Mundarija I-Bob. Psixolog olimlar tomonidan pedagogik qarovsiz bolalar bilan olib boriladigan ishlarning o’rganilganligi.
1.1. Psixolog olimlar tomonidan pedagogik qarovsiz bolalarning o’rganish muammosi.
1.2. Pedagogik qarovsiz bolalar bilan olib boriladigan ishlarning shakllanishi.
II-Bob. Pedagogik qarovsiz bolalarning eksperemental o’rganilishi
2.1. Bolalardagi diagnostic jihatdan o’rganilgan xususiyatlarni tahlil qilish va koreksion ishlarni olib boorish.
2.2. Pedagogika qarovsiz bolalarda ijtimoiy pertsepsiyani rivojlanishi bo’yicha olib borilgan ishlar tahlili
Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Pedagogik qarovsiz bolalarda ta’lim va tarbiyaning dolzarb roli ortib bormoqda. Zero, ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatidagi yaratuvchanlik faolligini kelturuvchi uzluksiz jarayondir. Prezidentimiz SH. Mirziyoyev o’z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib o’z xalqini millatning butun jahon ham jamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni o’z vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas, degan fikrlari izchil ravishda tadqiqotlarni olib borishni talab qilmoqda. Mazkur g’oyalar “Ta’lim to’g’risida”gi.Qonunda rivojlantirgan bo’lib, ular muhim nazariy hamda metodologik amaliyot kasb etadi. Hozirgi davrda yoshlar tarbiyasi va ular xulq atvori ijobiy tarzda shakllantirishning dolzarbligidan kelib chiqib biz tadqiqotning asosida pedogogik qarovsiz bolalarning shaxs xulq-atvori fazilatlarining shakllanishiga sabab bo’luvchi ijtimoiy psixologik omillar pedogogik shart sharoitlarni belgilash va xulq-atvor tasavvurlar tushunchalarining bu borada psixologik mexanizm sifatida o’rni borligini g’oyasini oldik. Turli taraqqiyot davrlarida inson psixologiyasi va shaxsi o’zgarishi qonunlaridan kelib chiqqan holda, biz pedagogic qarovsiz bolalarni xulq-atvor kategoriyalarni faol ravishda o’zlashtirish va shu asnoda xulq-atvor tasavvurlar shakllanishi uchun eng senzitev qulay davridir deb tanladik. Bundan tashqari, ushbu davrda o’z o’zini nazorat qilishi, jamiyatda o’z o’rnini topish, o’z o’zini anglashi, ijtimoiy mafkuraviy masalalarga nisbatan qiziqishlar ortadi, jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar, madaniyat va ma’naviyat sohasidagi barcha o’zgarishlar o’zgarishlarga munosabatlar tizimi sayqallashadi.Pedagogik qarovsiz bolalar bilan olib boriladigan ishlarning pedagogik xususiyatlari.