12-bob. Sud xarajatlari
110-modda. Sud xarajatlarining turlari
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 111, 113-moddalari.
111-modda. Davlat boji
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bojini to‘lash asoslari, miqdori va tartibi, uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.
(111-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
112-modda. Davlat bojini qaytarish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim.
(112-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boji to‘langan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellatsiya, kassatsiya shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni to‘liq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan ma’lumotnomaga asosan qaytariladi.
(112-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
113-modda. Sud chiqimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan, shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iboratdir.
(113-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim.
(113-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 110, 114, 115-moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |