«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


Ijtimoiy madaniy faoliyatda milliy mentalitet omillarining namoyon bo’lishi



Download 497,07 Kb.
bet41/151
Sana03.09.2021
Hajmi497,07 Kb.
#163119
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151
Bog'liq
�ijtimoiy-madaniy faoliyat� kafedrasi �ijtimoiy madaniy faoliyat

Ijtimoiy madaniy faoliyatda milliy mentalitet omillarining namoyon bo’lishi yurtboshimiz asoslab bergan milliy mentalitet asosidagi komil shaxs konsepsiyasi ikki muhim jihat, ya'ni bir tomondan o‘zidagi insoniylik fazilatlarini amaliy faoliyatlarda qo‘llay olish salohiyati bo‘lsa, ikkinchi tomondan odamlarni bunyodkorlik ishlariga safarbar eta olish qobiliyatlarini yuzaga chiqarish orqali namoyon bo‘ladi. Yurtboshimiz milliy mentalitet asosidagi komil shaxs shunchaki ko‘p o‘qigan, ko‘p bilgan, ko‘p ko‘rgan yoki tajribasi katta odam bo‘lib cheklanmasdan, o‘zidagi bilim va tajribalar, insoniy fazilatlarni ezgulik, yaratuvchanlik yo‘lida foydalana oluvchi, voqyelikni shunchaki bilish bilan cheklanib qolmagan, balki hayot o‘zgarishlarini anglashga erishgan, nafsini jilovlab, me'yorga keltira olgan, «qanoat», «shukur», «Tavba» tushunchalariga mustahkam tayanib ish tutuvchi, o‘z manfaatini umum manfaatlari bilan muvofiqlashtira olgan, faol, harakatchan tinib-tinchimas, o‘zi yonib o‘zgalarni ham yondirguvchi shaxsdir. Milliy mentalitet bilan qurollangan komillik pirovard natijada odamlarni birlashtirish, aholi turli qatlamlari vakillarini bunyodkorlik yo‘lida uyushtirish, ularni o‘zaro murosa, madora, ittifoqqa keltirish yo‘liga olib chiqadi.

Xullas, milliy mentalitetga asoslangan bugungi faol shaxs falsafasi yangilanayotgan borlig‘imiz ruhiga ayni muvofiq barkamol shaxs, har tomonlama rivojlangan inson, zukko, dono, yaratuvchan, bunyodkor, bag‘ri keng, sahovatli, ochiq yuzli, istarali odamni tarkib toptirish vazifasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yadi.

Milliy mentalitet vatanni sevish omiliga ko‘p jihatlarga ko‘ra bog‘liqdir. Vatanni sevish ulug‘ Navoiy ta'kidlagani kabi shu yurt odamlarini sevishdan boshlanadi. Odamlarga bo‘lgan muhabbat vatan sevgisining debochasi va o‘zagidir. Navoiy muhabbatni ikki jihat ya'ni ilohiy ishq va majoziy ishqqa bo‘lib talqin etadi hamda insonlarga bo‘lgan mexr-oqibat, hurmat, sadoqatdan iborat ko‘ngil bog‘liqligi ya'ni majoziy muhabbat uning taqdirida ustunroq ekanligini o‘z asarlarida takror-takror qayd etadi. Chin vatanparvarlik haqiqiy insonlik, insonga muhabbat, unga himoyachi, fidoiy, kerakli bo‘lishdir. Demak, Prezidentimiz ilgari surayotgan «insonning insonligini o‘ziga anglatish va shu maqsadni ro‘yobga chiqarish» g‘oyasi zamirida ham vatanga ishqni odamlarni sevishdan boshlash da'vati mujassamdir. Odamlarni sevish va vatan sevgisi o‘zaro uyg‘un, chatishgan mohiyat kasb etganligi bois vatanga muhabbat tuyg‘usini tarkib toptirish dastavval shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan mas'uliyati, talabchanligi o‘zidan qoniqmaslik, o‘z-o‘zini doimiy taftish va nazorat qilishdan boshlanadi. Shu narsani e'tirof etish kerakki xalqimizda insonni jamoatchilik fikri nuqtai-nazaridan baholash ijtimoiy nazorat qilib borish jihatlari yaxshi rivojlangan.

Ko‘p ming yillik tariximiz mobaynida umummilliy komillik va butunlikka bo‘lgan intilishlar ilk daf'a mustaqillik tufayli xalqimizga nasib etdi. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan xalqimizning ma'naviy komilligi, millat butunligini tarkib toptirish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshlandi. O‘zgarayotgan zamon va yangilangan makon mantig‘i xalq xarakterida ilgari yetarli rivoj topmagan yangi fazilatlarni tarkib toptirish zaruratini kun tartibiga qo‘yayotganligi bois, yurtboshimiz xalqimizni ma'naviy uyg‘onish, hushyorlik, atrofga keng nazar tashlash, qiyoslab xarakat qilishga da'vat etib kelmoqda.

Yurtboshimizning o‘zbek millati mentalitetini progressiv o‘zgartirish borasidagi yaxlit konsepsiyasi ikki katta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, ularning birinchisi xalqimiz fe'l-atvori, turmush tarzi, xarakteridagi salbiy xususiyatlarini evolyusion tarzda bartaraf etib borish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish, yaxshiga yo‘l, rag‘bat, har bir ijobiy ishni qadrlash va taqdirlash, ibrat omiliga kuch berish siyosatidan iboratdir.

Mazkur konsepsiyaning muhim negiziy asosida xalqimizning jamoaviylik tabiatini bunyodkorlik faoliyatlariga yo‘naltirish, ommani yaratish ishlariga ayniqsa madaniyat va san'atga oshufta qilish, badiiy ijodiyotga odamlarni yalpi jalb etish, boshqarishda yetakchilar, liderlar omiliga tayanish, har tomonlama komil, butun shaxslarning ibrat kuchidan samarali foydalanishning maqsadlari mujassamdir.

Xullas, o‘zbek mentalitetini zamon mantig‘iga muvofiq evolyusion o‘zgartirishning yaxlit tizimi quyidagi jihatlar ro‘yobini taqoza etadi.

Xalqimiz turmush tarzi, urf-odatlari, fe'l-atvori mazmunini umummilliy ko‘lamlarda chuqur mushohada etish ortiqcha marosimbozlik, isrofgarchiliklardan bosqichma-bosqich qutulish yo‘lidan borish;

Barcha sa'y-xarakatlar, amallar, an'analar, to‘y va marakalarni o‘tkazish jarayonlarida qat'iy meyyor talablariga rioya qilishga o‘rganish kichik oilaviy tadbirlarni maxalla, region, tuman, butun shahar miqyosidagi ma'raka-marosimlarga aylantirib yubormaslikka intilish;

So‘z va ish birligiga rioya qilish, va'dabozlik, ortiqcha chiranish, eskapizm, maqtanchoqlikka moyillik singari illatlarga qarshi kurash olib borish, har bir narsa, hodisani o‘z nomi bilan aynan ifodalashga o‘rganish;

Butunlik falsafasini turmush tarzimiz, fe'l-atvorimiz mazmun mohiyatiga aylantirish, yosh avlod vakillarini butun shaxslar qilib shakllantirish, fikri so‘ziga, so‘zi amaliga, amali vatan manfaatlariga ayni muvofiq bo‘lishiga erishish;

Odamlarda o‘z fe'l-atvorlari, sa'y-xarakatlari, intilishlari, ma'naviy qiyofasining holati xususida shaxsiy taftish malakasini shakllantirish, o‘zi ustida doimiy ishlash, takomillashuv, o‘zidan qoniqmaslik fazilatlarini shakllantirish, o‘zi yonib boshqalarni ham yondira olish xususiyatlarini tarkib toptirish;

Badiiy ijodiyot turlariga aholi turli qatlamlari vakillarini yalpi jalb etish;

Ezgulik yo‘lida fidoiy bo‘lish, yaxshilik qilishga, boshqalarning tashvishiga yelkadosh bo‘lishga tayyorlik fazilatlarini kamol toptirish;

Vatan ravnaqi xalq farovonligi yo‘lidagi intilishlar bilan shaxsiy say'-xarakatlardan kutiluvchi manfaatlar uyg‘unligiga erishish, Vatanning ostonadan faqat ichkariga emas, balki, tashqariga ham davom etishini chuqur anglash;

Yoshlarda ezgu va savob ishlarni har kuni va hamisha qilishga tayyorlik va shunga kuchli ichki rag‘bat, ehtiyoj, intilish fazilatlarini tarkib toptirish;

Milliy-madaniy merosni yalpi o‘zlashtirish, qadriyatlarimizdan chin iftixor tuyg‘ularini his etish, g‘ururlanish va zavq ola bilishni tarbiyalash;

Insof, adolat, halollik, vijdon singari tamoyillar tarbiyasini doimiy ravishda muntazam tarzda olib borish, bu ishda rahbarlar, obro‘li shaxslar, lider-yetakchilar, ota-onalarning shaxsiy ibrati omilidan samarali foydalanish;

Fuqarolarda o‘zini jamoaning nafaqat miqdoriy-jisman a'zosi, balki, ma'naviy bo‘lagi deb his etish, umumiy intilishlar, say'-xarakatlar, maqsadlar tizimi, mazmuniga har bir inson o‘z ulushi, hissasi nechog‘li ekanligini anglashni shakllantirish;

Intelektual mulk ustuvor ahamiyat kasb etayotgan hozirgi zamonda har tomonlama va chuqur bilimlar sohibi bo‘lishiga intilish, umumjahon taraqqiyoti jarayonlariga faol integratsiyalashuv yo‘lidan borish katta ahamiyat kasb etadi.

Xullas, buyuk kelajak taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishi o‘zimizning qo‘limizda ekanligi, bu maqsad barchamizning ma'naviy o‘lchovimiz, shaxsiy va ijtimoiy mo‘ljalimizga aylanishi bugungi kun taqozasidir. Darhaqiqat, Prezident Islom Karimov aytganidek, “Mamlakatimizning tarixiy va milliy xususiyatlarini, xalqimiz tabiatini, mentalitetini inobatga oluvchi rivojlanishning mazkur yo‘li biz uchun nihoyatda maqbuldir”.21

Xalqimiz tafakkur tarzi o‘zgarib, uning mentalitetida quyidagi xususiyatlar tarkib topdi:

Aholi turli qatlamlarida, xususan, qishloq axolisi orasida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini tadrijiy o‘zlashtirish asosida mulkka egalik xususiyati shakllantirildi. Mulkdorlik mas'uliyatini anglash esa, odamlar tabiatida shurolar davrida mudroq bo‘lib yotgan sahovatpeshalik hotamtoylik, muruvvatlilik, bag‘rikenglik fazilatlarining qayta uyg‘onishiga, mulkni asrash, ko‘paytirish va boyitish harakati esa vatan kuchi, kudratini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan uyg‘unlashuviga olib keldi.

Istiqlol yillarida odamlarda o‘z-o‘zini oxlokratik ya'ni, to‘da, olomon a'zosi sifatida emas, mustaqil shaxs sifatida anglash tendensiyasi tarkib topdi. Mustaqil shaxs sifatida anglash tuyg‘usi esa kishilarimizda hayotga pragmatik yondoshish, o‘z taqdirini o‘zi yaratish, o‘z baxti va kelajagi uchun kurashish xususiyatining rivojlanishiga turtki berdi.

Mustaqillik yillarida odamlarda shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini uyg‘un anglashdan iborat, milliy tariximizda ilgari bo‘lmagan yondoshuvning shakllanishiga erishildi. O‘z manfaatining davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashuvi odamlarda ijtimoiy voqyelikni individual, mintaqaviy anglashdan korporativ anglash darajasida tafakkur yuritish, tarmush tarzini tashkil etish imkonini berdi.

Istiqlol yillarida qonunlar ustuvorligini ta'minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Natijada xalqimiz tabiati fe'l-atvori, turmush tarzida qonunlarga itoat, amaldagi tartib-qoidalarga xurmat qadriyati tarkib toptirildi. Bu esa mamlakatimizda jinoiy xatti-harakatlarni qasddan sodir etish, axloq buzilishni, narkotik moddalarni iste'mol qilish singari illatlarning sezilarli darajada kamayishi, kundalik turmushimiz osoyishtaligi va barqarorligini ta'minlanishiga olib keldi.

Xalqimiz tabiatida tarixga hurmat, ajdodlarimiz merosiga ehtirom, ularning boy ma'naviy mulkini e'zozlash xususiyati, o‘ziga xos an'analari tarkib toptirildi. Vatanimizning o‘nlab allomalari faxr-ifixorimiz manbai bo‘lgan ulug‘ ajdodlarimiz ruhini e'zozlab ulkan obidalar, memorial koshonalar, haykallar barpo etildi, maxsus anjumanlar o‘tkazilishi, bag‘ishlov kitoblari nashr etilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa aholining xususan yoshlarning chin vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish imkonini kengaytirdi.

Mustaqillik yillarida odamlarimizning hayotga ratsional, ya'ni aql ko‘zi bilan qarash, har bir ishda meyyorga rioya qilish fazilati tarkib toptirildi. Bu esa biror bir faoliyatda, xususan, boshqaruvda mensimaslik, boshqalarning fikrini nazar-pisand qilmaslik, oyog‘i yerdan o‘zilish singari illatlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Odamlarda yaxshidan ibrat, yomondan soboq chiqarish fazilati kuchaydi.

Istiqlol yillarida jamiyatda ayollarga pozitiv munosabat tizimi tarkib toptirildi. Natijada ayollarning ijtimoiy mavqyeiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, ularning jamiyatdagi haq-huquqlari to‘la ruyobga chiqishiga erishildi. Bu esa xotin-qizlarimizni turmushimizning turli jabhalarida yanada ijtimoiy faol bo‘lishga, o‘z vatanparvarlik to‘yg‘ularini amalga oshirishlariga qulay shart-sharoitlar tug‘dirdi.

Istiqlol yillarida oilaga bo‘lgan munosabat ilk daf'a davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi. Oila omili asosiy Qonunimiz va boshqa meyyoriy xujjatlarda qayd etilib, uning milliy o‘zligimizning beshigi va asl qadriyati ekanligi huquqiy jixatdan mustahkamlandi. Bu esa oilada o‘zaro totuvlik, ittifoq, hurmat va muhabbatni har tomonlama kuchaytirish imkonini berdi.

Istiqlol yillarida shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabat tizimi ham o‘zgardi. Odamlarda o‘z-o‘zini hayotda qadrlay bilish, ijtimoiy muhitda munosib o‘rnini topish fazilatlari shakllantirildi. Bu esa o‘ziga sodiq, o‘zini qadrlovchi insonning boshqalarga hiyonat qilmasligi, o‘zgalarga ham xuddi o‘zidek qarash xususiyatini umumjamiyat ko‘lamida keng yoylishiga olib kelmoqda.

Istiqlol yillarida ta'lim tizimi isloh etilib, ma'rifiy yuksalishning tamomila yangi konsepsiyasi hayotga joriy etildi. Ma'rifiy yuksalishning mazkur dasturi jamiyatning barcha a'zolariga intellektual taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar eshiklarini ochib berdi. Bu esa jamiyatda ma'rifiy taraqqiyot borasida pozitiv “portlash effekti”ni yuzaga chiqishiga imkon yaratdi. Minglab yoshlarimizning xalqaro ko‘rik tanlovlar g‘oliblari, intellektual olimpiadalar chempionlari, ilg‘or G‘arb universitetlarining nomdor stependiatlari bo‘lishlariga olib keldi.




Download 497,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish