J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari


Qarorning konkretligi va reglamentligi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

Qarorning konkretligi va reglamentligi
. YAxshi qaror nafakat muammoli 
vaziyatdan chikishning umumiy - prinsipial echimini beradi, balki bu qarorni 
amalga oshirish va harakatlar ketma-ketligini - ya’ni rejasini xam o‘z ichiga oladi. 
Bu holat qaror ijrosini nazorat kilish va shu orqali muammoga konstruktiv 
yondashish imkonini beradi. 
Qarorda qat’iylik va egiluvchanlikka amal qilganligi
. Agar qaror qabul 
qilindimi, u bajarilishi kerak, degan qoida bor. SHuning uchun ham qabul qilingan 
qarorni bajarilishida (ish faoliyatidami, oiladami) qattiklik namoyon kilinishi 
kerak. SHu ma’lumki, ba’zi hollarda qabul qilingan qarorning xatoligini payqab 
qolamiz (rahbarlik faoliyatida tez- tez uchrab turadi). Bunday hollarda “zahiradagi 
variantlar” ishga tushishi orqali xatoni tug‘rilash mumkin bo‘ladi. 


129 
Qarorda “cheklovchi omil” prinsipini inobatga olinganligi
.
 
Bunda bir nechta alternativalar ichidan muhimi tanlab olinayotganda odam 
cheklovchi yoki hal qiluvchi omillarga e’tibor berib, ularni aniq anglashi kerak. 
 
2.Qaror qabul qilish tushunchasining mohiyati va sub’ektlari 
Qaror qabul qilish ko‘proq uni qabul qiluvchi kishi va uning psixologik 
xususiyatlariga, shuningdek uning atrofidagi ob’ektiv shart sharoitga, ko‘pincha 
bog‘liq bo‘ladi. Qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni ikki yirik 
guruhga ajratish mumkin: 
1.
SHaxsga bog‘liq (sub’ektiv) omillar; 
2.
Holatga bog‘liq (ob’ektiv) omillar. 
SHaxsga bog‘liq (subektiv) omillar qaror qabul qiluvchi kishining o‘ziga xos 
xususiyatlari va psixologik holatlarni o‘z ichiga oladi. 
Qaror qabul qilish nafaqat qaror qabul qiluvchi kishining psixologik 
xarakteriga balki, shuningdek boshqaruv qaror qabul qilish konkret holatlariga 
ya’ni holat omilariga ham bog‘liq. Bu guruh tarkibiga alternativani tanlash, 
baholash, ishlab chiqarish jarayoniga tasir etuvchi ichki va tashqi omillar kiradi. 
Umumiy holatda tanlov samaradorligiga ta’sir etuvchi barcha omillarni ikki 
guruhga ajratish mumkin: 

Boshqariluvchi omillar, qaror qabul qiluvchi shaxslar tanloviga asosan 
tanlab olinadi; 

Boshqarilmaydigan omillar, tanlov amalga oshirilish shartlarini 
xarakterlaydi, qaror qabul qiluvchi kishilar ta’sir eta olmaydilar. 
Boshqarilmaydigan omillar ular haqidaga ma’lumotlarga ko‘ra qo‘yidagi 
uch qism guruhlarga ajratiladi: 

Aniqlangan(determinallangan) boshqarilmaydigan omillar–
tasodifiy 
bo‘lmagan 
𝐴
1
, 𝐴
2
, … , 𝐴
𝑝
barcha qiymatlari malum bo‘lgan fiksirlangan kattaliklar; 

Stoxastik boshqarilmaydigan omillar –
tasodifiy kattaliklar va ma’lum 
taqsimot qonuniyatlariga 
𝑌
1
, 𝑌
2
, … , 𝑌
𝑞
bo‘ysunuvchi jarayonlar; 


130 

Noma’lum boshqarilmaydigan omillar
, har biri uchun qaysi taqsimot 
qonunlarida yotishi ma’lum, lekin qaror qabul qilish jarayonida olishi mumkin 
bo‘lgan qiymatlar 
𝑍
1
, 𝑍
2
, … , 𝑍
𝑟
aniqlanmagan. 
Omillar va ularning darajalari to‘plami o‘rganilayotgan ob’ektning ta’sir 
etuvchi omillar sohasini tashkil qiladi. 
Agar qaror qabul qilish jarayoniga noma’lum omillar ta’sir etsa, noma’lum 
sharoitlarda qaror qabul qilish haqida gapiriladi. Qaror qabul qilish jarayonidagi 
mavhumliklar alternativalarning bir necha yakunlari borligidan darak beradi. Agar 
har bir alternativa bitta yakuniy natijaga olib kelsa unda aniqlangan sharoitlarda 
qaror qabul qilish haqida gapiriladi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, boshqaruvda qaror qabul qilish– murakkab 
psixik va tashkiliy jarayon bulib, ko‘plab omillari ta’siri ostida bo‘ladi,bunda 
rahbar kishining shaxsiy psixologik xususiyatlari hamda qaror qabul qilish 
jarayonining konkret holatiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun tashkilot rahbari 
muvafiqqiyat qozonishi uchun faqat qaror qabul qilishni hoxlashi balki qaror qabul 
qilishi, o‘zi va atrof muhitini e’tiborga olgan holda ongli ravishda alternativalar 
tanlashi kerak.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish