Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni



Download 0,6 Mb.
bet4/8
Sana04.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#634184
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jalilova Gulgun Ma\'lumotlar bazasi

One-to-one (birga-bir)
Jadvaldagi bitta qator (record) boshqa jadvaldagi bitta qatorga bog’langan bo’ladi. Bunday munosabat kamdan-kam uchraydi va umuman olganda bunday jadvallarni jamlab yuborish tavsiya qilinadi. Misol uchun quyida birinchi jadval mamlakat (country) ikkinchi jadval esa poytaxt (capital) haqida ma`lumotlarni saqlaydi. Bu ikki jadval esa birga-bir munosabat bilan bog’langan. Ya’ni, bitta davlatning bitta poytaxti bo’lishi mumkin, bitta poytaxt esa faqat bitta davlatga poytaxt bo’ladi.

Yuqorida aytganimizdek, bunday holatlarda poytaxt nomini davlatning attributi sifatida saqlagan afzal.

One-to-many (birga-ko’p)
Bunda bir jadvaldagi bitta qator (record) boshqa jadvaldagi bir nechta qatorlarga bog’langan bo’ladi. Masalan bitta mijoz bir nechta mahsulotlar xarid qilishi, bitta muallif bir nechta kitoblar chop etishi mumkin va hokazo. Bu munosabat one-to-many deb ataladi.

Bunday maʼlumotlar bazasini yaratishda, birinchi jadvaldagi birlamchi kalit, ikkinchi jadvalning attributi sifatida qo’shiladi. Yuqoridagi misolda Customers (mijozlar) jadvalidagi Customer ID birlmachi kalit hisoblanadi va bu kalit Customer Rentals (kitoblar buyurtmalari) jadvalida ham mavjud. O’quvchining ID raqamiga qarab, aynan qaysi kitoblarni olganini ko’rishimiz mumkin. Masalan, Andy ismli o’quvchining ID raqami 9003 va u kulrang bilan ajratilgan kitoblarni sotib olgan.
Many-to-many (ko’pga-ko’p)
Jadvaldagi bir nechta qatorlar, boshqa jadvladagi bir nechta qatorlar bilan bog’lanishi many-to-many munosabati deyiladi. Masalan, bitta o’quvchi bir nechta fanlarga yozilishi mumkin, shu bilan birga bitta fanga bir nechta o’quvchi yozilishi ham mumkin.

Afsuski, bunday munosabatni bevosita dasturlash murakkab (yoki ilojsiz). Shuning uchun bu ikki jadval o’rtasida bog’lovchi jadval yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Misol uchun bizda o’quvchilar va kitoblar jadvali bor. O’quvchilar istalgancha kitob sotib olishi mumkin, kitoblar esa istalgancha mijozga sotilishi mumkin. Ya’ni bu ikkisi many-to-many munosabatda.

O’quvchilar



Kitoblar

1-o’quvchi

1-kitob

2-o’quvchi

2-kitob

3-o’quvchi

3-kitob

4-o’quvchi

4-kitob

MB shakllantirish uchun biz o’quvchilar va kitoblarni bog’lovchi, yangi xaridlar (yoki savat) jadvalini yaratamiz. O’quvchilar ham kitoblar ham xaridlar jadvaliga one-to-many munosabatda bo’ladi. Ya’ni bitta o’quvchi istalgancha xarid qilishi mumkin va har bir xarid bir nechta kitoblardan iborat boʻladi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish