Qadriyatlarning qiyosiy manzarasi
№
|
O‘zbekona milliy, an'anaviy tarbiya tizimida qadriyatlarning ahamiyat darajasiga ko‘ra joylashishi
|
Noan'anaviy, ekstremistik ruhda tarbiyalash tizimida qadriyatlarning ahamiyatiga ko‘ra joylashishi
|
1.
|
Farzandga bog‘liqlik, mehr
|
Halifalik davlati qurish
|
2.
|
Ota-ona, oilani kadrlash
|
Islomiy koidalarga to‘liq o‘tish
|
3.
|
Aka-ukaga mehr
|
Milliy urf-odatlar o‘rniga islomiy an'analarni joriy etish
|
4.
|
Do‘stlik, muhabbat, vatanga sadoqat
|
Boshqa din tarafdorlariga karshi jixod qilish
|
5.
|
Diniy, madaniy, axloqiy tolerantlik
|
Faqat musulmon birodarlari bilan diniy hamfikrlikka erishish
|
6.
|
Oshna-og‘aynilar, hamkasblar kadriyati
|
Cheklangan islomiy, e'tiqodiy yaqinlikka erishish
|
7.
|
Kasb-korga sadoqat
|
Kasb-kor kadriyatini islomiy e'tikodga bo‘ysundirish
|
8.
|
Diniy e'tikod qadriyati
|
Farzand, oila, ota-ona, qarindoshlar
|
9
|
Badiiy ijodiyot bilan mashg‘ullik
|
Badiiy ijodiyotni inkor qilish
|
Ana shu aqidalarga ishontirish uchun esa odamlar orasida aqliy va ruhiy – psixologik uslublar bilan ish olib boriladi. Mafkuraviy ta'sir etish samaradorligini ta'minlash uchun esa ularga tez ishonishi mumkin bo‘lgan odamlar maxsus tanlab olinadi. Ular quyidagilar:
Aholi orasidan harakatchan, ammo besabr, tez lovillab ketuvchi, odamlarga hamisha nimalarnidir muvaffaqiyatsiz uqtirishga urinib yuruvchi psixologiyada “xolerik” tipiga mansub xarakterli, hayotda biroz omadi chopmay turgan odamlar;
Yoshlar orasidan soddadil, ishonuvchan, biror bir mafkuraviy immunitetga, ijtimoiy nazariy poydevorga ega bo‘lmagan, dinlar, diniy oqimlar haqida, ularning farqiy jihatlari xususida ma'lumotlarni o‘zlashtirmagan, ammo yangiliklarni bilishga qiziquvchan yigit – qizlar;
Ishxonada, mahallada, jamoalar orasida tayinli ijtimoiy mavqyega, ayricha obro‘ – e'tiborga ega bo‘lmagan ammo, ayni vaqtda egallab turgan ijtimoiy mavqyeiga nisbatan balandroq obro‘ga da'vogar bo‘lgan o‘ziga xos liderlik talabi va ishtiyoqi mavjud bo‘lgan shaxslar;
Turmushda, kasb – korida kasodga duchor bo‘lib, krizis holatini boshidan kechirayotgan, odamlardan biroz uzoqlashib, o‘zining yog‘ida o‘zi qovrilib turgan, qaysi ish yoki choraning boshini tutishni bilmay turgan odamlar;
Bir qarashda jamoa va odamlar nazaridan chetda bo‘lib yurishni ma'qul ko‘ruvchi, kamsuqum, beozor, har xil shovqin – suron davralardan o‘zini holi, o‘zining dunyosida o‘zi yolg‘iz yurishni ma'qul ko‘ruvchilar, psixologiyada «melanxolik” tipli xarakterga ega bo‘lgan odamlar tanlanadi.
Tanlangan odamlarga avvaldan maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tagan xorijlik va mahalliy «mutaxassislar” ong va tafakkurga informatsion ta'sir ko‘rsatish mexanizmini ishga soladilar. Mazkur mafkuraviy ta'sir etish mexanizmining mohiyati uch bosqichli bo‘lib, klientni g‘oyaviy – davriy tayyorlashni ko‘zda tutadi va qasam ichtirish bilan yakun topadi. Birinchi bosqichda klient bilan uchrashuv go‘yo tasodifday yuz berib, maroqli va qiziqarli suhbat tarzida amalga oshadi. G‘oyaviy oqimlar xususida dastlabki ma'lumotlar berib, klientga hyech qanday majburiyat yuklamasdan ish tutiladi. Klient suhbat asnosida biror – bir majburiyat yoki taklif olmaydi, maroqli suhbatdan to‘la qoniqish hosil qildirilmaydi. Unda suhbat mobaynida ko‘pgina savollar tug‘iladi. Ammo suhbat vaqti 5 – 10 minutdan ataylab oshirilmaydi. “Maroqli” va bir qadar sirli uchrashuv ataylab to‘xtatiladi. Suhbat yakunida mo‘jazgina broshyura yoki varaqa berilib, “yana uchrashib qolguncha” deya soxta samimiyat bilan xayrlashiladi.
Ikkinchi suhbat vaqti birinchi uchrashuvdan 3 – 4 kun keyin (dastlabki yoqimli taassurot yo‘qolmasdan turib) uyushtiriladi.Suhbat vaqtida oilaviy ahvol, ishxonadagi holat, turmush tarzi xususida (klientning ijtimoiy va shaxsiy hayoti esa avvaldan o‘rganilib qo‘yilgan bo‘ladi) hol so‘raladi. yelim bo‘lib yopishmasdan hamdardlik ruhida fikr bildiriladi. Hayotda hamma narsada yechim borligi, ana shu yechim yo‘lini esa xudo ko‘rsatishini, bu dunyoda hyech narsa tasodifdan bo‘lmasligi va hattoki hozir bo‘layotgan ana shu uchrashuv ham Yaratganning irodasi ekanligi uqtirib o‘tiladi. Suhbat 10 – 15 minutdan oshirilmaydi. Hayotdan norozi ruh kuchaytirilib, yechim yo‘llari muqarrarligiga endi aniqroq ishora beriladi. Ammo bu safar ham taklif etilayotgan oqimga ochiq – oydin o‘tish taklifi berilmaydi. Klient esa psixologik jihatdan suhbat mobaynida taklifni kutish holatidan xalos bo‘la olmaydi. Suhbat oxirida yana qo‘shimcha adabiyotlar sovg‘a deb beriladi va “siz bu yerda o‘zingizni qiziqtirayotgan, hayotda sizni qiynab kelgan ko‘pgina muammolarga yechim topasiz” deb uqtirib qo‘yiladi.
Uchinchi uchrashuv ikkinchi suhbatdan 5 – 6 kun o‘tkazilib amalga oshirilib, xuddi avvalgi qadrdonni ko‘rib qolganday psixologik muhitda sodir etiladi. O‘tgan safar aniqlashtirilgan ayrim holatlar masalan, klientning qizi kasal bo‘lganligi eslanib, uning sog‘ligi haqida so‘raladi va tuzalganligidan mehribonlik bilan shukr qilinib, hamma narsa ollohning irodasi ekanligi ta'kidlanadi. Klient qalbida iliqlik uyg‘otiladi. Suhbat har qanday odamning bu hayotda o‘z holicha yashashi mumkin emasligi, dunyoda benihoyat darajada bog‘liqlik mavjudligi qayd etiladi. Yaratganni bilish va unga e'tiqod qilish eng ulug‘ saodat ekanligi turli misollar bilan ishontiriladi. Klientning taklif etiluvchi g‘oyaviy oqimga tayyorlik holati ma'lum bo‘lgach, unga masala mufassal tushuntiriladi. Bu oqimga juda ko‘p odamlar xayrixohligi va unga qo‘shilayotganliklari alohida ta'kidlanadi.Ayni vaqtda bu yo‘lga kirish har bir odamning o‘z mustaqil ishi, erkin tanlov ekanligi aytiladi. Suhbat 20 – 30 minut davom etadi. Suhbat muloqotning psixologik ta'sirini uzluksiz oshirib borish tarzda o‘tqaziladi. Ma'lumki, kishiga erkin tanlash imkoniyati berilsa, u hamisha taklif etuvchidan maslahat va yo‘l so‘raydi. Shunda klientga javoban «buni siz tanlang, biz to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdik, shu yo‘lga kirish – kirmaslik sizning ishingiz” deb aytiladi. Bunday javob klientda suhbatdoshiga ishonchni yanada orttiradi va zararli oqimga ergashishga bo‘lgan maylni kuchaytiradi.
Guruhga kiritib olingan shaxsni shu guruh doirasida, mustahkam ta'sir ostida ushlab turish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Buning uchun dastavval ta'sir ostiga olingan shaxslarga targ‘ib etilayotgan e'tiqodiy nazariyani boshqa biror bir nazariya bilan kiyoslash imkoniyati berilmasligiga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki, qiyoslash boshlanishi bilan qilinayotgan g‘oyaga shubha, ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Shu boisdan ham xamisha qiyoslash bilishning bosh omili sanalib kelgan. Buning uchun esa shaxsda qiyoslashga bo‘lgan intilishni xoxishni yo‘q qilishga harakat qilinadi. Xoxishni yo‘qotishning sinalgan uslubi esa egallangan nazariyaning boshqa nazariyalardan ustunligini doimiy ta'kidlash.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, psixologiya fani erishgan natijalar, ya'ni xoxishni ong osti tuzilmalariga singdirish mexanizmidan muxoliflar keng foydalanmoqdalar. O‘z – o‘zidan tabiiy ravishda kechuvchi istalgan odam yoki hayvonda biror bir narsa yoki hodisaga nisbatan maylni yuzaga keltiruvchi psixologik mexanizmning ishlash tartibi o‘ta oddiy bo‘lib, bir jins, bir xil mazmun yohud shakldagi narsa yoki informatsiyani ketma – ket uch martadan ko‘p ko‘rsatish va eshittirish avvaldan kutilgan samarali natijalarni beradi. Shaxsga ko‘rsatilgan maqsadli ta'sir esa ong osti tuzilmalarida muayyan vaqt mobaynida to‘plangan ma'lumotlarni tasdiqlash yoki inkor etish jarayonlarining boshlanishiga, boshlanganda ham o‘ziga xos avtomatik tarzda, ya'ni inson irodasidan tashqari holda boshlanib ketishiga asos bo‘ladi. Bu yerda motiv, ya'ni nimaga inson ko‘proq moyil bo‘lganligi ham muhim rol o‘ynaydi. Inson ayniqsa, o‘zi hoxlagan narsaning tasdig‘iga erishishga intiladi. Shu boisdan ham, muxoliflarimiz qaysi ma'lumotlar berishdan ham ko‘ra, ularni qanday tarzda yetkazish, asosan suhbatdoshda hoxish, mayl uyg‘otishga katta e'tibor qaratadilar.
Mazkur mafkuraviy ta'sir jarayonlarini modellashtiradigan bo‘lsak, qo‘yidagi formula yuzaga keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |