Salbiy immunitet javobi: Yo‘q pushaymon emasman. Chunki bu hayot sinovdir. Har kim ekanini teradi.
Savol: - Yoshgina farzandlaringiz bor ekan. Ular endi kimning qo‘liga karab qoladi? Kim ularni bokib katta qiladi? Siz shularni o‘ylamaysizmi?
Salbiy immunitet javobi: - Peshonada yozilgani bo‘ladi, birodar. Farzandlarning ham rizqini xudo beradi.
Savol: - Xotingiz juda yosh ekan. Endigina 25 ga kiribdi. Ahir uni ham o‘ylash kerak-ku?! Turmush o‘rtog‘ingiz Siz tufayli majbur bo‘lib, yomon yo‘lga kirib ketsa nima bo‘ladi?
Salbiy immunitet javobi: Agar xotinim yomon yo‘lga kirib ketsa narigi dunyoda javobini o‘zi beradi.
Savol: Sizga ota-onangiz, aka-ukalaringiz bu yo‘l xatarli, nomaqbo‘l deb Sizni qaytarishga o‘rinishganmi?
Salbiy immunitet javobi: Shunday bo‘lgan. Meni shu tanlagan yo‘limdan kaytarmoqchi bo‘lishgan. Men ko‘nmaganman. Ular dinu-islomda adashganlar. Men ularga bu haqda ko‘p aytganman.
Mazkur savollarga javoblarni mazmunan (sotsiologiyada fikr va mulohazalarni mazmuniy tahlil etish uslubi “kontent-analiz” deb ataladi) tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, mafkuraviy ta'sir doirasiga tushib qolgan shaxs mulohaza bildirayotgan paytda o‘z fikrini ongi, tafakkurida mushohada etmay turib izhor etishga moyil bo‘ladi. Bunday shaxslar uchun “mafkuraviy daholar” tomonidan avvaldan tayyorlab qo‘yilgan va shaxsning ongiga singdirilgan immunitetli javoblar o‘ziga xos “shpargalka” vazifasini o‘taydi. Mushoxada etilmagan, miya chig‘irig‘idan o‘tkazilmagan “tayyor javoblar” boshqalar tomonidan berilgan savollar uchun o‘ziga xos himoya qobig‘i, qalqon vazifasini o‘taydi.
Mafkuraviy ta'sir doirasiga tushib qolgan shaxsni “zombi” holatidan chiqazish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish taqoza etiladi:
Mafkuraviy zaharlangan shaxs ongiga u tomonidan qabul qilingan e'tiqodiy aqidalar, qadriyatlarning soxtaligi xususida uzluksiz ravishda uch martadan kam bo‘lmagan tazyiqsiz suhbat o‘tkazish va suhbatdan so‘ng shaxsni u hammaslak bo‘lgan odamlardan chetda saqlash lozim. Toki u o‘zi eshitgan fikrlarni o‘ylashga vaqt va imkon topsin. Agar o‘tkazilgan suxbatdan so‘ng mafkuraviy ta'sir ostida qolgan shaxs yana hammaslaklari davrasiga qaytsa, ijobiy ta'sir kuchi neytrallashadi.
Mafkuraviy tutqun bo‘lgan shaxsga uyda qolgan yaqinlarining xatlarini o‘qib berish, oila a'zolari bilan bevosita suhbatlar tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday suhbatlar qadriyatlar tizimida o‘zgarishlar yasab, soxta xalifalik davlati qurish g‘oyalari o‘rniga farzand mehrini tuyish, oila davrasiga qaytish orzularini kuchaytiradi.
Mafkuraviy ta'sir doirasida qolgan shaxsni o‘zi ergashgan g‘oyaviy yo‘nalish vakillari bilan hamsuxbat, hamfikr bo‘lishdan saqlash muhim ahamiyatga egadir. Agar ular bir-birlari bilan uzluksiz muloqotda bo‘lib turishsa, insonga xos bo‘lgan aldanishga moyillik tuyg‘usi yana amal qila boshlaydi.
“Zombi” holatidan chiqazishda pozitiv, hayotga zavq tuyg‘ularini uyg‘otuvchi badiiy filmlar, ko‘tarinki ruhdagi musiqiy asarlar ijrosi, yorug‘ xonalarda o‘tkaziluvchi suhbatlar muhim ahamiyatga ega. Eskilik, zamondan ortda kolgan g‘oyalar mantiqan xaroba kulba, xira yoritiluvchi xona, ko‘pol muomala, past saviyadagi, kaltabin so‘z va mulohazalarga monanddir. Pozitiv ta'sir ko‘rsatish uchun esa buning tomoman aksi bo‘lgan holatlarni yuzaga keltirish, shubxasiz o‘z samarasini beradi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov ta'kidlagani kabi “insonning ongu tafakkuri esa bir kunda o‘zgarmaydi, albatta. Uning dunyo-qarashi o‘zgarishi va kengayishiga vaqt kerak, tajriba kerak. Chetdan turib qanday zo‘ravonlik bo‘lmasin, odam zoti o‘z hayoti misolida, tajribasida taklif etilayotgan va amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar unga nima berayotganini, qanday naf keltirayotganini ko‘rishi kerak va iqror bo‘lishi darkor”.
Do'stlaringiz bilan baham: |