«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyat orqali mafkuraviy zombi qilishga qarshi kurash



Download 497,07 Kb.
bet49/151
Sana03.09.2021
Hajmi497,07 Kb.
#163119
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151
Bog'liq
�ijtimoiy-madaniy faoliyat� kafedrasi �ijtimoiy madaniy faoliyat

10-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyat orqali mafkuraviy zombi qilishga qarshi kurash

Reja:

        1. Ijtimoiy-madaniy faoliyat ob’ektlarida mafkuraviy tasirlardan odamlarni manaviy himoya qilish.

        2. Zombi qilish bosqichlari.

        3. Jaholatga qarshi marifat bilan kurashishda mafkuraviy tasir etish mexanizmlari.


Tayanch so‘z va iboralar: mafkuraviy zom, mafkura,ma’naviyat, Noan'anaviy, ekstremistik, shaxs ijtimoiy faolligi, shaxsiy manfaal, dav!at manfaati, milliy mentalitet,
Turli xil madaniy ta'sirlar va diniy e'tiqodlarni aholi ongiga singdirish orqali siyosiy, mafkuraviy maksadlarga erishish harakati XX asr ohiri va XXI asr boshlaridagi davrning o‘ziga xos xususiyatiga aylanib bormoqda. Ommaga madaniy, diniy va mafkuraviy tazyiq o‘tkazish xususiyati dunyodagi eng yirik islom, xristianlik, buddaviylik va iudaizmdan iborat 4 dindagi an'anaviy e'tiqod amallaridan ajralib chiqqan mazhablar, sektalar, oqimlar faoliyatida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘lmoqda. Diniy e'tikod orqali ta'sir o‘tkazish jarayonlari odamlar ongi, dunyoqarashini o‘zgartirish va pirovard natijada ularni ma'naviy manqurt – zombiga aylantirish bilan yakun topmoqda. Yoshlar ongini zaharlab ularni zombi qilish mexanizmi qanday tarzda namoyon bo‘lishi, bu jarayon kay tarzda kechishi, mafkuraviy muxoliflarimiz o‘zlarining g‘arazli maksadlariga erishlari uchun qanday shakl va uslublardan foydalanayotganliklarini tadqiq etish bugungi kunning favkulodda muhim masalalaridan sanaladi.

Dunyodagi jamiki odamlar uchun oddiy va tabiiy va ayni vaqtda eng oliy qadriyat o‘z nasli, zurriyoti bo‘lgan farzandni qadrlash hisoblanadi. Farzanddan keyingi qadriyatlar qatorini ota – ona, ulardan keyin aka – ukalarni qadrlash tashkil etadi. Oiladan keyin yaqin do‘stlar, qarindoshlar, og‘aynilar, jo‘ralar, dugonalar, hamkasblar, mahalladoshlar birin – ketin o‘rin olib, eng so‘ngida shunchaki tanish – bilishlar bilan yakun topadi. Bu holat barcha xalqlar turmush tarzi uchun tabiiydir. Agar qadriyatlar qatori o‘zgarsa, ya'ni, biror – bir kishi o‘z farzandidan ko‘ra do‘sti yoki qalb asirasi, mahbubasini ko‘proq qadrlasa atrofdagilar bunga xayrixoh bo‘lib qaramaydilar. Mobodo inson o‘z oilasi, yaqinlariga hiyonat qilib, oiladan uzoqroq bo‘lgan odamlarga yaqinlashsa nafaqat oila, balki, barcha tanish – bilishlar, mahalla, ishxonadagilar ham shu odamdan nariroq bo‘lishga intiladilar.

Madaniyat muassasalarida amalga oshiriladigan turli yo‘nalishdagi ijodiyotda mashg‘ul bo‘lganlar orasida ana shu jamiyat qoidasini izchil singdirish katta axamiyatga egadir. Xususan, turli xil mafkuralar, diniy oqimlar, ayniqsa “Ommaviy madaniyat” ta'siri orqali turli oqimlarga moyil bo‘lib qolganlar xalqimizdagi qadriyatlar qatoriga rioya qilmaslik oqibatida yuz beradi. Masalan o‘ta zararli oqim bo‘lgan “Hizbut – tahrir” yo‘liga o‘tganlarning miyasida dastavval asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar qatorini o‘zgartirish jarayoni amalga oshiriladi. Ularga eng muhim qadriyat farzand, oila emas, balki, islomiy qonun – qoidalar deb uqtiriladi. Islomiy qonunlar, shariat qoidalarni kundalik turmushga joriy etish uchun kurashish eng oliy saodat deb o‘rgatiladi. Demak, shaxsni an'anaviy tarbiya muxitidan chiqazib, noan'anaviy ta'sir holatiga solish uchun inson tomonidan kadrlanadigan qadriyatlar qatori quyidagi o‘zgartirilgan tartibda bo‘lishiga erishiladi. 1. Xalifalik davlatini qurish; 2. Faqat islomiy koidalar asosida yashash; 3. Milliy urf-odatlar o‘rniga islomiy an'analarni joriy etish; 4. Boshqa dinlar tarafdorlariga qarshi jixod qilish; 5. Islomiy birodarlar bilan ma'naviy-diniy hamfikrlikka erishish; 6. Oila; 7. Kavmu qarindoshlar; 8. Mehnat faoliyatini tashkil etish, kasb-xunar bilan mashg‘ullik.

Ta'kidlash joizki, g‘oyaviy muxoliflarimiz eng avvalo diniy e'tikodni o‘zgartirish ishlarini ta'sir doirasiga olingan shaxsning turmush tarzini tubdan o‘zgartirishdan boshlashga intiladilar. Turmush tarzi dabdurustdan o‘zgargan inson esa, hayotda gangib qoladi. Avval olgan oilaviy tarbiyasi ko‘magida yangi boshlanayotgan hayotda mustaqil harakatlana olmaydi. Unga doimiy rahnamo, moddiy-ma'naviy tayanch zarur bo‘lib qoladi. Shu boisdan ham, turli xil sekta va oqimlarga bilib-bilmay aralashib kolgan yoshlarga bir qarashda qiziqarli, jozibador bo‘lib tuyuluvchi faoliyatlar, kasb-korlar, mashg‘ulotlar taklif etiladi. Natijada, ko‘p yillar mobaynida o‘rganib kolgan odatiy hayot yo‘lini yo‘qotgan yoshlar yangi yo‘lda arosatda qolib, mafkuraviy homiysining ma'naviy qo‘liga aylanadi.




Download 497,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish