I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to‘lash



Download 197,85 Kb.
bet47/113
Sana31.03.2022
Hajmi197,85 Kb.
#520863
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
Ma\'muriy sud ishlarini yuritish to\'g\'risida

114-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to‘lash
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘lkira, xona ijarasi bo‘yicha xarajatlarning o‘rni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.
Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirig‘i bo‘yicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi.
Ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan o‘tkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli bo‘lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo‘lib o‘tkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalar ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi.
(114-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 115-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi.
115-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo‘yicha qilingan barcha sud xarajatlarining o‘rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi.
Arizachi to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
Arizachining talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib ariza taqdim etilgan shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risida kelishib olsa, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish bilan bog‘liq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
(115-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)

Download 197,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish