286
unga maksimal darajada erishishga harakat qilinadi. Uning estetik - ergonomik
(iste‘molchiga har taraflama qulay bo‘lishi) xususiyatlari, xavfsizligi aloxida e‘tibor
markazida bo‘ladi. Iste‘molchi tomonidan baholanishi raqobatbardoshlik texnik
xususiyatlarda o‘z aksini namoyon etmaydi.
Muayyan bir korxona yoki milliy iqtisodiyotning barqaror faoliyat ko‗rsatishi uning
qanchalik raqobatbardoshligiga bog‗liqdir. Raqobatbardoshlik makro darajada oltin-valuta
zaxirasining hajmi yoki savdo balansini emas, balki pirovard natijada aholining turmush
darajasini aks ettiradi. Korxona miqyosida bu samaradorlik va kapitallashuvning oshishidir.
Aynan raqobatbardoshlik korxonaga o‗z ishchilari daromadi o‗sishini, iqtisodiyotda esa
aholi daromadi oshishini ta‘minlash imkonini beradi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida raqobatbardoshlikni yuksaltirishga qaratilgan
qator choralar belgilangan. Mikro darajada tezkor modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta qurollantirish, moslashuvchan zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga
keng joriy etish, xalqaro sifat andozalari va tejamkorlik tartibiga o‗tish, energiyani tejash,
ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‗batlantirish shular
jumlasidandir. Makro darajada esa ichki talabni rag‗batlantirish, eksportga yo‗naltirilgan
korxonalarni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish va izchil
rag‗batlantirish, narx siyosatini takomillashtirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish uchun
xomashyo asosini shakllantiruvchi monopolist korxonalar tomonidan belgilanadigan
narxlarning o‗sishini ushlab turish, soliq va bojxona imtiyozlari aynan shunga xizmat qiladi.
Jahon tajribasining tahliliga nazar tashlasak, innovatsiya texnologiyalari rivojlangan
mamlakatlar muayyan yutuqlarga erishgan. Shuningdek, davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlanib, global miqyosda raqobatga kirishayotgan korxonalarda ko‗p sohalarda
o‗sishning yuksak sur‘atlari kuzatiladi. Aynan muayyan ishlab chiqarish omili –
texnologiyalar, materiallar, narxlar, xizmatlar, demografik vaziyat va hatto geosiyoiy
omillar o‗zgarishiga asoslangan innovatsiyalar yuqori qo‗shimcha qiymat va boylikni
yaratadi, samaradorligi va foydasi yuqori sohalarga qarab resurslarning oqishiga olib keladi.
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltir ishning asosiy yo‘li, bu
raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik
shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi
bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish,
avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo
qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mashuliyat asosida o‘z
manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik
sub‘ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
A. Ibodullayev - TMI
D.T. Toshkulov - talaba, TMI
Do'stlaringiz bilan baham: