146
qutula olmaydilar. Aksincha, ular nimani kutayotgan va ko‘rishni orzu qilayotgan
bo‘lsalar, shuni tanlab idrok etadilar.
1949 yilda olimlar Djerom Bruner va Leo Postman tanlab idrok etish
bo‘yicha eng mashhur eksperimentlardan birini o‘tkazganlar. Ular sinaluvchilarga
taxistoskopda 5ta o‘yin kartasidan iborat seriyani juda qisqa vaqt mobaynida (0,01
dan 1 sekundgacha muddatga) namoyish qilganlar. Kartalar orasida yolg‘on
karta
(qora rangdagi 3 olma rasmli karta) ham bo‘lgan. Bruner va Postman
aniqlaganlarki, odamlar yolg‘on kartani payqab olishlariga
haqiqiy kartani tanib
olishlariga nisbatan to‘rt baravar ko‘p vaqt sarflar ekanlar. Ular yana shunday
xulosaga kelishganki, ko‘rilgan narsaning kutilganiga mos kelmasligi quyidagi 4 ta
tipdagi holatlardan biriga bog‘liq bo‘lishi mumkin: dominant reaksiya,
kompromiss, inkor etuvchi reaksiya va tanish reaksiyasi.
Dominant reaksiya asosida olimlar “idrokning rad etishi” holati yotadi deb
hisoblashadi. Masalan, qora rangdagi 3 olma kartani normal (qizil rangda) karta
deb, yoki uni 3 qarg‘a rasmli karta deb idrok etishgan. Bu erda yo shakl yoki rang
dominantlik qilgan. Bu holatda sinaluvchilarning 96% ida dominantlik reaksiyasi
namoyon bo‘lgan.
Reaksiyalarning ikkinchi tipi – kompromiss (kelishuvchanlik). Bunda
sinaluvchilardan 50%i kompromissga moyilligini namoyon qilganlar.
Reaksiyalarning navbatdagi tipi – rad, inkor etuvchanlik. Bunday holatda
taassurot shakllanishi qiyin kechadi. Bunday
holat odamlarda kam namoyon
bo‘ladi, lekin tez ko‘zga tashlanadi. Masalan, nima bu, o‘yin kartasimi yoki boshqa
narsami, deb e’tiroz bildirishadi.
Noodatiy holatga bo‘lgan reaksiyalarning yana bir ko‘rinishi – bu tanib
olish reaksiyasi. Sinaluvchilar vaziyatda nimadir boshqacharoq ekanligini tushunib
tursalarda, ba’zida bu nomutonosiblikni idrok etmaganlar.
Olimlar xulosaga kelishganki, demak kutishlar idrokka ta’sir ko‘rsatadi.
Bruner va Postmanlar yozishlaricha, odamlar oldingi ma’lum vaziyatlarda etarlicha
amaliy tajribaga ega bo‘lsalar, ular ko‘pincha kutayotgan narsalarini ko‘radilar.
Odamning nimani ko‘rishi (idrok etishi) kutish kuchiga ham bog‘liq.
147
Devid Makmillen, Stiven Smit va Elizabet Uellz –
Parkerlar tomonidan
qiziqarli eksperiment o‘tkazilgan. Bir nechta talabaga alkogol yoki alkogolsiz
ichimlik ichish taklif etilgan. Ayrim talabalar “o‘tkir hissiyotlar izlash” shkalasi
bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganlar, ya’ni tavakkalchilikni yaxshi
ko‘rishi
bilan xarakterlanganlar, boshqalari esa bu shkala bo‘yicha past
ko‘rsatkichga ega bo‘lganlar. Talabalar o‘z ichimliklarini ichib bo‘lishgach, yarim
soat o‘tgandan keyin mashinalar poygasini aks ettiruvchi videoo‘yinda ishtirok
etishga taklif etilganlar. Ishtirokchilar o‘yinda boshqa mashinalarni quvib o‘tishlari
kerak bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, “o‘tkir hissiyot izlovchilar”da quvib o‘tish
jarayonida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketish ikkinchi toifa sinaluvchilarga
qaraganda ko‘proq namoyon bo‘lgan.
Bu tajribalar ko‘rsatadiki, odamni nimani idrok etishiga uning nimani
kutayotganigina emas, balkm nimani hoxlayotgani ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Navbatdagi ta’sir ko‘rsatuvchi omil – bu bizning
xotiramiz va retrospektiv
(oldingi tajriba bilan bog‘liq) sub’ektiv o‘zgartirishlardir. YA’ni, bunda odamlar
vaziyatni baholaganlarida o‘z xotiralarida bo‘lib o‘tgan hodisalarni qanday tarzda
tiklashlari muhim rol o‘ynaydi.
SHuningdek,
eksperimentlardan
ma’lum bo‘ldiki, odamlar eslab
qolganlarida faqat jumlalarnigina
eslab qolmaydilar, balki umumiy tasvirni
(kartinani) paydo qiladilar va eslab qoladilar. Bu informatsiyalar yangilari bilan
qo‘shilganda ko‘pincha qaysi informatsiya yangi ekanligi, qaysisi oldindan ma’lum
ekanligini esga tushurish qiyin bo‘lib qoladi.
SHuning uchun ham olimlar xotirani yaxshilash uchun aniq yozuvlvr olib
borish zarur ekanligini isbotlashgan. CHunki eksperimentlar ko‘rsatadiki,
xotira
o‘z tabiatiga ko‘ra hodisalarni qayta quradi va vaziyatga kuchli tarzda bog‘liq
bo‘ladi.
Qaror qabul qiluvchi informatsiyalarni alohida xolda qabul qilmaydi, u yangi
informatsiyani oldingi taassurotlari va ushbu material qanday kontekstda
kelganligiga bog‘liq ravishda interpretatsiya qiladi.
148
Vaziyatni baholash va qaror qabul qilishni vaziyatga bog‘liqligini aniqlash
maqsadida kontrast, birlamchilik, yaqindagina sodir bo‘lganlik
va oreol effektlari
bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: