab sakrash va hakazolar). Bu nday murakkabharakatli о’yinlarda ishtirok etgan bolalar bir-birlaridan о’zib ketishta harakat qiladilar.

Bu xildagi о’yinlarhamisha ham birgalikda о’ynaydigan о’yinlar hisoblanmaydi.

Bu о’yin mashqlarda, ayniqsa, kо’proq namoyon bо’ladi.

Bunda kо’pchilik bо’lib ashula aytib о’ynaladigan о’yinlar va qofiyali sо’zlar jо’rligida о’ynaladigan о’yinlar keng qо’llanadi. Bunday о’yinlarda bolalarni hamjihatlikka va harakatlarni birgalashib bajarishga erishib borish mumkin.

5 - yoshli bolalarningharakatli о’yinlari mazmunan rang-barang, atrof tevarakda, hayotda uchraydigan voqealar tо’g’risida ularning tasavvuri va bilimi oshib borishi bilan bog’liq bо’ladi. Bolalarning о’yin vaqtida faol harakat qilishi kо’p jihatdan ularning malakasi va kо’nikmasiga, tevarak-atrofni yaxshi bilishga, harakatlarni sabot, chaqqonlik, idrok va hamkorlikda bajarishga bog’liq bо’ladi. Aksariyat о’yinlarda bitta boshlovchi bо’ladi, lekin ba’zan bu vazifani о’yinchilarning 2-3 tasi bajarishi ham mumkin.

О’rta guruh uchun mо’ljallangan harakatli о’yinlarning ba’zilari mazmunga va bajariladigan vazifa tasviriga ega bо’lmaydi. Bunday о’yinlarga musobaqa tusini kirntish ham mumkin.

Kо’pincha qofiyali sо’zlar о’yin mazmunini ochib beradi va uni tо’ldiradi, harakat uchun ishora xizmatini о’taydi. Sо’zlar kо’pchilik bо’lib aytilsa, yana ham yaxshi bо’ladi.

6-yoshli bolalar bilim doirasi kengayib boradi, binobarin, harakatli о’yinlarning mazmuni ham shunga monand murakkablashadi.

О’yin qoidalari ham murakkablashib borishi tufayli ularni bajarishda aniqlik, diqqat-e’tibor, sabr-toqatga о’rganish, ortiqcha harakatlarni cheklash (aniq bir yо’nalishda yugurish, о’z vaqtida о’yindan chetga chiqishni va hakazo) talab etiladi.

О’yin qoidasi intizomning tarkib topishiga yordam beradi.

Ma’lumki, harakatli о’ynnlarda ishtirok etish uchun bolalarni guruhlarga bо’lish kerak bо’ladi, bunda kо’pincha о’g’il bolalar о’g’il bolalar bilan, qizlar faqat qizlar bilan guruhlashishga intiladilar. Bu о’yinning borishiga va natijasiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyachi kuchliroq bolalarni nimjonroq bolalar bilan, о’g’il bolalarni qizlar bilan guruh-guruh qilishi maqsadga muvofiqdir.

Bunda о’g’il va qiz bolalarning odob-axloqli bо’lishi, yaxshi tarbiya topishi katta ahamiyatga ega bо’ladi. Bundan tashqari, о’g’il bolalar qizlardan qolishmaslik uchun ancha tashabbuskor bо’ladilar ham qizlarni hurmat qilishga о’rganadilar.

Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli о’yinlarni tashkil etishda quyidagi о’yinlardan foydalanish mumkin.



Download 5,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish