―ИҚтисодиёт‖ факультети


Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

 
Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 
 
Ma‘lumki, menejment respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim 
muamolarini hal qilish tomoniga burilish yasalishini ta‘minlashi lozim. Bu agrosanoat 
kompleksi, yoqilg‘i-energetika va ma‘danli xom ashyo komplekslari, sog`liqni saqlash va 
ekologiya, informatika - mohiyat e‘tibori bilan iqtisodiyotning barcha muhim 


428 
tarmoqlaridir.Respublikada yangi ishlab chiqarish sohalarini yaratish va eskilarini 
modernizatstiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha katta ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bu esa boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirishni talab qiladi. 
Ishlab chiqarish menejmenti ushbu muamolarni e‘tiborga olgan holda bajarilishi 
lozim. Lekin, keskin tovar taqchilligi natijasida ishlab chiqarish innovatstiyalarga nisbatan 
ta‘sirchanligini yo‘qotishi mumkin. Bu holda korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini davom 
ettirishlari mumkin. Chuqur bozor islohotlarini amalga oshirish davrida respublika 
iqtisodiyoti oldida turgan muhim vazifalardan biri tovar bozorini tez va samarali boyitish, 
import "injiqliklari"ga butkul bog‘liqlikni tugatish xisoblanadi. Sanoat va agrosanoat 
kompleksining tovar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini rivojlantirish zarur. 
Ishlab chiqarish menejmentining holati uni takomillashtirish choralarini kompleks 
ishlab chiqish, istiqbolli tashkiliy-iqtisodiy modelni ishlab chiqish zaruriyatini belgilaydi. 
Menejmentni takomillashtirish yo‘nalishlari asoslab berilgan taqdirda harakatdagi 
boshqaruv ob‘yektida birinchi galda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar, "tor joylar" 
(boshqaruvning tezkorligini oshirish, qarorlarni muvofiqlashtirish, boshqaruv bo‘yicha ko‘p 
mehnat talab qiladigan ishlarni qisqartirish, tashkiliy tuzilma va boshqaruv metodlarini 
takomillashtirish va h.k.) belgilanadi. 
Bu vazifalar asosida boshqaruvning dastlabki iqtisodiy-tashkiliy modeli yaratiladi. 
Aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mavjud ishlab chiqarish menejmentini tashkil 
etish tahlil qilinadi va uning rivojlanish tendenstiyalari aniqlanadi. Ushbu asosda, 
ko‘makchi va normativ materiallar (namunaviy shtat ruyxatlari, axborot tuzilishi, tizimi, 
texnik jihozlash normasi va h.k.) hisobga olingan holda, ishlab chiqarish menejmentini 
rivojlantirishning kompleks loyihasi ishlab chiqiladi. Menejmentni takomillashtirish ham 
boshqaruvchi, ham boshqariluvchi tizimlarni qamrab oladi. 
Boshqaruvchi tizimda menejmentni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 
quyidagilar hisoblanadi: 
1. Boshqaruv funkstiyalari va tashkiliy tuzilmasi. 
2. Boshqaruv texnikasi va texnologiyasi, boshqaruv apparatida ishni tashkil qilish. 
3. Boshqaruv ishini kompyuterlashtirish. 
4. Boshqaruvning axborot bazasi ma‘lumotlarni ro‘yxatga olish tizimi, ularni 
boshqaruv apparatiga uzatish, shakl va usullarini takomillashtirish. 
5. Qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish jarayonini 
takomillashtirish. 
6. Boshqaruv ishining shart-sharoitlarini yaxshilash. 
7. Boshqaruv apparati xodimlarining ish vaqtidan foydalanilishini tartibga solish. 
8. Boshqaruv metodlarini tartibga solish. 
9. Boshqaruv apparatidagi turli bilimlarning faoliyatini uyg`unlashtirish. 
10. Jamoada barqaror ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish va h.k. 
Har qanday jamiyatning yashashi uchun ishlab chiqarish uzluksiz yuz bеrishi shart. 
Unda uzilish yuz bеrsa, kishilarning hayotiy ehtiyojlari qondirilmaydi. Ishlab chiqarish bir 
daf'a yuz bеrmasdan doimo yangilanib, qaytarilib turadi, natijada tirikchilik vositalari 
uzluksiz yaratilib boriladi. Ishlab chiqarishning yangilanishi, uning qaytarilib turishi takror 
ishlab chiqarish dеyiladi. Takror ishlab chiqarishning ikkita asosiy turi bo`ladi: oddiy va 
kеngaytirilgan. Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarishning YaMM hajmi 
o`zgarmagan holda yangilanishidir. Kеngaytirilgan takror ishlab chiqarishda ishlab 
chiqarish miqyosi kеngayadi, YaMM hajmi ortadi shu taxlitda ishlab chiqarish jarayoni 
yangilanadi. 


429 
Ф.Б. Абдиева – магистрант, ТДИУ
М.У. Тошмирзаев– талаба , ТИҚХММИ
М.А. Отабеков - талаба , ТИҚХММИ 

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish