344
chiqarishning rivojlanmay qolishi yoki davlatdagi mahsulotlaning narxining oshib ketishiga
olib keladi. Shu sababli ham mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, shu
soha vakillariga xizmat ko‘rsatuvchi mexanizatsiya va servis xizmatlari samaradorligini
oshirish maqsadida 2018-yil 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
‗‘Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis
xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar
to‘g‘risida‘‘ gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatimizada qishloq xo‘jaligi
sektorining yanada tezkor rivojlanishini ta‘minlash maqsadida qishloq xo‘jaligida faoliyat
ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini yanada
takomillashitirish kabi bir qator vazifalar belgilab berilgan. Amalda o‘z ijrosini topmagan
vazifalarni nazorat qilish va tadbirkorlar tomonidan mashina va zamonaviy asbobo-
uskunalarni jalb qilishning o‘ta sustligi va boshqa bir qator vazifalarni amalda
optimallashtirish rejalashtirilgan.
Har bir sohada biror bir ishni boshlash uchun insondan mablag‘ talab etiladi, qishloq
xo‘jaligining rivojini ham ayni bank kreditlarining ko‘magisiz tasavvur qilish qiyin.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sektorida faoliyat olib boruvchi dehqon va fermer
xo‘jaliklariga yaqindan ko‘mak berish maqsadida banklar tomonidan bir qancha imtiyozli
kreditlar ajratilgan. Hususan, ‗‘Qishloq qurilish bank‘‘i tomonidan shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar ajratilgan
bo‘lib ular eng kam oylik ish haqqining 100 barobari miqdorigacha beriladi.
Yuqoridagilardan tashqari, mamlakatimizda bu tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida
dehqon, femer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida
mamlakatimizda jamg‘arma tashkil etilgan bo‘lib, bu jamg‘armaning asosiy vazifasi fermer,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha
imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasi hisobiga olgan holda yillik 7 foiz stavkada
kreditlar berish uchun ‗‘Mikrokreditbank‘‘ ATB, ‗‘Agrobank‘‘ ATB hamda O‘zbekiston
Xalq bankiga resurslar joylashtirish, qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab
chiqarish , shu soha uchun transport va asbob uskunalar sotib olish, issiqxonalar qurish kabi
maqsadlar uchun berilishi ko‘zda tutilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish nafaqat
iqtisodiyotgagina foydaligina bo‘lib qolmay, aholining turmush darajasiga ham o‘z ta‘sirini
ko‘rsatadi. U joylarda infrastrukturaning yanada rivojlanishiga, aloqa va xizmatlarning
o‘sishiga
olib
keladi.
Mamlakatimizda
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarining
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamiga qaramay,
hali bu tarmoq o‘zining bir qancha kamchiliklariga egadir. Shu tufayli ham, ular faoliyatiga
bevosita ta‘sir ko‘rsatuvchi, ko‘mak beruvchi tashkilotlar faoliyatini yaxshilash va qishloq
xo‘jaligi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga yanada ko‘mak
berib, ko‘plab imtiyozlar joriy etish bu qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini yanada rivojlantirish
kelgusida ijobiy natijalarga erishishning asosiy kafolatidir.
Ф.Т. Абдувахидов – и.ф.н., доц., ТДИУ
Д.А. Зуфарова – ассистент, ТДИУ
Do'stlaringiz bilan baham: