287
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi Farmoni bilan
tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar Konsepsiyasi xo'jalik
yurituvchi sub'ektlar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini rivojlantirishga, iqtisodiyotdagi
davlat
ishtirokini
kamaytirishga,
mamlakatimizning
investitsiyalarni
jalb
etish
imkoniyatlarini oshirishga va aholining ishchanlik faolligini kuchaytirishga ko'maklashadi.
Shuningdek
iqtisodiyotni
yanada
isloh
qilish,
tarkibiy
o'zgartirishlarni
chuqurlashtirish va diversifikatsiyalash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlangan investitsiya dasturlarini 2020 yilgacha amalga oshirish bo'yicha
aniq maqsadga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
―Raqobatbardosh iqtisodiyot‖ deganda maqbul sur‘atlar va mutanosiblik bilan o‘sib
boradigan milliy iqtisodiyot, unda xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun yaratilgan kerakli sharoitlar, aholi turmush darajasini doimiy
yaxshilanib borishiga xizmat qiladigan bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlab chiqilgan
xo‘jalik mexanizmi, ishlab chiqarish resurslari erkin harakat qiladigan va bozor mexanizmi
yordamida tartibga solinadigan ochiq iqtisodiy tizim tushuniladi.
Ma'lumki, bugun jahon bozori konyukturasi keskin o‗zgargan, globallashuv
sharoitida raqobat kuchaygan davrda yashayapmiz. Bunday murakkab sharoitda
respublikamizda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, rivojlanishning yuqori o‗sish
darajasini ushlab turish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab
chiqarilayotgan milliy mahsulotlar haridorgirligiga erishish, milliy valyuta tushumini
ko‗paytirish kabi muhim vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasi mamlakatning tabiiy resurs
salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati, ishlab chiqarishning texnik-texnologik
modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashuvi va
diversifikatsiyalashuvi, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlarning qulayligi,
mamlakat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo‘lgan talab hajmi, davlatning
iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslangani va
o‘zgarishlar jarayonlarini hisobga olgani hamda boshqa bir qancha omillarga bog‘liq.
Milliy iqtisodiyotning raqobat jihatdan ustunliklarining navbatdagi muhim
determinanti bo‗lib mamlakatda jahon iqtisodiyoti darajasida raqobatbardosh bo‗lgan
turdosh va qo‗llab-quvvatlovchi tarmoqlarning mavjud bo‗lishi hisoblanadi. Asosiy ishlab
chiqarish uchun material va mahsulot yetkazib beruvchi kompaniyalar xalqaro miqyosda
raqobatbardosh bo‗lishi kerak, shunda ular, birinchidan, xarajatlar nuqtai nazaridan yanada
samarali ishlab chiqarish omillarini ta‘minlagan holda ustunliklarni hosil qiladi.
М.А. Марупова - доц., ФарДУ,
Х.Х. Қосимова - ўқитувчи, ФарПИ
М.Ш. Низомитдинова - магистрант , ФарДУ
Do'stlaringiz bilan baham: