Reja:
Kirish
Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni
Talablarni tahlil qilish: ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash
Maʼlumotlar bazasining tuzilishini rejalash
Jadvallar oʻrtasida munosabat
Predmet sohasini tahlil qilish
Mantiqiy loyihalash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Maʼlumotlar bazasi (MB) bu – maʼlumotlarni saqlash, oʻqish, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan markaziy maʼlumotlar ombori. Turli dasturlar yaratar ekanmiz, dastur ishlashiga oid boʻlgan maʼlumotlarni u yoki bu koʻrinishda saqlashimiz kerak. Misol uchun dastur foydalanuvchilari va ularning shaxsiy maʼlumotlari, rasmlari, postlar, mahsulotlar va hokazo.
Bu maʼlumotlarni qay koʻrinishda saqlash, turli maʼlumotlar oʻrtasidagi munosabatlar (foydalanuvchi-post, mijoz-mahsulot), bu maʼlumotlarga murojaat qilish va unumli foydalanish uchun MBni toʻgʻri loyihalash juda muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda maʼlumotlar bazasini boshqarish uchun turli tizimlar mavjud. Bulardan eng mashhurlari: MySQL, Oracle DB, PostgreSQL, MongoDB, SQLite Microsoft SQL server, IBM DB2.
Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni
Ma’lumotlar bazasini (MB) ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy maqsadi uning mantiqiy tuzilishini aniqlashdan iboratdir. MBni ishlab chiqish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu tavsiflash MBga kiruvchi hamma ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar majmuini va predmet sohasini ifodalovchi obyekt va jarayonlar haqidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
MBni yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash natijasida relyasion bazaning tuzilishi, ya’ni relyasion jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. Relyasion jadvalning tuzilishi esa uning ustunlari tarkibi, ularning ketma-ketligi, ustun ma’lumotlarining turi va o‘lchami, shuningdek jadval kaliti bilan aniqlanadi.
Yaxshi tuzilgan ma’lumotlar bazasi:
Ortiqcha (takrorlanuvchi) ma’lumotlarni bartaraf qilish orqali xotirani tejaydi.
Ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini saqlaydi.
Ma’lumotlarga turli usullar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi.
Samarali va foydali MBni loyihalashtirish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
Talablarni tahlil qilish yoki ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash.
Ma’lumotlarni jadvallarga ajratish.
Asosiy kalitlarni (primary key) ko’rsatish va munosabatlarni tahlil qilish.
Jadvallarni standartlashtirish uchun normallashtirish.
Keling, har bir qadamni batafsil ko’rib chiqaylik. Maʼlumotlar bazasining turli modellari juda ham koʻp, biz esa ushbu qo’llanmada eng koʻp ishlatiladigan relyatsion ma’lumotlar bazasi modelidan (relational model) foydalanamiz.
Yuqoridagi jarayonlarni koʻrishdan avval Relational Model bilan tanishaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |