J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

Kontrast effekti
. 3 ta har xil idishga turli haroratli suv quyishgan: 1-idishga 
issiq suv, 2-idishga xona haroratidagi suv, 3-idishga sovuq suv. Sinaluvchiga bir 
qo‘lini issiq suvli idishga, ikkinchi qo‘lini sovuq suvli idishga 30 sekund solib 
turish buyurilib, keyin “issiq” qo‘lini xona haroratidagi suvga tiqishini, 5 
sekunddan keyin “sovuq” qo‘lini ham ushbu idishga solishini taklif etilgan. “Issiq” 
qo‘l sovuq haroratni, “sovuq” qo‘l issiq haroratni idrok etadi. Bu erda kontrast 
effekti rol o‘ynaydi. Qaror qabul qilishda ham bu effekt qaror mazmuniga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Informatsiya qanday kontekstda kelishiga qarab uning mazmuni o‘zgaradi va 
bu holat qaror mazmuniga etarlicha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Birlamchilik effekti.
Solomon Ash tomonidan quyidagicha tajriba 
o‘tkazilgan: sinaluvchilarga bir xil sifatlar to‘plami ikki xil tartibda berilgan. 
Sinaluvchilarning yarmisiga –baxil, qaysar, tanqid qilishga moyil, impulsiv, 
mehnatsevar va aqlli odam to‘g‘risida, ikkinchi yarmisiga esa – aqlli, mehnatsevar, 
impulsiv, tanqid qilishga moyil, qaysar va baxil odam to‘g‘risida. Tajribadan 
ma’lum bo‘lganki, ro‘yxatda oldin namoyon bo‘lgan xarakteristikalar keyingilariga 
qaraganda kuchli taassurot qoldirar ekan. 
YAqinda sodir bo‘lganlik effekti
. Ko‘pchilik xollarda odamlar birinchi 
taassurotlar ta’siriga ko‘p beriladilar. Lekin ayrim xollarda oxirida aytilgan narsa 
ham kuchli ta’sir qilishi aniqlangan. Bu hodisa yaqindagina sodir bo‘lganlik effekti 
deb nomlanadi. Bu ayniqsa, odamlar oldingi informatsiyaga qaraganda oxirgisini 
yorqinroq eslab qolishga qodir bo‘lganlarida namoyon bo‘ladi. 
Oreol effekti
. 1920 yilda Edvard Torndayk tomonidan o‘tkazilgan 
tajribalardan ma’lum bo‘lganki, ko‘ngli ochiq odamni saxovatparvar, baxtli, 
chidamli, yumor hissiga ega deb qaraganlar. YOki mehribon, ochiq ko‘ngilli 
pedpgog bilan shug‘ullanishni ko‘pchilik talabalar xohlashgan. Bu orelo effekti 
bilan bog‘liq bo‘lib, u odam to‘g‘risidagi birinchi tasavvur uning boshqa odamlar 


149 
tomonidan keyinchalik idrok etishini belgilab berishini ko‘rsatadi, bunda idrok 
etuvchi odamning ongiga shakllangan birinchi taassurotga mos keladigan 
informatsiya o‘tkaziladi, mos kelmaganlari esa qabul qilinmaydi. Aynan ushbu 
mexanizm qaror qabul qilishda odam to‘g‘risida ma’lum informatsiyalar ta’siri 
ostida unga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishini belgilab beradi. 
Qaror qabul qilish nazariyasi bo‘yicha qaror qabul qilishning zaruratini 
muammoli vaziyat keltirib chiqarada. Muammoli vaziyatni esa ma’lum 
ehtiyojlarning (biologik, psixologik, ijtimoiy, davlat ahamiyatiga molik va h.) 
paydo bo‘lishi belgilab beradi. Muammoli vaziyatni hal etish uchun ma’lum qaror 
qabul qilinadi. Demak, qaror qabul qilish ma’lum bir muammoli vaziyatni hal etish 
jarayonidir. Mazkur jarayonning hosilasi tarzida qaror yaratiladi. 
Qaror qabul qilish nazariyasi odamlarning muammolarni echish yo‘lidagi 
qonuniyatlarini, shuningdek istalgan natijaga erishish yo‘llarini o‘rganish bilan 
shug‘illanadi. U ikki xil bo‘ladi: normativ nazariya (qaror qabul qilishning 
ratsional jarayonini tavsiflaydi) va deskriptiv nazariya (qaror qabul qilish 
amaliyotini tavsiflaydi). Qaror qabul qilish quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi: 
1.
Qaror qabul qilish. 
2.
Qarorni bajarish uchun yo‘llash. 
3.
Ijro sharoittini yaratish. 
4.
Nazoratni amalga oshirish. 
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, 
balki boshqaruv oldida qo‘yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat.


150 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish