3.
Qaror qabul qilishda tanlov
.
Harqanday tanlov, izlanishda, harakat kilishda maqsad sari borishga da’vat
etadi. Faqat tanlov barcha faoliyatlarni maqsadga bo‘ysindiradi. SHuning uchun
ham qaror qabul qilishda tanlay olish o‘ta muhim hisoblanadi. O‘z vaqtida to‘g‘ri
tanlangan yo‘l mutaxassisning qobiliyati bilimi va boshqalarga bog‘liq hisoblanadi,
Qaror qabul qilishda to‘g‘ri tanlash uchun muammo chuqur o‘rganilgan
bo‘lishi, tanlashdagi alternativ echimlar ko‘p bo‘lishi kerak. Tanlashda nafaqat
sinov va xatolik metodidan, balkim ilmiy asoslangan kompyuterlashgan
modellashtirish, dialogli echimlar metodi, ekspertli sistemalar, baza ma’lumotlarini
boshqarish, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi va boshqalardan samarali
foydalanish kerak bo‘ladi.
131
Tanlovning ko‘p tarmoqli masalalari mavjud, ularga: alternativ echimning
ko‘p bo‘lishi, alternativ echimlarni tanlashda bir yoki ko‘p mezonlarini bo‘lishi,
tanlash rejimining bir marotabaligi yoki takror bo‘lishi, tanlov oqibatlarining
oldindan ma’lum bo‘lishi, risk vaqtidagi tanlov, ko‘p masalalar noma’lumligidagi
tanlov, tanlovdagi javobgarlikning bir tomonlama bo‘lishi yoki ko‘p tomonli
bo‘lishi, tanlash vaqtidagi kelishuv darajasi va boshqalar.
Tanlov vaqtida masalaning kriterial yozuvi xam muhim rol uynaydi. Ko‘p
kriteriali tanlovda umumiy echim bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun unda
iloji boricha bir echimga kelish kerak bo‘ladi. Tanlovda kriteriylarni
maksimallashtirish xam zarur hisoblanadi. Ko‘p kriteriyli masalada ko‘p
kriteriyani bir kretiriylikga o‘tkazish muhim hisoblanadi. Xuddi shuningdek, uning
shartlarini aniqlash ham maqsadga muvofiqdir.
Tanlovda binar munosabatlardan foydalanish xam maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Binar munosabat bitta alternativ echimda emas, balkim kamida
echim ikkita bo‘lishi talab etiladi, xuddi shuningdek ikita echimni -biriga
taqqoslab kerakli tomonlarni tanlash mumkin bo‘ladi, bir juft alternativ echim
ichida boshqa echimlarga o‘xshashi bo‘lmaydi. Binar munosabatlarda juftliklarga
ajratish va munosabatini ko‘rib chiqish, matritsalardan foydalanish, grafiklar
balandligidan foydalanish va echimlarning kesishish nuqtasini aniqlash metodlari
keng qo‘llaniladi. Binar munosabatlar: refleksiv, antirefleksiv, simmetrik ,
antisimmetrik, tranzitli, manfiy tranzitli, kuchli tranzitli bo‘lishi mumkin.
Tanlovlar tipik, o‘rtacha va original bo‘lishi mumkin. Tanlovda matematik
usullar keng qo‘llaniladi. Tanlovda guruh bo‘lib tanlash ham samarali hisoblanadi.
Albatta barcha shartlar ichida tanlashda berilgan sharoitda eng yaxshi hisoblangan
optimal echimlarni, alternativlarni tanlash muhimdir.
Tanlovda yana bir metod - ekspert metodi ko‘p qo‘llaniladi. Bunda
insonlarning intellektidan foydalaniladi. Ekspert tanlovda ichki va tashi
omillardan keng qo‘llaniladi. Bunda ekspertlarning psixologik holati va sharoiti
muhim o‘rin egallaydi va ekspertlar ekpertiza kilishdagi barcha javobgarlikdan holi
bo‘lishi lozim. Ekpertli ekspertiza anonim, ochi, anketali, majlisli ( qo‘mitali,
132
kollegial, kommissiyali, shtabli), diskussiyali ( konsilium, sudli, ilmiy kengashli),
ishchi uyin sifatidagi, aqliy hujum va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |