Idishni mexanik va fizik tozalash usullari
Suv bilan yuvish. Kimyoviy idish smola, yog’simon yoki boshqa suvda erimaydigan moddalar bilan ifloslanmagan hollarda idishni issiq suv bilan yuvish mumkin. Agar idishni devorlarida suv tomchilari qolmasa yoki suv yupqa bir tekis qatlam hosil qilsa idishni toza deb hisoblash mumkin.
Agar idish devorlarida qandaydir tuz yoki cho’kma qoldiqlari bo’lsa, idishni suv bilan namlab chotka bilan tozalash kerak.
Xromli aralashmani tayyorlash
92 g maydalangan Na2CrO4 .2H2O 458 ml suvda eritiladi va aralashtirilgan holda 800 ml kontsentrlangan H2SO4 qo’shiladi. Olingan qizil g’isht rangli suyuqlik yashil tusga o’tguncha yuvish vositasi sifatida ishlatish mumkin.
100 ml kontsentrlangan H2SO4 ga aralashtirilgan holda maydalangan 9,9 g K2Cr2O7 qo’shiladi.
100 ml konsentrlangan H2SO4 ga 10 ml 50% li Na2Cr2O7 qo’shiladi
15 g maydalangan K2Cr2O7 100 ml issiq suvda eritiladi eritma sovutiladi va aralashtirilgan holda 100 ml H2SO4 tomchilatib qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |